Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.
Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o‘tmishidan iborat bo‘lgan 
bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan 
davr hisoblanib, ongli mavjudot hisoblanuvchi odam va u tomonidan 
yaratilgan madaniyatning shakllanish davridir. Agar insoniyat 
tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarga 
nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu boyliklarning yaratilishi bundan mil-
lion-yillar ilgari yashab o‘tgan qadim ajdodlarimiz tomonidan vu-
judga keltirilganligining guvohi bo‘lamiz. Chunki ibtidoiy davrda 
yaratilgan barcha moddiy madaniyatning – mehnat qurollari, tu-
rar joylar, kiyim-kechaklar va boshqalarning asosiy vazifasi 
hamda mohiyati hozirgi kunimizda ishlatilayotgan barcha moddiy 
boyliklarimizda o‘z ifodasini topgan yoki ma’naviy madaniyatning 
barcha elementlarida – axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ongda, diniy 
e’tiqodlar va turli xil urf-odatlar, marosimlar va an’analarda ijtimoiy 
hodisalar hisoblanuvchi oilaviy munosabatlarda, til taraqqiyoti va 
boshqalarda, ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimizning ruhi sezilib 


10
ifodasini topdi, ular nafaqat milliy, balki butunjahon san’ati tari-
xiga kirdilar. Bu davr ijtimoiy davlat xarakteridagi o‘zgarishlar 
me’morchilik va shaharsozlikda o‘zining eng yorqin tajassumini 
topdi. XIX asr oxirida Turkistonda mustamlaka me’morchiliga 
deb nom olgan uslub tatbiq etiladi, u mintaqa shaharlari qiyofasini 
shahar madaniyatini yevropalashtirilishiga asos soldi. XX asrda bu 
jarayon sovet hokimiyatining totalitar tuzumi o‘rnatilishi oqibatida 
faollashdi-me’morchilikning ijtimoiy-funksional va badiiy obraz 
yo‘nalishi o‘zgaradi. Sanoat-ishlab chiqarish, ma’muriy, madaniy-
ma’rifiy va turarjoy binolarining yangi namunalari paydo bo‘ladi, 
ular 
ning mafkuraviy konsepsiyasida ijtimoiy tenglik g‘oyasi 
yotadi, u aksar hollarda buzib talqin etilgan va ko‘pincha nursiz 
me’morchilik namunalari yaratilishiga sabab bo‘lgan. Bu davrning 
ijobiy tajribasidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Sovet imperiyasining mudhish ko‘rinishlariga qaramasdan bu 
davrda, ya’ni 1924-yilda respublikamizning tashkil etilishi eng mu-
him voqea bo‘lgandi, natijada O‘zbekistonning hozirga davlat-hudu-
diy tuzilishiga asos solindi. Bu davr madaniyati va san’ati tarixiy 
jihatdan shakllantirilgan, o‘z davlatchiligiga hamda asr oxirida 
o‘zining to‘la mustaqilligiga erishgan o‘zbek millatining estetik 
g‘oyalari va badiiy intilishlarini aks etgiradi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin