Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Renessans, Musiqa, rasadxоna, Sug‘d taqvimlari, “Baytul-xikma” 
(Dоnishmandlar uyi), Xоrazmshоh Abul Abbоs Ma’mun, Beruniy, 
Ibn Sinо, Miskavayx, Ibn Irоq, Ahmad al-Farg‘оniy, Al-Xоrazmiy 
“Ilmlar kalitlari” kimyogar Abu Bakr ar-Rоziy, Abul Xakim al-
Kоsiy, geоmetriya va trigоnоmetriya rivоji: Mahmud Chag‘miniy, 
Shamsutdin A’lоul Buxоriy, falsafa: Ibn Miskavayx, tabоbat va 
dоrishunоslik bоrasida dunyoga dоng‘i ketgan Ibn Sinо, Al-Kumriy, 
Abu Mansur Kamariy, Sharafutdin al-Ilоqiy, Ismоil Jurjоniy, Devоnu 
lug‘atit turk.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Uyg‘оnish tushunchasi va uning mazmun-mohiyati haqidagi 
tushunchangiz?
2. Movarounnahrda Ilk uyg‘оnish davri, uning vujudga kelish 
sharоitlari va оmillari nimalarda ifoda etilgan?
3. Movarounnahrda IX-XII asrlarda ilm-fan ravnaqi, madaniyat 
rivоji to‘g‘risidagi fikringiz?
4. IX-XII asrlarda Movarounnahrda yashagan islоm dini, 
buyuk hadisshunоs olimlardan kimlarni bilasiz?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyati – engilmas kuch. 
– T.: Ma’naviyat. 2008. – 176 b.
2. Kabirov A. Jaxon tarixi. – T.: O‘qituvchi 2001-yil.
3. Jaxon madaniyati tarixi. – T.: Universitet. 2002-yil.
4. История мировой культуры. – Москва., 2000 г.
5. Умаров Э., Абдуллаев М., Хакимов Э. Культурология. 
– Т.: 2006. 
73
MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI 
MADANIYATI
Reja:
1. Amir Temur – ilm-fan va madaniyat hоmiysi.
2. Ulug‘bek – buyuk оlim, ilm-fan rahnamоsi.
3. Temuriylar davrida tarixshunоslik, xattоtlik, tasviriy san’at 
va musiqa.
4. Temur va temuriylar davri badiiy adabiyoti.
5. Temuriy davrida miniatyura san’atining shakllanishi.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga Amir Temur – ilm-
fan va madaniyat hоmiysi, Ulug‘bek – buyuk оlim, ilm-fan rah-
namоsi, Temuriylar davrida tarixshunоslik, xattоtlik, tasviriy san’at 
va musiqa, Temur va temuriylar davri badiiy adabiyoti haqida 
ma’lumotlar berish.
Vatanimiz tarixida temuriylar davrining tоm ma’nоda milliy va 
ma’naviy uyg‘оnish (ikkinchi “Renessans” davri) sifatida namоyon 
bo‘lishi, jamiyatning ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyoti bilan birlikda 
madaniy yuksalishga erishishi Amir Temur nоmi bilan chambarchas 
bоg‘liqdir. Negaki, bu tengsiz siymо qudratli, yahlit saltanatni barpо 
etish, uning har tоmоnlama ravnaqini ta’minlash barоbarida ma’naviy-
madaniy hayotning ham gurkirab rivоjlanishiga, ilm-urfоn, adabiyot 
va san’at sоhalarining o‘sishiga, bu jabha sоhiblarining iste’dоdi va 
ijоdkоrligining kamоlоtiga benazir rahnamоlik ko‘rsatdi. Bu o‘rinda 
Amir Temur, Shоhruh Mirzо, Ulug‘bek, Bоysunqur Mirzо, Sultоn 
Xusayn, Bоbur Mirzо singari ulug‘ hukmdоr siymоlarning shaxsiy 
ibrati tahsinga lоyiqdir.
Amir Temur o‘z mamlakatining ilmu urfоn, madaniyat va san’at 
ahliga xоrijiy ellardan ko‘plab hunar-kasb ahllarini, me’mоru naq-
qоshlarini, оli mu fоzillarini оldirib kelib, ularga qulay shart-sharоitlar 


96
tuzilishi, qurollari va afzalliklarini bilgan holda, uning har qanday sharoitda 
ham jang qila olish qobiliyatini ko‘rsata olgan. Askarlar tog‘ning chiqib 
bo‘lmaydigan, tik, chuqur daralariga to‘rt – besh jangchini zambilda 
chilvir bilan tushirmoqdalar. Bu Behzodning nihoyatda kuzatuvchan 
mohir musavvir bo‘lganligining yana bir isbotidir.
Keyingi suratlarda Samarqanddagi Amir Temur tashabbusi 
bilan avj oldirilgan binokorlik ishlari tarannum etiladi. Faqatgina 
shu Behzod asarlari tufayligina asrlar bo‘yi jahon xalqlarini o‘z 
muhtashamligi va ko‘rki bilan hayratga solib kelgan me’morchilik 
obidalarining haqiqiy ijodkorlari ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. 
Ular oddiy mehnatkash xalq vakillari; tarix sahifalarida ularning 
nomi deyarli qolmagan bo‘lsa ham, o‘zlaridan o‘lmas yodgorlik 
qoldirdilar. Bu me’morchilik obidalari o‘tmish madaniyatimiz 
taraqiyotidagi bir bosqichning jonli guvohidir.
Rasmlarning birida Bibixonim madrasasini bunyod etish 
jarayonidan bir lavha berilgan. Ustalar o‘ziga tegishli ish bilan band, 
ular turli holatlarda, tinimsiz mehnat qilayotgandek. Binoning asosiy 
qismi – nafis gullar bilan bezatilgan ayvon esa qurilib bo‘lingan: 
pastda ishchilarning bir qismi devor yuzasini qoplash uchun 
ishlatiladigan og‘ir marmar taxtalarni tashimoqdalar, boshqalari 
bo‘lsa, g‘isht teruvchilar uchun loy tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida 
qo‘lida bir shaklni (binoni oddeli bo‘lsa kerak) ushlab turgan kishi 
bor. Bu binoning bosh me’mori bo‘lsa kerak.
Ikkinchi surat binoni pardozlash jarayonini tasvirlaydi. Duradgorlar 
taxta qirqib, randalashmoqda. Tosh yo‘nuvchilar marmar taxtalarni 
o‘yib, naqshlash, sirkor plitalarga pozik chiziqli gul tushirish bilan 
band. Nazoratchi ulardan birini kaltaklamoqda. Oldinda marmar 
taxtalar ortilgan arava… tasvirda qurilishga ishtirok etayotgan negr 
(hindu)larni ko‘ramiz. Hindistonlik usta va ishchilar, fillar Temur 
Hindistonga qilgan harbiy yurishidan so‘ng bu yerga olib kelgan. 
Tasvirning aniq va hayotiyligi naqqoshning Hirotda Alisher Navoiy 
tashabbusi bilan avj oldirilgan qurilish ishlaridan ilhomlanganining 
dalilidir. Navoiy Farhodning yaratuvchilik mehnatini kuylagan 
bo‘lsa, mohir rassom buni to‘g‘ri angladi va ko‘pchilik xalq 
mehnatini sharafladi. Bu jihatdan Behzod O‘rta Osiyo xalqlari 
san’ati tarixida birinchi insonparvar rassomdir.
Behzod portret janrining boshlovchisi va mohir ustasi bo‘lgan. 
81
Jahongir edi. Ustod Jahongir mashhur Pir Sayyid. Ahmad Tabriziyga 
ustozlik qilgan. Kamolliddin Behzod esa ana shu Pir Sayyid Ahmad 
Tabriziydan musavvirlikni o‘rgangan. 
Temurning juda ko‘p qo‘lyozmalar to‘plaganligi haqida dovrug‘i 
biz gacha yetib kelgan. Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik beri-
shicha, samarqandlik ustalar qadimiy moxeylik rangtasviri namu-
nalaridan xabardor bo‘lganligi bois, Sohibqiron kutubxonasida ulug‘ 
rassom Moniyning “Arjang” albomidan ba’zi bir surati sahifalar 
saqlanib kelingan.
Ma’lumki, Movaraunnahr qadimgi kitobot tartib etish va ularni 
to‘plash markazi edi. Ibn Sino tomonidan tasvirlangan mashhur 
somoniylar kutubxonasining o‘ziyoq bu o‘lkada kitob yig‘ish va 
ularni omilkorlik bilan asrashning boy an’analari mavjudligidan 
dalolat beradi. Shayx Muhammad Parso ajdodlari tomonidan qariiyb 
uch yuz-yil davomida yig‘ilgan nihoyatda boy oilaviy hisobxona 
zaminda kitobga hurmat – e’tibor juda katta, kuchli bo‘lganligidan 
darak beradi. 
To‘plangan ushbu kitoblar tarkibini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 
XV asrgacha asosan ilmiy adolatlarni yig‘ish ustuvor bo‘lgan. Faqat 
XV asrdan boshlab asta-sekin miniatyura – suratlar bilan bezatilgan 
she’riy majmualar qo‘lyozmalarini yig‘ish ustunlik qila boshladi. 
Bunda A.Temur va uning vorislari qilgan homiylik muhim ahamiyat 
kasb etadi. O‘rta asr mualliflari yozib qoldirgan guvohliklarni 
hisobga olmaganda, A.Temurning mashhur kutubxonasidan nom 
nishon ham qolmagan. Faqat bu yerda to‘plangan qo‘lyozmalar 
asarlarining san’at darajasi o‘ta yuqori bo‘lganligini taxmin qilish 
mumkin, xolos, zotan bular – mag‘lub bo‘lgan hukmdorlarning 
kutubxonalaridan saralab keltirilgan eng yaxshi asarlar, shuningdek, 
zabt etilgan o‘lkalardan keltirilgan zamonasining eng yetakchi 
ustalari tomonidan Samarqandda – A.Temur saroyida Sohibqiron 
uchun tayyorlangan noyob kitoblar edi. 
XVI asr tarixichisi Do‘st Muhammadning guvohlik berishicha, 
Samarqand kutubxonasi boshida Temur Bog‘doddan oldirib kelgan 
mashhur musavvir Abdulhay turgan. U “o‘zining muzaffar lashkari 
bilan birga xoja Abdulhayni o‘z poytaxti Samarqandga olib keldi. 
Usta ushbu maskanda vafot qildi. Xojaning vafotidan so‘ng jami 
ustalar uning ishlariga taqlid eta boshladilar”. Bu XV asr boshida 


82
miniatyuralarning manbalari va uslublarini yaqqol ko‘rsatuvchi 
nodir dalillardir.
Amir Temur va temuriylar davrida barcha san’at va memorchilik 
turlarining o‘ziga xos jihatlari rivojlanib, turli badiiy maktablar 
yutuqlarining bir-biri faollik bilan boyitib borishi va asta-sekin 
birikib ketishi jarayoni XV asrning birinchi yarmida yangi, o‘ziga 
xos Samarqand san’ati uslubining shakllanishiga olib keldi. 
Dohiyona bunyodkorlikdan, san’atning yuksak darajasidan darak 
beruvchi me’moriy yodgorliklarning, amaliy san’at namunalarining 
bir qismi bizgacha yetib kelgan bo‘lsa-da, biroq rang-tasvir ishlari 
saqlanib qolmagan. Faqat yozma manbaalardagina Temur saroyidagi 
bezaklar, uning mashhur kutubxonasi, unda saqlangan qo‘lyozmalar 
hamda ularni bezagan miniatyuralar haqida ma’lumotlar uchraydi, 
xolos. 
Amir Temurning nevarasi Ibrohim Sultonning Sherozdagi saroy-
ida Sohibqiron hayoti va zafarlari haqida hikoya qiluvchi «Zafar-
noma» asarini bitgan Sharofiddin Ali Yazdiy Eron ustalari tomonidan 
ishlangan bezaklar haqida hayratga tushib so‘zlaydi.
Amir Temur hayotining XV asrdagi boshqa bir-yilnomachisi Ah-
mad ibn Arabshoh Samarqand saroylarining devorlariga ishlan gan 
suratlar mavzusiga to‘xtalib, ularda qabul marosimlari, sohibqi-
ronning bazmlari, jang manzaralari, ov sahnalari shuningdek, 
Temur ning o‘zining, jangchilari, o‘g‘illari, nevaralari, xotin va kani-
zaklarining portretlari tasvirlanganligini xabar beradi. 
Keyinroq bitilgan asar – Zahriddin Boburning “Boburnoma” 
me’yorida Bog‘i Dilkusho saroyi devorlari Temurning Hindistonga 
yurishi haqidagi tasvirlar bilan bezatilganligi aytib o‘tiladi. 
Yuqorida qayd etganimizdek, qasr va Saroy devorlariga solingan 
rasmlar bizgacha yetib kelmagan. Ma’lumki, 1407-yili Samarqandning 
shimoliy shahzoda Begim Sulton uchun katta porloq qurilib, 
uning o‘rtasidagi qasr devorlari ishqiy mazmundagi suratlar bilan 
bezatilgan. Amir Temurga atab tarixiy asar yozgan olim Sharofiddin 
Ali Yazdiyning ko‘rsatishicha, mazkur rasmlarni bunyod etishda 
Amir Temur zamonida shuhrat qozongan turli mamlakat musavvirlari 
ishtirok etgan. Tarixchilar bu san’atlar katta mahorat bilan yaratilgan 
san’at namunalari bo‘lganini hikoya qiladi. Temur va temuriylarning 
har biri o‘z davrida hatto qurilish ishlari olib borganlar. Ular o‘z 
95
suratlarni rangli holda alohida kitob tarzida nashr etadi. U o‘z 
kitobida “Zafarnoma”dagi Behzod chizgan suratlarga xos xislatlar 
haqida gapirib, Behzod suratgarligida ko‘m–ko‘k butazorlar bilan 
zamin sathi ziynatlangan bo‘lishi, manzaralarning jonli va jozibali 
chiqishi undan oldin o‘tgan va zamondosh musavvirlarnikidan 
afzalroq chiqadi, deb yozadi.
Mazkur qo‘lyozmadagi Behzod chizgan suratlar turli tarixiy 
voqelar, jang holatlari, saroydagi qabul marosimi, Samarqandda 
binokorlik ishlari va boshqalarni aks ettirib, faqat kitob mazmuniga 
taalluqli suratlardir. Bulardan birinchi qo‘shaloq surat Amir Temurning 
bog‘da o‘tkazayotgan qabul marosimini tasvirlaydi: o‘ng tomondagi 
sahifada Amir Temur va uning yaqin kishilari, so‘l tomondagisida 
esa – tantanali qabul marosimiga kelgan turli mamlakat elchilari 
va Saroy mansabdorlari. Ulardan ikkitasi kursida, har xil kiyimli 
yana beshtasi esa, Amir Temur qarshisida tavoze bilan turishibdi. 
Elchilardan bir to‘dasi eshik yonida to‘planishgan. Amirlar ortida 
turgan xodimlar orasida ko‘p habashlar ham bor. Ana shu sahnada 
o‘nlab kishining tasviri bo‘lishiga qaramay, musavvir o‘z maqsadiga 
erishgan, kishilar surati jonli va tasvirdagi mazmun tushunarli va 
ishonarli chiqqan. Bu hol, yuqorida qayd etilganidek, faqat Behzod 
ijodiyotida mavjuddir.
“Zafarnoma”dagi ikkinchi surat Xiva qal’asining Amir Temur 
qo‘shinlari tomonidan qamal qilinishini tasvirlaydi. Tasvir baland, 
mustahkam qal’a, yonida tok chirmashgan ulkan chinor… Musavvir 
jangning eng qizg‘in paytini tanlab olgan: qal’a himoyachilari 
kungurali baland tik devor ustidan dushman ustiga o‘q yog‘dirib, 
katta xarsang toshlar irg‘itishmoqda. Ammo Amir Temur askarlari 
qal’a darvozasiga kiraverishdagi ko‘tarib qo‘yilgan osma ko‘prikni 
tushirishga muvaffaq bo‘lganlar. Ilg‘or qismdan suvoriylar qal’a 
ichkarisiga kirib bormoqda. Ba’zilariga o‘q tegib, otdan ag‘darilgan. 
Qal’a himoyachilari orasida xotin-qizlar ham bor. Tasvirning aniqligi, 
jangchi va otlarning tez, chaqqon va shiddat bilan harakat qilishi, 
jonliligi sezilib turadi. Jang shiddati chinor shohlari, barglarni ham 
titratayotgandek tuyuladi.
Uchinchi surat tog‘dagi jang manzarasidir. Amir Temur qo‘shinlari 
Oltin O‘rda xoni To‘xtamish (1381 – 1395)ning qo‘shinidan qolgan-
qutganlarini tor-mor keltirmoqda. Musavvir Amir Temur qo‘shini, uning 


94
Navoiy Behzodga boshdan oyoq anjomlangan ot va majlisda hozir 
bo‘lganlarning barchasiga qimmatbaho to‘n taqdim etadi.
Bu dalillar musavvir asarlari zamondoshlari tomonidan qanchalar 
yuksak baholanganligini ko‘rsatadi. Behzodning doimo Alisher 
Navoiy va uning yaqin fikrdoshlari diqqat-e’tiborida bo‘lganining 
isbotidir. Uning murabbiysi Alisher Navoiy garchi u haqda aniq 
bir fikr qoldirmagan bo‘lsa ham, do‘stlaridan biriga yozgan bir 
maktubidan o‘sha davr musavvirlari orasidagi Behzod mavqeini 
yaqqol tasavvur qila olamiz: 
“Firoqnomakim yuborilibdur – tasvir qililsun deb, ani tasvir qila 
olur kishi Ustod Behzoddir va bu yaqinda Ustodi mushorunilayhni 
(Sulton Husayn) Mirzo tilab oldilar: o‘z qoshlarida bog‘da hujra 
yasatib ish buyurdilar. Yana andoq kishiki, ul kitobatqa munosib ish 
qila olg‘ay – yo‘q erdi”. Ha, Sulton Husayn Mirzo naqqoshlik va 
musavvirlikda kamolot cho‘qqisiga ko‘tarila boshlagan. Behzodni 
o‘z saroyida ishlatishni lozim ko‘radi va uni o‘z kitobxonasining 
raisi qilib tayinlaydi. Bu mansabni topshirish to‘g‘risidagi nomaning 
matni Xondamirning “Nomai nomiy” asarida keltiriladi: “Hirot 
kitobxonasining boshlig‘i (mansabi) uchun Ustod Kamoliddin 
Behzod nomiga berilgan nishon…”.
Yevropalik san’atshunos olimlar Behzodning Sharofiddin Ali 
Yazdiy (vafoti 1454) “Zafarnoma”siga chizgan suratlariga yuqori 
baho beradilar. Bu asardan 1467-yili sulton Husayn Mirzo xazinasi 
uchun Sherali xattot nasta’liq yozuvida nusxa ko‘chiradi. Har 
biri ikki sahifali oltita qo‘shaloq suratlarda 1490-yil ko‘rsatilgan. 
Qo‘lyozmada jami bo‘lib 12 ta tasvir bor. Demak, uni XV asrning 
90-yillarida tasvir qilingan deyish mumkin. Qo‘lyozmaning 
69-sahifasida shoh Jahongirning 1605-yilda o‘z qo‘li bilan yozgan 
quyidagi so‘zlarini o‘qiymiz: “Bundagi sakkiz surat Behzod qo‘li 
bilan chizilgan. Kitob menga bobom Humoyundan qolgan. Taxtga 
chiqqan kunim yozdim – 1037-yil, h. 1605. Jahongir ibn Akbar”.
“Zafarnoma”ning mazkur nusxasi hozir baltimordagi Jon Xopkins 
universiteti kutubxonasida saqlanmoqda (AQSH). Yevropalik 
olimlardan R.Etingauzen o‘zining Islom qomusiga yozgan maqolasida 
barcha suratlar Behzod mo‘yqalamiga mansubligini va ular Behzod 
ijodiyotining ilk davrida yaratilganligini yozgan. Ingliz sharqshunos 
olimi T.V.Arnold 1930-yili mazkur “Zafarnoma” nusxasidagi 
83
poytaxtlarida, mamlakatlarida boshqa joylarda oromgoh joylar, 
saroy va qasrlar, madrasa va hammomlar qurib, ularni o‘sha davr 
mohir usta va hunarmandlari, podshoh va musavvirlarining asarlari 
bilan bezatganlar. Afsuski, turli mavzudagi suratlar bilan devorlari 
bezatilgan bunday ajoyib qasr va saroylar bilan shuhrat topgan 
Samarqand, Shahrisabz, Hirot va boshqa shaharlarning chorbog‘lari, 
ularning bunyodkorlari haqida batafsil fikr yurita olmaydi. Bunday 
qasr va saroylarning ko‘pchiligi zamonlar o‘tishi bilan nobud 
bo‘lgan. O‘sha binolarini, oromgohlarini, chorbog‘larini va boshqa 
qurilishlarini yuksak hunari, mohir talanti bilan bezatgan mo‘yqalam 
sohiblari, o‘ymakor va sartaroshlari, turli xil bezak egalari haqida 
juda oz ma’lumotlarga egamiz. Faqat tarixnavislar, shoirlar tufayli 
biz Amir Temur va temuriylar qurdirgan chorbog‘larning ba’zi qasr 
va saroylari qiyofasini tasavvur qila olamiz. 
Temuriylar hukmronligi davrida o‘rta sharqning o‘rta asr mada-
niyati va san’ati gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu davrlarda 
hashamatli va go‘zal binolar vujudga keldi, devoriy rassomlik, 
amaliy-dekarativ san’at sohasida nafis asarlar yaratildi. Bu hol 
so‘zsiz, me’morchilik va tasviriy san’atda qator yangi an’analarning 
vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, birinchi 
bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morlik ansambllari shahar 
kompozitsiyasida muhim o‘rinni egallay boshladi va an’anaviy 
meroslik shakl va uslublarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. 
Ayniqsa, me’morchilikning rangli bezak bilan boyishi katta 
badiiy – estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rang bezak o‘rta Osiyo 
an’anaviy me’morchilarning ajralmas qismi bo‘lgan. Lekin XIV 
asrga kelib, binoning ichi va tashqari pardozi alohida o‘rinni egallay 
boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, 
XVI asr oxirlaridan keng tarqala boshlagan o‘yma naqshlarning 
keng ko‘lamda amalga tatbiq etilishi O‘rta sharq xalqlari ijodiy 
fantaziyasining katta yutug‘i bo‘ldi. O‘rta Osiyo me’morchiligida 
sodir bo‘lgan o‘zgarishlar ilk bor ko‘hna Urganchdagi To‘rabek 
xonim maqbarasida namoyon bo‘ldi. Xorazm ustalari yaratgan 
bu ijobiy yodgorlik an’analari keyinroq Temur farmoyishi bilan 
Samarqand va saltanatining boshqa yerlarida keng foydalanilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida Hirot miniatyurasi ham keng 
rivojlandi. XV asr Eron, Movarounnahr va Xuroson rang-tasvir 


84
miniatyurasi tarixida musulmon mamlakatlari ma’naviy hayotida 
muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘lyozma kitob san’ati, anig‘rog‘i, 
Hirot miniatyurasi muhim o‘rin egallaydi.
1381-yilda Amir Temur Hirotni egallab, 1383-yilda butun 
Xurosonni o‘z saltanatiga qo‘shib oldi. Bu hududga salkam yuz-yil 
mobaynida temuriylar hukmronlik qildi.
XV asrda Hirot temuriylar saltanatining siyosiy va madaniy 
markazi sifatida gullab-yashnadi. Amir Temur vafotidan keyin 
Shohruh hukmronlik qilgan davrda Hirotda keng ko‘lamda qurilish 
ishlari olib borilishi tufayli me’morchilik san’ati ravnaq topib, bu 
yerga yangi me’morlik maktabi yuzaga keldi. Bu paytda Samarqandni 
Shohruhning o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek boshqarar edi. U Samarqandda 
matematika, astronomiya singari fanlar rivojiga alohida e’tibor 
qaratgan bo‘lsa, Shohruh Hirotda san’at va adabiyot, tarix kabi 
gumanitar fanlar ravnaq topshiga keng imkoniyat yaratib berdi.
Hirotda madaniyat va san’atning gullab yashnashi Shohruhning 
o‘g‘li Boysunqur Mirzo nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Shohruh 
taxtda o‘tirgan paytda Boysunqur Mirzo vazir lavozimida edi. U 
1414-yildan hokimiyatni boshqarishni to‘laligicha o‘z qo‘liga 
olgan. Boysunqur Mirzo shoirlar, musavvirlar, tarixnavislarga 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, homiylik qilgan. Qori Ahmadning qayd 
qilishicha, Boysunqur Mirzo “Hattotlikda noyob ustalardan biri” 
Mavlono Shamsning shogirdi bo‘lgan. Temuriy hukmronlar san’at 
va adabiyotga qiziqib qarashi bilan boshqa hukmronlardan alohida 
ajralib turishgan. Davlatshoh Samarqandiyning ma’lum qilishicha, 
Ulug‘bek Nizomiy, Boysunqur esa Dehlaviy asarlarini sevib o‘qigan. 
Alisher Navoiy ham Boysunqur Mirzo Hirotda hukmronlik qilgan 
davrda yashagan va uning madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi 
beqiyos xizmatlarini alohida ta’kidlagan. Jumladan, “Boysunqur 
Mirzo saroyida shoir, xattot, musavvir, sozandalar shunchalik 
ko‘pki, hech bir zamonda hukmdorlar saroyida bunchalik bo‘lgan 
emas” degan. Alisher Navoiy Boysunqur Mirzo “adolatli, bag‘ri 
keng, iste’dodli kishilarni e’zozlaydigan, kishilar farovon yashashini 
istaydigan hukmdor” bo‘lganini qayd etgan. Davlatshoh Samarqandiy 
Boysunqur Mirzo she’rlar yozib, bor va turkiy tilda bitilgan she’rlarga 
eng to‘g‘ri baho bera olgan, olti xil usulda husnixat yoza olganini 
eslatgan. U shuningdek, Boysunqur Mirzoning katta kitobxonasi 
93
ham asarlari muhokama qilinib, har kim o‘z mulohazasini bayon 
etar va hal qiluvchi fikrni Alisher Navoiy aytardi. 
Navoiy va Behzod zamondoshlaridan Zayniddin Vosifiy o‘zining 
“Badoyiul-vaqoye’” asarida Behzod chizgan suratini shoir va uning 
maslakdoshini hikoya qiladi.
Vosifiy yozadi: “Behzodning san’ati va shuhrati kun va soat sayin 
oshardi. Uning har bir yangi asari unga g‘alaba va shon-shuhrat 
keltirardi”. Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni usta buyuk amir Alisher 
Navoiy majlisiga hayotiy mavzu tasvir etilgan miniatyura suratini 
olib keladi. Unda turli daraxtlar shoxlarida sayrayotgan rang-barang 
qushlar, har yerda jildirab oqayotgan jilg‘alar, chaman gullarga 
to‘la so‘lim bog‘ juda ko‘rkam va tarovatli tasvirlangan edi. Alisher 
hassaga suyangan, uning oldida esa ehson uchun mo‘ljallangan oltin 
va kumushga to‘la idishlar. Miniatyurani ko‘rar ekan, amirning yuragi 
ehtiroslarga to‘la va “Ofarin!” deb olqishladi. Keyin majlisning 
boshqa ishtirokchilariga qarab murojaat qildi: “Bunday ajoyib 
tasvirga nisbatan sizlarda qanday olqishlar va hayrat paydo bo‘ldi?”. 
Xurosondagi mashhur kishilardan biri Alisherning ustozi mavlono 
Fasihiddin shunday deydi: «Men bu gulshandagi gullarni ko‘rganim 
hamono, ularning birini uzib olib, sallamga taqmoqchi bo‘ldim». 
Alisherning doimiy suhbatdoshi va do‘sti mavlono Sohibdori: 
“Menda ham shunday xohish paydo bo‘ldi. Lekin agar gullarga 
qo‘limni cho‘zsam, daraxtdagi qushlar cho‘chib, uchub ketmasmikan 
deb andisha qildim”, - deydi. Xurosonning oqil kishilariga doimo 
taqlid qilib, hazil – mutoyiba bilan Alisherga tegishib yuruvchi 
mavlono Burxon shunday deydi: “Bunday ta’riflardan keyin, 
mulohaza bilan jim turishni maqul ko‘rdim. Agar so‘z qotadigan 
bo‘lsam hazrat Mir yuzlarini burishtirib, qovoqlarini chimirishlari 
mumkin”. Hirotning dono va aqllik kishilaridan biri, Alisher 
“latifatarosh” deb laqab qo‘ygan mavlono Muhammad Badhiy deydi: 
“O mavlono Burxon, agar bu kaltabin va beadablik bo‘lmaganida 
edi, sizning bu so‘zlaringiz uchun men hazratimning qo‘llaridagi 
hassa bilan naqd boshingizga tushurar edim”. Hazrat shunday deydi: 
“Muhtaram suhbatdoshlar ko‘p yaxshi so‘zlarni aytdilar va ma’no 
durlarini xo‘b sochdilar. Agarda mavlono Burxon bunday qo‘rslik va 
qo‘pollikni qilmaganlarida edi, men mana shu tilla va kumushlarni 
sizlarning boshingiz uzra sochmoqchi edim”. Shundan keyin Hazrat 


92
muhimroq bo‘lgan. Mazkur rivoyat, garchi haqiqatdan yiroqroq 
bo‘lsa ham, Kamoliddin Behzodning bebaho, noyob hunar egasi 
ekanligining, katta shuhrat sohibi bo‘lganligining bir guvohidir. 
Behzod 1455-yili Hirotda hunarmand kosib oilasida dunyoga 
keldi. Naqqoshlik va musavvirlikka bo‘lgan qiziqish unda juda erta 
uyg‘ondi. Behzod ota-onasidan yoshligadayoq judo bo‘ldi. Sulton 
Husayn Mirzo kitobxonasining raisi Mavlono Mirak naqqosh yosh 
Behzodni shogirdlikka oladi, unga ustoz bo‘ladi. Mavlono Mirak 
naqqosh hirotlik bo‘lib, uni Said Mirak yoki Xo‘ja Mirak ham deb 
yuritishar edi. U yoshligida o‘qsoz edi. Madrasada o‘qidi, Quro‘nni 
o‘rgandi, so‘ng xattotlikni egalladi. Otasi dunyodan o‘tgach, o‘q yoy 
yasab, shu hunari orqasidan kun ko‘ra boshlaydi. Imoratlarga kitoba 
yozish (devorga yozuvlarni naqsh bilan yozish va rasm solish) bilan 
ham mashg‘ul bo‘lgan. Musavvir sifatida tanila boshlagandan keyin 
u Sulton Husayn Mirzo kitobxonasiga boshliq qilib tayinlandi. Sulton 
Husayn davrida qurilgan imoratlarning aksari kitobasi shu Mavlono 
Mirak naqqosh qo‘li bilan bajarilgan. U o‘z hunariga shunchalik 
mohir ediki, zamondoshlarining yozishiga qaraganda, u bir-yillik 
ishni bir oyda ham bajara olardi. Rivoyat qilishlaricha, Alisher 
Navoiy tashabbusi bilan Hirotdagi masjidi jome qayta tiklanayotgan 
paytda bu ishni tezroq bitirish zarur bo‘lib qoladi. Biroq Mavlono 
Mirak, nima uchundir, kitoba ishini paysalga sola boshlaydi. Ishga 
Alisher Navoiy aralashadi-yu. Mirak naqqosh masjidni bezash va 
kitoba yozish ishlarini 15 kunda bajaradi. Masjidi jomeni hozirgi 
kunlarda ham ziyorat etgani kelgan har bir sayyoh yoki mehmon 
Mavlono Mirakning mazkur noyob san’atiga tahsinlar o‘qib 
ketishadi.
Behzod Mavlono Mirak, Alisher Navoiy, Sulton Husayn Mirzo 
singari ma’rifatparvar olimlar davrasida tarbiyalanib, tezda mohir 
san’atkor naqqosh va musavvir sifatida tanildi. U o‘z davrigacha 
bo‘lgan tasviriy san’at sohasida erishilgan yutuqlarni mukammal 
egalladi va musavvirlikda yuksak insoniy fikrlar va boshqa ilg‘or 
g‘oyalar bilan sug‘orilgan hayotiy tasvirlari bilan tezda shuhrati orta 
bordi. Mavlono Behzod oldin Alisher Navoiy kitobxonasida ishladi. 
Mazkur davrda u o‘z kasbidagi san’atkorlardan ham mahorat, 
ham g‘oyaviy yo‘nalish va uslubda ancha ilgarilab ketdi. She’riy 
munozara va ijodiy majlislarda, anjuman va yig‘inlarda Behzodning 
85
bo‘lgani, unda qadim zamonlardan va O‘rta asrlargacha yaratilgan 
eng yaxshi asarlar saqlanganini ma’lum qilgan. Boysunqur Mirzo 
davrida Hirotda kitoblarni ko‘chirish va qo‘lyozma kitoblarni badiiy 
bezatish amalga oshiraladigan ustaxonalar tashkil etilgan. 
Temuriylar saltanatidan juda ko‘p xattot, musavvirlar ustaxo-
nalarda ishlash uchun jalb etilgan. Iskandar Sulton vafot etganidan 
keyin Shohruh Sherozdan uning xazinasini Hirotga keltirgan. Bu 
xazinada qimmatbaho buyumlar bilan birga ko‘pgina qo‘lyozmalar 
ham bo‘lgan. Davlatshoh Samarqandning yozishicha, Hirotdagi 
usta xonalarda qisqa – yaqin xattot kitoblarni ko‘chirish va qo‘lyoz-
malarni bezatish bilan shug‘ullangan. Ularning aksariyati tabrizlik 
va sherozlik bo‘lgan. Masalan, Mavlono Feriddin Jafar Tabriziy, 
Sayyid Ahmad Naqqosh, Xoja Ali Musavvir, Qiyomiddin Tabriziy 
tabrizlik bo‘lsa, xattot Mavlono Ma’rif Bog‘dodiy, Mahmud Ali 
Husuyin sherozlikdir. 
Bu Boysunqur Mirzoning ma’lum muddat Tabrizda hukmronlik 
qilgani bilan bog‘liq. U Hirotda ustaxona tashkil etgach, Tabriz, 
Sheroz singari o‘lkalardan xattot, musavvirlarni ishga jalb etgan. 
Albatta, Hirotdagi ustaxonalarda mahalliy xattot va musavvirlar 
ham ish olib borishgan.
Kitobxonada kitoblarni ko‘chirish, bezatish bilan birga, asl matnni 
tiklash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Bu yerda 
Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” asari yahlit matni yaratilgan. 
Boysunqur Mirzo tarixga juda qiziqqani uchun tarixnavislarga 
alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Hobizi Abro (Mavlono Nuriddin 
Abdulla) Boysunqur Mirzoning yaqin kishilaridan biri bo‘lgan va 
unga bag‘ishlab “Zubdat at – taborixi Boysunqur” asarini bitgan. 
Ushbu mashhur asarning bir nusxasi 1425-yilda Hirotda rasmlar bilan 
bezatilgan. Boysunqur Mirzoning topshirig‘iga ko‘ra, Rashiddin 
mashhur “Jome at tavorix” asarini yozgan. Mazkur asar temuriylar 
davrida tarixiy manbalarni yozish tartib – qoidalarni boshlab 
bergan. Xuddi shu asardan keyin tarix to‘g‘risidagi tadqiqotlarni 
rasmlar bezash an’ana tusini olgan. Bundan tashqari Boysunqur 
Mirzo naqqosh Ustod Sayyid Ahmad, Xo‘ja Ali musavvir va jildsoz 
Qovimiddin Tabriziyga Ahmad Bog‘dodiy muroqqosini ko‘chirishni 
buyuradi.
U Amir Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan Abdulloh 


86
musavvirning shogirdi edi. Ahmad Bog‘dodiy tomonidan tuzilgan 
suratlar muraqqosi o‘sha paytda yagona nusxa bo‘lib, ba’zi suratlar 
davr zoli bilan o‘z latofatini yo‘qota boshlagan edi. Boysunqur 
Mirzo uchun ko‘chirtiriladigan mazkur muroqqoga mashhur xattot 
Mavlono Fariddin Jafar qasida yozadi va yozuvlarini ko‘chiradi. Jild 
yasashni Ustod Qovimiddinga, bezash ishi Amir Xoliqga topshiriladi. 
Ammo muraqqo ko‘chirilib tomom bo‘lmasdan Boysunqur Mirzo 
dunyodan o‘tadi. Muraqqani ko‘chirishni uning o‘g‘li Aloviddavlo 
Mirzo davom ettiradi.
Hirotda Shohruh va Boysunqur Mirzo hukmronlik davrida saroy da 
qo‘lyozmalarga miniatyuralarni chizishdan oldin katta tayyorgarlik 
ishlari olib borilgan. Saqlanib qolgan ko‘pgina rasmlar va xomaki 
chizmalar qo‘lyozmalar uzoq tayyorgarlik asosida bezatilganidan 
dalolat beradi. Qo‘lyozmalardagi erkak va ayol qiyofasi, g‘aroyib 
o‘simlik, daraxtlar manzaralar tasviri kompozitsiyasining eng 
maqbul variantini topishga jiddiy e’tibor qaratilganidan davlolat 
beradi, turli miniatyura markazlari musavvirlarining bir joyda 
jonlanishi yuz-yillar mobaynida shakllangan uslublarni o‘zaro 
uyg‘unlashtirish asosida yangi uslublar yaratishga imkon bergan 
va natijada, XV asr birinchi yarmida Hirot miniatyura maktabi 
vujudga kelgan. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Hirot miniatyura maktabi 
XV asr 20-yillarida shakllana boshlagan. Ammo XV asr birinchi 
o‘n-yilligidayoq bu yerda Boysunqur Mirzoning topshirig‘i bilan 
tarixiy asarlardan nusxalar olina boshlagan. 1410-yilda Tojiddin 
Salmonning «Shams ul - husm» asari ko‘chirilgan, 1412-yilda 
Shomiy Zuilning “Zafarnoma”, “Zafarnomai shomiy” asarlari nus-
xalari ko‘paytirish davom ettirilgan. 1414-yilda “Muntahibdin at 
– tavorizi muyiniy” (Muyiniy va muyiniddin Natanzaniyning tan-
langan solnomasi) asari nusxalari yaratilgan. Bu kabi dalillar usta-
xonada asarning dastlabki o‘n-yilligida ish boshlangan va unda 
o‘nlab xattot, musavvirlar faoliyat olib borganidan davlolat beradi. 
Shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar Boysunqur Mirzo kutubxonasini 
“Akademiyaga” qiyoslashadi. Chunki unda juda ko‘p mutaxassislar 
o‘z ixtisosligi bo‘yicha qo‘lyozmalarga manzara ishlashgan bo‘lsa, 
kimdir kishilarning qiyofasi, yuz ko‘rinishini chizgan.
Tabrizlik ustalar Boysunqur Mirzo topshirig‘ida kutubxonada 
91
qaralsa, kishilar qiyofasi deyarli o‘xshash ekanligi, bir xil qiyofalar 
miniatyuradan miniatyuraga ko‘chib yurgani aniq seziladi.
XV asr oxirgi choragi Hirot miniatyurasining yetuk namoyandasi 
Kamoliddin Behzod ijodi bevosita XV asr birinchi yarmi ilk Hirot 
miniatyura maktabi ravnaqining mantiqiy natijasi bo‘ldi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin