16
vujudga
kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan
ham xarakterlanadi. Bu davrga kelib odamlar tikishni o‘rganganlar,
hayvon terilaridan kiyim tikish bilan birga o‘zlari yashayotgan turar-
joylarning ustlarini yopishda ham foydalanganlar.
Shunday qilib, bu davrga kelib odam madaniyatning yana bir
boyligi – o‘zining tanasini himoya
etadigan kiyim-kechakka ega
bo‘lgan. Bu davrda nafaqat olovning qoldiqlari, balki o‘choq va o‘ta
sodda holdagi pechlarning qoldiqlari ham uchraydi. Orin’yak-salyutr
davriga oid bo‘lgan maskanlardan eng sodda haykal va rasmlarning
nusxalari ham topilgan. Bu yerlardan
topilgan parmalangan hayvon
tishlari va boshqa ba’zi bir bezak buyumlari ham topilgan. Nihoyat,
ayrim belgilar, jumladan ibtidoiy odam skletlarining quyilishi
holati hamda ayrim ibtidoiy rasm va tasvirlarning
mazmuni ana shu
bosqichga kelib dinning paydo bo‘lganligini ham ko‘rsatadi.
Xullas paleolit davrining so‘nggi bosqichlariga kelib antropogenez
jarayoni tugallanib, hozirgi zamon odami paydo bo‘lgan. Ana shu
davrga kelib irqlar ham paydo bo‘la borgan.
Shuningdek bu davrda
bir necha qismdan iborat bo‘lgan qurol-yarog‘lar ham paydo bo‘lgan.
Suyak va hayvon shohlaridan material sifatida keng foydalanila
boshlangan. Yirik hayvonlarni ovlash osonlashib,
doimiy turar-
joylar vujudga kelgan. O‘troqlashib yashash o‘choq va xonani
isitish yo‘llarining o‘ylab topilishiga, tikuvchilikni yuzaga kelishiga
sabab bo‘lgan. Bularning barchasi ishlab chiqarish kuchlarining
ancha taraqqiy yetganligini ko‘rsatadi. Shu
bilan birga bu bosqichda
tasviriy san’at, bezak buyumlari va diniy qarashlarning paydo
bo‘lishi ibtidoiy jamiyatning ustqurmasi shakllana borganligidan
dalolat beradi.
Paleolitning orin’yak-salyutr bosqichidan keyingi madaniyat
Madlen madaniyati deb nomlanadi. Fransiyaning janubi-g‘arbidagi
La Madlen degan joy nomidan olingan.
Madlen madaniyati suyak
va shohdan turli buyumlar ishlab chiqarishning sezilarli darajada
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda nayza otadigan
qurollar va garpun paydo bo‘lgan.
Arxeologik davrlashtirishga muvofiq, paleolitdan so‘ng ko‘pdan-
ko‘p madaniyatlar mavjud bo‘lgan. Ular neolit degan umumiy nom
bilan yuritiladi. Neolit ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
asosida kishilik jamiyatining anchagina tabaqalarga bo‘linish davri
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI