To‘qqizinchi davr – 1991-yildan hozirgacha. Mustaqil O‘zbekiston davlati san’ati. Milliy mustaqillik g‘oyalari va davlatimizning jahon hamjamiyatida
qaror topishiga bo‘lgan intilishlari madaniyat va san’atning juda
ko‘p turlarida, shuningdek, xuddi temuriylar davridagidek, Toshkent
me’morchiligida ham o‘zining eng yorqin moddiy-ma’naviy tajas-
sumini topdi. Ayni shu yerda o‘ziga xos ikkiyoqlama uslub yuzaga
ke ladi – milliy shakllardan foydalanilgan inshootlar bilan bir qa-
torda (Oliy Majlis, Toshkent shahar hokimiyati, Temuriylar tarixi
muzeyi binolari va h.k.) poytaxtda jahon me’morchilik amaliyotiga
yo‘naltirilgan binolar qad ko‘targan (Interkontinental majmui,
Sheraton mehmonxonasi, Bank Assotsiatsiyasi binosi). Mustaqillik-
yillarida davlat tomonidan qabul qilingan ko‘plab chora-tadbirlar
teatr, musiqa va tasviriy san’at, kinematograf va boshqa badiiy
ijod turlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ular davlat
va madaniyatning o‘zaro munosabatining yangi taraqqiyparvar
7
ifoda etilgan. Bu ayniqsa o‘sha davr ma’naviyatining davlat tuzi-
lishi xususiyatini izohlaydi. Bu davrda madaniyati va san’atning
maf kuraviy va ma’naviy-estetik funksiyasi birinchi marta oldingi
jab haga chiqdi, san’at esa davlatchilik va kuchli markazlashgan
hokimiyat g‘oyalarini ifodalovchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu ayniqsa
O‘zbekiston janubidagi antik haykaltaroshlikda namoyon bo‘ldi.
To‘rtinchi davr – V-VIII asr. Ilk o‘rta asr davlatchiligi davri madaniyati va san’ati Bu ilk o‘rta asr davlatlari va hokimliklari: Sug‘d, Xorazm, Toha-
riston, Farg‘ona va bu vaqtda yuzaga kelgan Turk xoqonliga davrida ga
O‘zbekiston san’ati va madaniyatidir. San’at va hunarmandchilikda
birinchi marta sug‘d va turk san’ati tamoyillarining uyg‘unlanish
jarayoni yetakchilik qila boshlaydi. Ilk o‘rta asr – san’atning tasviriy
shakllari taraqqiy etgan davr (devoriy rangtasvir, haykaltaroshlik va
badiiy hunarmandchilik) barcha mintaqalardagi (Sug‘d; Tohariston,
Farg‘ona, Xorazm) san’atining mashhur maktablari shakllanishi
bilan izohlangan. Tashqi an’analar va ta’sirlarga nisbatan ijtimoiy
va davlat tolerantligi avvalgiday qolavergan. O‘ziga xos turk-sug‘d
badiiy mushtaraklik yuzaga keladi, u ushbu xalqlarning faollashib
borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va siyosiy aloqalarini aks ettiradi.
O‘z navbatida madaniyat va san’at ijtimoiy hayot tuzilmasining
benuqson shakli sifatidagi oliy davlat hokimiyatini sharaflash
vazifalariga xizmat qiladi, bu zimdan mintaqada markazlashgan
davlat hokimiyatiga shakllashuv moyilligini aks ettiradi.