Qadimgi Eron madaniyati
. Behistun qoyasiga o‘yib yozilgan
yozuvlar, Doro I ning yozuvlari va Naqshi Rustam hamda Bobil
va Misr yozuvlari, qadimgi Eron xalqlari tarixi va madaniyati
to‘g‘risida birmuncha tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Aslida Eron hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar XIX
asrning o‘rtalarida boshlangan bo‘lsa-da, asosiy ilmiy tekshirish
ishlari XX asrda o‘tkazilgan Eronning qadimgi poytaxti Persepolda
olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Eron xalqlarining
arxitekturasi, tasviriy san’ati, hunarmandchiligi to‘g‘risida bir qator
qimmatli ma’lumotlarni bergan.
Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi Eronda
toshdan buyumlar yasash, kulolchilik va to‘quvchilik yuksak
darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Metallurgiya esa juda sekinlik
bilan rivojlangan. Shu sababli uzoq vaqtgacha tosh qurollar asosiy
mehnat quroli bo‘lib qolgan.
Qadimgi Eronda suv muqaddas hisoblangan. Shu sababli
muqaddas Vorukash ko‘li to‘g‘risidagi tasavvur suvga e’tiqod
asosiy elementi hisoblangan. Suv ruhi Apam-Napatga e’tiqod
qilish muqaddas «Avesto»da saqlanib qolgan. Shuningdek, qadimgi
Eronliklar oliy xudo – Axuramazdaning o‘g‘li – olov – Atarga ham
sig‘inganlar, Olov xudosi marhamatli xudo hisoblangan va u uch
boshli ajdaho Dahhokni yenggan. Shu bilan birga Qadimgi Quyosh
xudosi Mitra, yer, suv va hosildorlik ma’budasi Anaxitaga e’tiqod
qilish ham qadimgi eronliklar diniy qarashlarining markazida
turgan.
Qadimgi Eron madaniyati o‘zining eng gullagan davrini er. avv.
V asr boshlarida boshidan kechirgan. Bu davrda ko‘plab hashamatli
saroylar va maqbaralar qurilgan. Serjilo sopol idishlar yasalib,
bo‘rtma (relefli) haykaltaroshlik devoriy suratlar yuzaga kelgan.
Qadimgi Eron madaniyati qadimgi Sharq madaniyati ta’siri
ostida rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida Ahamoniylar
davlatining poytaxtlaridan Pasargad, Persepol va Suzadan ko‘plab
binolar – saroylar, ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning
qoldiqlari topilgan.
47
san’atkorlar Xitoyda bo‘ladigan tantanalar va bayramlarning doimiy
ishtirokchisi bo‘lgan. Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha, VII –
VIII asrlarda Markaziy Osiyoda musiqa, raqs, qo‘shiqchilik va
dorbozlik kabi san’atning boshqa sohalari ham rivoj topgan. Xitoy
imperatorlari saroylarida o‘tkaziladigan tantanalarda Turkistondan
borgan dorbozlar, akrobatlar, ko‘zboylag‘ichlar, olovyutgich va
purkagich afsungarlar hamda qiziqchilar o‘z mahoratlarini zavq-
shavq bilan namoyish qilganlar. Hatto Xitoyning Chan’on shahri
aholisi qo‘g‘irchoq o‘yinini ilk bor VII asrda Turkistondan borgan
san’atkorlar ijrosida tomosha qilishga muyassar bo‘lgan.
Islomgacha bo‘lgan Turkiston musiqa madaniyatining rivojla-
nishida Marv viloyatida tug‘ilib, Eron shohi Xusrav Parvez saroyida
faoliyat ko‘rsatgan Borbad Marvaziyning hissasi beqiyos katta
bo‘lgan. Borbadning musiqa madaniyatini rivojlantirishdagi buyuk
xizmati azal-azaldan iqtisodiy-madaniy aloqada bo‘lgan Turon
va Xuroson xalqlari madaniyatining yanada boyishiga olib keldi.
Borbad qisqa muddat ichida mashhur musiqashunos, bastakor,
mashshoq-sozanda, hatto raqqos va shoir sifatida elga tanildi. Uning
dovrug‘i Turon-u Eronga yoyilgan. Naql qilishlaricha, Borbadning
ovozi shunday yoqimli bo‘lganki, uning ovozini eshitgan odamning
qo‘shiq sehridan chiqib ketishi qiyin bo‘lgan. Shu sababli o‘sha
davrning ko‘pgina hukmdorlari Borbadning o‘z saroyida xizmat
qilishini orzu qilganlar. Borbad Xusrav Parvez II ning olimlar,
shoirlar, san’atkorlar va hunarmand ahliga g‘amxo‘rlik qilayotganini
eshitib, uning saroyiga yo‘l oladi. Xusrav uni o‘z saroyiga xizmat
qilayotgan san’atkorlarga bosh qilib qo‘yadi.
Borbad shoh Xusrav Parvezni adolatparvarlikka, ma’rifatparvarlik
va raiyatparvarlikka undagan. Uni zulm qilishdan, aysh-ishratga
berilishdan tiyib turgan. U Xusrav Parvezning san’atkorlarga homiyligi
hurmati haqqi unga atab «Xusravoniy» nomli kuyni yaratgan. Uning
bu xizmatlari shohning sevimli xotini Shirin tomonidan munosib
taqdirlanadi. Malika Borbadga o‘zining Isfaxondagi mulkini in’om
qiladi. Borbad ko‘plab shogirdlar yetishtiradi. Naql qilishlaricha.
Sosoniylar sulolasi davrida mashhur bo‘lgan Nyokiso Changiy,
Bomshod, Romtin, Ozodvor Changiy, Sarkash ismli san’atkorlar
Borbadning shogirdlari bo‘lganlar. Borbad o‘z asarlarini ko‘proq
tabiat hodisalariga bag‘ishlaydi. Bahor fasli, Navro‘z bayrami
46
Chunki, qadimdan So‘g‘diyona va unga tutash bo‘lgan hududlarda
kelinni oq rangdagi ulovda tushirib kelish marosimi mavjud bo‘lib, u
o‘z yangasi va boshqa hamrohlar kuzatuvida bo‘lishi shart bo‘lgan.
Malikani kuzatib kelayotgan ayollarning birinchisining qo‘liga
so‘g‘dcha «malikaning yangasi» deb yozib qo‘yilgani bundan da-
lolat beradi.
Turk xoqonligi davrida musiqa, raqs, qo‘shiqchilik san’atlari,
dorbozlik, masxarabozlik va qo‘g‘irchoqbozlik tomoshalari keng
rivojlangan.
VI-VII asrlar Markaziy Osiyoda san’atning rivojlanganligi bilan
xarakterlanadi. Ayniqsa, musiqa va qo‘shiqchilik san’atlari yuqori
darajaga ko‘tarila boradi. Musiqa va qo‘shiqchilik san’atlarining
rivojlanishi So‘g‘diyona hududida yaqqol sezilib turgan.
Qadimgi Markaziy Osiyo musiqa madaniyati yuksak darajada
rivojlanganligini mintaqaning turli hududlarida olib borilgan
arxeologik qazishmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar ham
ko‘rsatadi. Bunga musiqachilar tasviri tushirilgan turli xil buyumlar
va idishlar dalil bo‘la oladi. Masalan, rus olimi A.Belinskiyning
ta’kidlab ko‘rsatishicha, birgina Panjikentda har bir bayram, to‘y-
tomosha va hatto dam marosimlari sozanda, xonanda va raqqosalarsiz
o‘tmagan. Yoki V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan tasvirda
bazmi jamshid tasvirlangan bo‘lib, unda chang va nay chalayotgan
sozandalar, qo‘shiq kuylayotgan xonanda ko‘zga tashlanadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda musiqa va qo‘shiqchilik san’at-
larining rivojlanganligini So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona hudud-
larida bo‘lgan chet ellik sayyohlar va rasmiy kishilarning esdaliklari
hamda yozishmalariga qarab bilsa bo‘ladi. Masalan, VII asrda
Afrosiyobga kelgan buddaviy monaxning yozishicha, bu paytdagi
har bir bayram va shodiyona qo‘shiq va raqslarsiz o‘tmagan. Nafaqat
bayram va to‘y-tomoshalar, balki dafn marosimlarida ham sozanda
va xonanda (go‘yanda)lar qatnashganlar. Go‘yandachilikning bizning
davrimizgacha yetib kelganligi buning dalili bo‘la oladi. Ushbu davr
san’atkorlari nafaqat Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatganlar, balki
boshqa davlatlarda tashkil etilgan bayram, tantana va bazmlarda
ham ishtirok etganlar.
Markaziy osiyolik san’at ahli bilan xitoylik san’atkorlar o‘rtasida
doimiy hamkorlik mavjud bo‘lgan. Ko‘proq Markaziy osiyolik
35
Er. avv. VI-IV asrlarda Persepoldagi podshoh saroyi ansambli
o‘z qurilish uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me’morchiligi
uslubini eslatadi. Shoh saroyi tepalik ustiga qurilgan bo‘lib, unga
bo‘rtma suratlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqib borilgan.
Ulkan devorlarga shoh saroyining qo‘riqlovchi qanotli muqaddas
xo‘kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan
shoh, shuningdek unga turli xil sovg‘alar olib kelayotgan xiroj
to‘lovchilarning suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi
bilan ajralib turadi. Sarsonga 17 metrli to‘rtta ustundan ishlangan
darvoza orqali o‘tib borilgan. Darvoza yo‘n tomonlarida esa qanotli
muqaddas xo‘kizlar haykali bo‘lib ular odam boshli bo‘lgan. Saroy
ansambliga shoh qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash uchun
mo‘ljallangan xonalar bo‘lgan. Shox qabulxonasi o‘zining ko‘rkamligi
va mahobatliligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni
62,5x62,5 metr bo‘lib, uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan
o‘ralgan. Ayvon uchun o‘ta yengil va o‘ta nafis ustunlar ishlatilgan.
Ularning balandligi 13,6 metr bo‘lgan. Ustunlarning yuqori kapitel
(mukarnas)lari muqaddas xo‘kizlar haykaliga o‘xshatib ishlangan.
Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy
xonalari, devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga
bo‘rtma (relefli) tasvirlar ishlangan. Bu tasvirlarni tushirishda qizil,
yashil, ko‘k ranglardan foydalanilgan. Bo‘rtma tasvirlarda shoh
faoliyatiga bag‘ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda shoh hayoti va
faoliyatiga bag‘ishlangan mavzular asosiy o‘rinni egallagan. Saroyga
boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo‘rtma tasvirlar-33
elat va urug‘larning shohga sovg‘a-salom olib kelishi tasvirlangan.
Ularning kiyimlari va etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detallar
bilan ko‘rsatilgan.
Xullas, Eron Ahamoniylari davrida vujudga kelgan san’at
asarlari O‘rta Sharq xalqlari tarixida muhim o‘rin egallaydi. Bu
san’at bevosita O‘rta Sharqda yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy
aloqalar natijasida shakllangan va mazkur xalqlar san’ati ta’siri
ostida rivojlangan. Masalan, Persepol va Suzadagi shoh saroylarining
qurilishida Sug‘d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg‘iyonadan kel-
gan ustalar va san’atkorlar shuningdek Ahamoniylar davri san’ati
va madaniyati atrofdagi boshqa mamlakatlar san’ati va mada-
niyati taraqqiyotiga ham sezilarli ta’sir qilgan. Qadimgi Eron ma-
36
daniyati taraqqiyotidagi O‘rta Osiyo xalqlari va qadimgi Sharqdagi
boshqa ko‘pgina xalqlar madaniy hayoti sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-
odatlarini boshqalardan ko‘ra tezroq qabul qilgan”. Haqiqatdan
ham Eroniylar tasviriy san’atiga chuqurroq nazar tashlansa
Mesopotamiyaning ko‘pgina xalqlari tasviriy san’atining ayrim
tomonlarini qabul qilib o‘ziga singdirganligini ko‘rish mumkin.
Masalan, podshohlarning hayoti, qahramonliklarini tasvirlovchi,
ko‘pgina tasviriy san’at asarlari qadimgi Shumeriylarning podshosi
qahramoni deb hisoblangan Gilgamesh singari yovvoyi hayvonlar
bilan kurashib ularni yengayotganday qilib tasvirlangan yoki oliy
xudo Axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi Ashshurga taqliddir.
Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan. Yana bir misol
saroylarning pog‘onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshoh saroyiga
afsonaviy hayvonlarni qo‘yilishi Mesopotamiya arxitekturasiga
binolarni qurishda ustunli kallonnalardan foydalanishlari esa
misrliklar arxitekturasiga mos bo‘lgan. Lekin eronliklar boshqa
xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta
ishlangan va ijodiy yondoshgan holda foydalanganlar, ya’ni bu
elementlarning barchasini yagona monumental uslub asosida qayta
ishlaganlar.
Dostları ilə paylaş: |