Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

U.U. MANSUROV, A.SH. TO‘XTABAYEV 
O‘ZBEKISTONNING 
MADANIYATI VA SAN’ATI 
TARIXI
O‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«O‘ZKITOB SAVDO NASHRIYOT 
MATBAA IJODIY UYI»
2021


UO‘K 008:7(575.1)(09)
KBK 71(5O‘zb)
M 24
U.U. Mansurov, A.Sh. To‘xtabayev
O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi 
[Matn]: o‘quv qo‘llanma /
U.U. Mansurov, A.Sh.To‘xtabayev. – Toshkent: ‘‘O‘ZKITOB SAVDO NASHRIYOT 
MATBAA IJODIY UYI’’, 2021. - 184 b.
Taqrizchilar:
Tog‘ayeva Anoroy Zayniddinovna 
– O‘zR FA Tarix instituti ilmiy xodimi, tarix 
fanlari nomzodi
Rasulov Abdulla Nuritdinovich
– NamDU Tarix kafedrasi professori, tarix 
fanlari doktori.
O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 
16-avgustdagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2018-yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘ining 20-ilovasi bilan tasdiqlangan fan 
dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmadan 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari “O‘zbekistonning madaniyati va san’ati 
tarixi” fani bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin. 
O‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi fanining paydo 
bo‘lishi va taraqqiyoti, ibtidoiy davr madaniyati, ilk o‘rta asrlar davri madaniyati 
va san’ati, arab halifaligi davrida madaniyat taraqqiyoti, Amir Temur va temuriylar 
davri madaniyati va san’ati, O‘zbek xonliklarining XVI-XIX asrlar madaniyati, 
Rossiya davlati mustamlakachiligi sharoitida Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-madaniy 
hayot, Sovetlar davrida O‘zbekiston madaniyati va san’ati taraqqiyoti hamda 
mustaqillik-yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy sohadagi islohotlar kabi 
masalalar yoritib berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 
30 iyundagi 359-sonli buyrug‘iga asosan chop etishga ruxsat etilgan.
5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha)
ISBN 978-9943-7250-7-2
15
insonning antropologik jarayonni bosib o‘tishini tezlashtirgan va 
tabiat hodisalariga bo‘lgan munosabatlarining sistemalashuviga olib 
kelgan. Olov odam tomonidan bo‘ysundirilgan va o‘z manfaatiga 
xizmat qilgan dastlabki tabiat kuchi bo‘lgan. Natijada odam hayvonot 
olamida ustunlikka erishib, biologik mavjudot sifatida undan 
uzoqlashgan. Olovning egallanishi ilk paleolit davrining buyuk 
madaniy yutug‘i bo‘lgan. Paleolit davrining yana bir yutug‘i kishi 
tafakkuri va nutqining paydo bo‘lishidir. Tafakkur va nutq qobiliyati 
taraqqiyotining qudratli sharti va omili bo‘lib, ular kishilikni butun 
hayvonot dunyosidan ajratdi. Tafakkur va nutqning vujudga kelishi 
odamda rivojlanishi ilk insoniy munosabatlarning shakllanishi va 
taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan. 
Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti - moddiy ishlab chiqarish-
ning, ya’ni moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov 
singari til va tafakkur ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib 
chiqishini tezlashtirgan.
Ibtidoiy madaniyatning keyingi bosqichi orin’yak – salyutr va 
madlen davrlari so‘nggi paleolitga mansubdir. Bu davr o‘zining 
neandertalga nisbatan ancha taraqqiy qilganligi bilan, ya’ni ham 
mehnat qurollarida, ham inson qiyofasida tub o‘zgarishlarning vujudga 
kelishi bilan xarakterlanadi. Orin’yak – salyutr (Fransiyadagi ikkita 
joy nomidan olingan) davrida texnika sohasida muste madaniyatiga 
nisbatan anhagina yuksalish ro‘y bergan. Eng avvalo toshni 
ishlash yaxshilanadi. Mehnat quroli sifatida shoh va suyaklardan 
keng foydalaniladi. Orin’yak-salyutr madaniyati manzilgohiga xos 
bo‘lgan joylardan topilgan tosh va suyak qurollarning shakli ular 
yog‘och dastaga o‘rnatilgan qurollarning asosiy qismi bo‘lganligidan 
darak beradi. Bu texnika taraqqiyotidagi muhim davr bo‘lgan. Bu 
davr bir necha qismdan tuzilgan qurol-yarog‘larga o‘tish davri 
bo‘lgan. Umuman olganda orin’yak-salyutr davrining barcha qurol-
yarog‘lari muste davri odamlarinikiga nisbatan beqiyos boy va 
xilma-xil bo‘lgan. Bu davrda toshdan turli xil pichoqlar, nayzalar 
va nayzachalar, keskichlar, qirg‘ichlar, bigizlar, suyakdan ignalar 
yasalgan.
Odamlar bu davrga kelib, qurollardan hayvonlarni o‘rab, quvib, 
qamab, tuzoq qo‘yib ushlashni o‘rganganlar. O‘z manzillarini 
ochiq joylarga qurganlar. Orin’yak-salyutr bosqichi turar-joylarning 


14
va texnikaning uzluksiz o‘sib borganligidan dalolat beradi. Bu 
birin-ketin keladigan bosqichlar yer sharining turli joylarida 
topilgan muayyan tipdagi odam faoliyatining qoldiqlariga qarab 
aniqlanadi va fanda bu qoldiqlar “madaniyat” deb nomlanadi. Bu 
madaniyatlar dastlab topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular ana 
shu madaniyatning eng tipik yodgorliklaridan iborat bo‘ladi.
Ibtidoiy davr madaniyatining eng oddiy bosqichi SHELL
 
madaniyatidir. Bu madaniyat Shimoliy Fransiyaning Shell shahar-
chasi nomi bilan ataladi. Bu davr mehnat qurollarining asosiy turi 
uzunligi 10 sm.dan 20 sm.gacha, og‘irligi 500 grammdan 1kg.gacha 
bo‘lgan anchagina katta hajmli, bodom shaklidagi, har ikki tomoni 
tosh bilan qupol ravishda tarashlangan tosh bo‘lagidir. Bu qurol «qo‘l 
cho‘qichi», «qo‘l chopqichi» va «qo‘l boltasi» vazifasini bajargan. 
Ibtidoiy davr madaniyatining keyingi bosqichi Yevropaning ko‘p 
yerlarida va shuningdek, Afrika va Osiyoda ma’lum bo‘lgan va bir 
umumiy nom ASHEL (Shimoliy Fransiyadagi Sant-Ashel degan 
joy nomi) deb ataladi. Bu madaniyat mehnat qurollarining hajmi 
bir muncha kichik shakl ancha to‘g‘ri, o‘tkir, qirralik bo‘lganligi 
bilan xarakterlanadi. Bu madaniyat manzilgohidan tosh qurollaridan 
tashqari odamlarning turmushiga oid boshqa belgilarning – mamont, 
karkidon kabi yovvoyi hayvonlarning ko‘plab suyaklari, shuningdek 
olov izlari topilgan.
Ibtidoiy davrning uchinchi bosqichi Fransiyaning janubi-
g‘arbida joylashgan qishloq va g‘or nomi bilan ataluvchi MUST’E
 
madaniyati o‘rta paleolit davriga mansubdir. Teshiktosh g‘oridan 
topilgan neandertal bolaning qoldiqlari ham ana shu Must’e 
madaniyatiga tegishli. Bu bosqich mehnat qurollarining sezilarli 
darajada o‘sganligi bilan xarakterlanadi. Bu madaniyatning asosiy 
quroli uchi o‘tkirlangan tosh quroldir. Bu qurol nayza sifatida ham 
ishlatilgan. Shuningdek bu bosqichda yaratilgan mehnat qurollari 
safiga suyakdan ishlangan qurollar ham kelib qo‘shilgan, ya’ni bu 
bosqichda suyakdan o‘tkir uchli mayda qurollar ham yasalgan. Bu 
manzilgohdan mamontning, karkidon, g‘or ayig‘i, yovvoyi ot, shimol 
bug‘usi va boshqalarning suyaklari hamda olov izlari topilgan.
Shell, Ashel madaniyatlari, odatda umumiy nom bilan ilk 
paleolit deb ataladi. Demak, ilk paleolit davridayoq-odamlar mehnat 
qurollarini takomillashtirib, olovdan foydalana boshlaganlar. Bu esa 
3

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin