Fetishizm – moddiy predmetlardagi g‘ayritabiiy xususiyatlarga
ishonish, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odamning ongida
har xil moddiy buyumlarning tosh, daraxt, o‘simlik keyinchalik
turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va boshqalarda g‘ayri
tabiiy kuchlar bor, degan xayoliy tasavvurlar paydo bo‘lgan.
Shomonizm – ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilish davrida paydo
bo‘lgan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Shomonizm – bu kishi lar
orasida go‘yo turli ruhlar bilan munosabatda bo‘ladigan ruhoniy-
larning qobiliyatiga ishonishdir. Kishilarning tasavvuricha go‘yo
ruhlar shomonlarga xizmat qiladi, uning turli topshiriqlarini baja-
radi, hatto shomon yovuz ruhlar bilan jang ham qila oladi, deb
hisoblaganlar.
San’at ham kishilik jamiyatining ilk bosqichlari ibtidoiy odamning
tabiat hodisalariga bo‘lgan munosabatlari natijasida paydo bo‘lgan
ma’naviy madaniyatning asosiy elementlaridan biridir. San’at
odamning estetik sezgisi, uning ma’naviy rivojlanishi jarayonida, ta-
biatga xos bo‘lgan takomillikdan, go‘zallik va ohangdorlikdan ta’sir-
lanish, odam o‘z mehnati bilan yaratgan narsalarda tabiatning sifatlarini
ko‘rsata boshlaganida va o‘z sezgisi hamda fikrlari hayotning turli xil
voqealarini ifodalay boshlagan davrlarda vujudga kelgan.
Ibtidoiy san’at va uning barcha turlarining umumiy manbai
mehnatdir, odamning mehnat faoliyatidir. Ibtidoiy san’at va uning
27
Bunday xususiyat dehqonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi qabila
va xalqlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarning shakllanishi
uchun imkon yaratadi.
«Qadimgi Sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo
madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli
madaniyatlarning o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, qadimgi sivili-
zatsiyalarning boshqa o‘choqlari bilan yaqin aloqada rivojlanishi.
Bu xususiyatlarini batafsil kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo
madaniyatining shakllanish jarayolari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida
yashovchi aholining turmush sharoitidagi farqlar turi xo‘jaliklarni
ertaroq paydo bo‘lishi o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga
olib keladi. Bu jarayon yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida
sodir bo‘lib, qabila va xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari
taraqqiyotning ertaroq boshlanishiga imkon yaratdi. Eng qadimgi
davrlardan dehqonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi qabilalari
o‘r
tasida munosabat ayriboshlash Markaziy Osiyo xalqlarining
iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham
uzoq saqlanib keldi. Turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farqlanish
bilan birga mintaqa xalqlarining etnik va tillardagi yaqinlik juda
ham uyg‘unlashib ketganligini qadimgi Xitoy va Yunon manbalarida
ham qayd qilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining kuchli iqtisodiy
aloqalari, etnik va til birligi ularni bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l
qo‘ymadi. Natijada qadimgi Sharqning klassik madaniyati orasida
Markaziy Osiyo qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda
shakllanadi. Dastlab bu madaniyatga ikki xil madaniyat aralashib
ketdi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik olami hamda sivilizatsiya olami.
Markaziy Osiyoning o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi xalq-
larida ancha muncha farqlar bo‘lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin
munosabatlar o‘rnatilgan. Diniy e’tiqodlar, urf-odatlar, fol’k lorlar,
axloqiy me’yordagi umumiylik madaniy umumiylikni shakl lani-
shiga olib kelgan. Shuning uchun bundan keyin Markaziy Osiyo-
ning yahlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar
mavjudligi haqida to‘xtalish joizdir. Qadimgi madaniyatlar sub
madaniyati (Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht
ko‘chmanchilari-sak, massaget, dehqonchilar submadaniyati, Pomir
va Tangri tog‘ qabilalarning sub madaniyati.