asr boshida Movarounnahrda davlat qurilishi
inqirozga uchraydi.
Oltinchi davr – XIV – XVI asr boshi Amir Temur va temuriylar davri madaniyati va san’ati. Amir Temur va vorislari saltanati yuzaga kelishi va rivojlanishi
jahon madaniy taraqqiyotida favqulodda madaniy-tarixiy voqelik
hisoblanadi. Temuriylar saltanati doirasidagi davlat tuzilmalari
hozirgi O‘zbekiston hududlari doirasidan uzoq-uzoqlarga chiqib
ketadi. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at
o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va haqli ravishda Temuriylar
renessansi deb ataladi. Aynan shu vaqtda san’at kuchli davlat
tomonidan homiylikning yorqin timsoli va bir vaqtning o‘zida
qudratli saltanat falsafasining ifodachisi sifatida maydonga chiqadi.
«Imoratlarimizga qarangda, qudratimizga tan bering». Temuriylar
sulolasi vakillari islom aqidalariga qattiq e’tiqod qo‘ygan bo‘lsa-da,
san’atdaga dunyoviylik o‘zining ancha yaqqol ifodasini topgan.
Madaniyat va san’atning yetakchi sohalari – me’morchilik,
hunarmandchilik va mitti suratlar davlatning qudratli g‘oyalarini va
uning fan, ma’rifat va san’at sohasidagi yetakchi rolini ifoda etadi.
San’at va hunarmandchilik rivojlangan davlat tizimining eng muhim
ko‘rsatkich va belgisi hisoblanadi.
9
Yettinchi davr – XVII – XIX asr boshi. O‘zbek xonliklari madaniyati va san’ati. O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixida bu davr barqaror
bo‘lgan, ammo biron muhim va yorqin yutuq ham ko‘zga tashlan-
magan. Movarounnahr hududlarida Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklari
yuzaga keladi, lekin ularning san’ati oldingi davrlardan yuksaklikka
ko‘tarilmagan. Ularning o‘zaro ayrib qolishi badiiy jarayonlarning
hududiy tangligiga olib keldi. Faqat amaliy san’atgina nisbatan
barqaror rivojlanadi, an’anaviy uslub va texnologiyalarga asoslangan
usta hunarmandlar bu davrda sopol, suyak, toshdan noyob buyumlar
yaratishadi. Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg‘ona vodiysi shaharlari va
O‘zbekiston janubining bozorlariga turmushda keng qo‘llaniladigan
xalq hunarmandlarining rango-rang mahsulotlari chiqarilgan.
Ustalarning buyumlarida Xitoy, Eron va Rossiya badiiy an’analari
izlarini payqash mumkin. Bu vaqtda badiiy hunarmandchilikning
asosiy maktablari va markazlari yuzaga keladi, ular o‘z ahamiyatini
saqlab, XX asr san’atining umummilliy uslubiga asos solgan.