6
(Samarqand yoki yunon mualliflaricha Maroqand) va Farg‘ona
(yunon mualliflaricha Kiropol) va Xorazm (Qal’aliqir, Tuproqqal’a va
h.k.) hamdir. Bu davr moddiy va badiiy madaniyati hunarmandchilik
va sajdagohlik san’ati shaklidagi yahlitlik ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi.
Ikkinchi davr – eramizgacha I ming-yillikning birinchi yarmi
Ilk davlatchilik tuzilmalari san’ati va hunarmandchiligi.
Bu Baqtriya, Sug‘d, Xorazmning tarixiy-madaniy viloyatlari
shakllanishi davri bo‘lib, bunda siyosiy hokimiyatning tarmoqlangan
tizimli davlatlarning dastlabki shakllarini ko‘rish mumkin. San’atda
ikkita yorqin yo‘nalish namoyon bo‘ladi, ulardan biri sug‘oruvchi
dehqonchilik, boshqasi ko‘proq ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi
chorvachilik bilan mashg‘ul mintaqalarning rivojlanishi bilan
bog‘liq. O‘zbekiston turli viloyatlarida ilk davlatchilik shakllanishiga
muvofiq holda madaniyat va san’atning mahalliy xususiyatlari
yuzaga kela boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: