Adabiy-badiiy jarayon.
Bu davr adabiyotining asosiy xususiyati
adabiy jarayonda o‘sha davr hukmdorlari ta’sirining sezilib turganligi
bilan xarakterlanadi. Hukmdorlarning o‘zlari she’riy, nasriy va tarix-
iy asarlar yaratishga bo‘lgan intilishlari bilan ko‘zga tashlanib turgan-
lar. Bu holat Shayboniylar, Ashtarxoniylar, va hatto, rus istilosigacha
bo‘lgan hukmdorlarning deyarli barchasiga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Subhon-
qulixon, Abulg‘ozixon, Qo‘qon xoni Umarxon, Xivaning so‘nggi
xonlaridan Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning she’ri-
yat, nasr va tarix sohalarida qalam tebratganlari fikrimizning dalilidir.
She’riyatda qalam tebratgan hukmdorlardan biri Muhammad Shay-
boniyxonning o‘zidir. U o‘z umrining ko‘p qismini jangu jadalda
o‘tkazsa-da, ilm-fan va san’atga qiziqishi ancha baland bo‘lgan. U
yaxshi ta’lim-tarbiya olgan. Natijada iste’dodli shoir, musavvir, mu-
siqachi va xushovoz qiroatxon bo‘lgan.
Shayboniylar sulolasining yana bir vakili Ubaydullaxon ham ilm-
fan adabiyot va san’atga qiziquvchi hukmdorlardan biri bo‘lgan. U
“Ubaydiy” taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida ijod etgan. Asosan
g‘azallar, ruboiylar va qit’alar bitgan. Ubaydullaxonning o‘g‘li
Abdulazizxon ham “Aziziy” taxallusi bilan g‘azallar yozgan. Ab-
dulazizxon o‘z saroyida Hofiz Sulton Ali Ubaxiy, Vosifiy, Baqoiy,
Majlisiy, Kavkabiy, Surudiy, Shaydo kabi shoirlar va san’atkorlarni
to‘playdi, ularga ko‘plab iltifotlar ko‘rsatadi. U o‘z saroyida shoirlar
bilan muntazam ravishda mushoiralar o‘tkazib turadi. Shuningdek,
Abdulazizxon mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘plab qurilishlarni
amalga oshiradi, me’moriy binolar qurdirib o‘z saroyi qoshida yirik
kutubxona tashkil ettiradi.
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarx-
oniylar ham o‘z davrining o‘qimishli va yetuk kishilari bo‘lganlar.
Ularning ko‘pchiligi uch tilni (turk, fors va arab tillarini) mukammal
bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni egallaganlar. Imomqulixon,
99
tasvirlanadi. Yuqori kompozitsiyada ishq tufayli qalbi iztirobga
to‘lgan Majnun va nay chalayotgan cho‘pon bir osmon tagida, bir
makonda tasvirga olinadi. Sevgi dardida telbaga aylangan oshiq
dardini ayriliqdan azob chekayotgan qalb ramzi bo‘lgan nay hikoya
qiladi-yu shu boisdan nay chalayotgan cho‘pon obrazi chuqur falsafiy
ma’noga ega. Kamoliddin yaratgan va uning maktabiga mansub
miniatyuralardagi har bir jihat, rang, ishora, u yoki bu personaj davr,
hayot, kishilar haqida falsafiy mushohada yuritish imkonini beradi.
XX asrda hammaga ma’lum bo‘lgan “Behzod – sharq Rafaeli”
degan o‘xshatish unchalik to‘g‘ri emasga o‘xshaydi. Unda shar-
qona g‘ururga bir oz putur yetgandek, g‘arbni baholashda biroz
ortiqchalikka o‘rin berilgandek tuyuladi.
Sharq naqshlarining aqlni lol qoldiruvchi jozibasi va Malevichning
“Qora kvadrati”ning og‘ir xislatlari, Jakondaning istehzoli tabassumi
va Behzod miniatyuralarining aql bovar qilmas nazokati – bularning
barchasi beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, inson zakovatining qudrati
va uning butun borliqni hayajonga solguvchi sirli xilqat ekanligidan
dalolat beradi.
Behzodning “Bog‘dodlik darvesh” nomli ajoyib portreti uning
yuksak mahoratidan dalolat beradi. Behzod bu portretda nihoyatda
nozik ruhiy obraz yaratadi. Bu bilan miniatyurani rassomlarning
yuksak mahoratga ega ekanliklarini, ular akademik qalam va
rangtasvir an’analarini ham bilishlarini isbotlaydi. Behzod qo‘l
qovushtirib, jim o‘tirgan odamning kayfiyati va yuz ifodasini
muvaffaqiyatli ifodalaydi. Salla o‘ralgan oq qalpog‘ Behzod mansub
bo‘lgan naqshbandiya tariqatidagi darveshlarning ramzi hisoblanadi.
Darveshning yelkasiga movut chakmonqabo tashlangan. Uning
ustida ko‘k ko‘ylak ko‘rinadi. Tomoshabinning ko‘zi eng muhim
narsa – diqqat bilan, osoyishta sirli boqib turgan ko‘zlarga tushadi.
Bu portretda g‘ayritabiiy tarzda mavhumlik va borliq, maishiy
kayfiyat va ma’naviy holat bir – biriga qorishib ketgan. Oltin rang
fondagi nozik bezakli portretning har bir burchaklaridagi so‘fiyona
yozuvlar uning ta’sirchanligini oshirgan. Shu davrlarda Leonardo
da Vinchining “Mona Liza Jakonda”si yaratildi (“Darvesh portreti”
1500-yili chizilgan bo‘lsa, “Jakonda” 1503-1506-yillarda yaratilgan).
Bu asar Yevropa portret an’analarini biroz boshqacharoq tarzda
namoyon qildi.
100
Bu asar Behzodning ishi bilan muqoyasa qilinganda unda obrazlar
tashqi ta’sirida ham, lahzalik psixologik holatlar tasvirida ham
mushtaraklik seziladi. Gavda, qo‘llar holati, ko‘z qarashlar, umumiy
ruhiy holatlar nuqtai nazaridan har ikala portret bir-biriga yaqin
keladi. Tashqi dunyo va hissiy holatni ulug‘lagan antik estetikadan
farqli o‘laroq. Behzod va da Vinchi asarlarida hissiy talqindan ko‘ra,
ruhiy kayfiyat ustunroq turadi.
Behzodga ham, Leonardo da Vinchiga ham antik estetika yotdir. Ular
aniq “hissiy ko‘rinish”ni rad etib, har ikkalasi ham o‘z obrazlarining
ma’naviy holati va ichki hislarini berishga intilishadi. Aynan shu
tarkibiy-musiqiy umumiylik “tushunadigan kuzatuvchiga ko‘p ma’noli
qarash qilayotgan” obrazlar talqinida rassomlikni birlashtiradi.
Shunday qilib, har ikkala obrazning o‘ziga xos xususiyatlariga
qaramay, ularning talqinidagi umumiylik Behzod ijodi XV-XVI asrlar
Yevropa badiiy an’analari bilan shaklinigina emas, mohiyatan ham
bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Ravshan hayotiy manzara, kishilar
tasviridagi jonlilik mehnatkash xalq hayotiga, uning mashaqqatli
mehnatiga ko‘proq murojaat qilish, ortiqcha dabdabaning yo‘qligi
Behzod yaratgan tasviriy san’at asarlarining o‘ziga xos xususiyatga
ega ekanligini ko‘rsatadi.
Nom chiqargan har qanday mohir usta singari Behzodning ham
o‘nlab shogirdlari bor edi. Masalan, uning eng yaqin shogirdi
Qosim Ali ustozidan qolishmadi va zamondoshlari tomonidan
yuqori baholandi. Tarixchi Haydar Mirzoning yozishicha, Behzod
shogirdlari Qosim Ali Chehrakusho (portretist)dan tashqari, Maqsud
va Mulla Yusuf kabi naqqoshlar bo‘lganini; Ali Mustafo Shayxzoda
Xurosoniy va Og‘a Mirak bo‘lganini; Qozi Ahmad esa, Do‘st Devona
va uning otasi Muzaffar Ali bo‘lganini eslab o‘tadi. Qozi Ahmad
Qohirada saqlanayotgan Sa’diyning miniatyurali “Bo‘ston”ini
(1488) yaratishda Behzodga yordam bergan Yori Muzahhibni ham
Behzoddan ta’lim olgan deydi.
Safariy davri tarixchisi Iskandar Munshiy Behzodning Tabrizda
yetishtirgan shogirdlaridan biri Muzaffar Ali bo‘lganini ta’kidlaydi.
Shoh Muzaffar (1481-1505). Mirza Haydar Mirzo zamonidagi
musavvirlar haqida yozar ekan, uni birinchi bo‘lib tilga oladi. Shoh
Muzaffar haqida u quyidagilarni hikoya qiladi: “shoh Muzaffar ustod
Mansurning o‘g‘lidir. Sulton Abusaid zamonida bundan bextari
109
jihatlarini bilishga, uchinchidan, milliy ong, milliy g‘urur va
millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan boshlab
Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va urug‘larning
tarixini yorituvchi asarlar yaratish an’anaga aylana bordi. Masalan,
Shayboniylar davrida tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi.
Muallifi noma’lum bo‘lgan “Tavorixi go‘zidayi Nusratnoma”,
Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiy va Muhammad Solihlarning
“Shayboniynoma”lari, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-ason”,
Fayzulloh Ro‘zbixonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin
Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”, Hofizi Tanish Buxoriyning
“Abdullanoma” va boshqa asarlari yozildi.
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraq-
qiyotida ozgina bo‘lsa-da siljish ro‘y berdi. Masalan, Mulla Tursun
Faroziy, Mulla Ne’mat Samarqandiylar matematika, astronomiya
va geometriya bo‘yicha, Abdulla Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla
Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo‘yicha faoliyat ko‘r-
satdilar.
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali “Dorush-
shifo” nomli madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida
tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar
mavjud bo‘lgan. “Dorush-shifo” xarajatlariga vaqf mulklaridan
keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o‘z saroyiga
tabiblarni yig‘ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib
turgan. Bu anjumanlarda o‘sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va
ularni bartaraf etish yo‘llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan.
Subhonqulixonning o‘zi tabobatga oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar
o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ularning birinchisi “Subhon tibbiyoti”
deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda
davolash yo‘llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari
8 qismdan iborat bo‘lib, “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” deb
yuritilgan. Asarning har bir qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi
va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Uning o‘zi bu xususda
shunday deb yozadi: “O‘tmishdagi tabiblar bizga arab va fors
tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o‘zbek) tilida
yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors
tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men
o‘z kitoblarimni turk (o‘zbek) tilida yozdimki, undan o‘zimizning
108
davlatni boshqarishda katta kuchga ega bo‘lgan shayx ul-islom
(jamiyatni boshqarish me’yorlarini ishlab chiquvchi, boshqaruv
organlari qarorlarining to‘g‘riligini, avvalo, Qur’on, so‘ngra hadislar
bilan qiyoslovchi), mufti (diniy huquq va huquqiy masalalarga
fatvo beruvchi) va bosh qozi (jinoyat va jazo masalalarini, ya’ni
jinoiy ishlarni ajrim qiluvchi) kabi mansab egalari hukmdorlar
(Shayboniylar va Ashtarxoniylar)ning pirlari, hukmdorlar esa
ularning muridlari hisoblangan.
Davlatni boshqarishda Buxoro yaqinidagi Juybor qishlog‘ida
istiqomat qiluvchi Muhammad Islom Jaloliddin Kosoniy (Mahmudi
A’zam nomi bilan mashhur bo‘lgan), Hoji Muhammadamin, Hoji
Hoshimiy, Abu Rahim, Tojiddin Hasan, Xoja Saad; Samarqandda
istiqomat qilib jamiyat ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan
Xoja Ahror Valiy (asli Toshkentda tug‘ilgan) va uning nabirasi
Bakirxo‘jalar; XV asrning 80-yillarida Movarounnahrga kelib Xoja
Ahror Valiyning izdoshi va muridi bo‘lgan Mir Arab (asli Yamanda
tug‘ilgan va Movarounnahrga kelib, Turkistondagi Sayram shahrida
yashagan) Abdulloh at-Arabi al-Yamanlilar katta ta’sir kuchiga ega
bo‘lganlar.
Ikkinchi tomondan, naqshbandiylar sufiylar (o‘z davrida
Yassaviylik ham, Kubroviylik ham) millat ajratmasdan mahalliy
o‘troq, ko‘chmanchi va yarim-ko‘chmanchi xalqlarning azaliy
an’analari va turli diniy ibodat unsurlarining umumlashuvi hamda
fors, arab va turkiy xalqiar madaniyatlarining o‘zaro uyg‘unlashib,
hozirgi milliy madaniyatimizning shakllanishi hamda rivojlanishida
muhim rol o‘ynagan.
Dostları ilə paylaş: |