24
Demak, raqs yuqori paleolit davridayoq vujudga kelgan.
Sodda raqsdan san’atning yana bir turi – drama kelib chiqishi
haqiqatdan ham, qoloq qabilalarning raqslari ko‘pincha chinakam
tasviriy mazmunga ega va pantomima – so‘zsiz drama san’atining ilk
shakllarini ifodalaydi. Ko‘pgina xalqlarda ekishdan tortib to yig‘im-
terimgacha bo‘lgan butun dehqonchilik jarayonini ifodalovchi
ashulalarga cholg‘u asboblari jo‘r bo‘ladi.
Shu bilan birga raqs
tushilib, o‘sha jarayonlar dramatik ravishda ifodalanadi.
Ibtidoiy davrda og‘zaki ijodiy-folklor (inglizcha, folk – xalq,
lore – ijodiyot so‘zidan olingan) keng rivojlangan. Uning eng
dastlabki turi o‘tmish haqidagi rivoyatlar hisoblangan. Ertak alohida
rivojlangan bo‘lsa, doston, topishmoq maqollar bir muncha keyinroq
– inson miyasining keyingi taraqqiyoti mahsulidir.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy madaniyatning turli-tuman
elementlari kishilik jamiyati moddiy hayotining taraqqiyotiga
bevosita bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji va tabiat
hodisalariga bo‘lgan munosabatlarning
chuqurlashuviga bevosita
bog‘liq bo‘lgan. Kishilarning moddiy ehtiyojining oshishi natijasida
mehnat unumdorligini oshirishga bo‘lgan intilish hamda shu
paytgacha jumboq bo‘lib turgan tabiat hodisalarining asl mohiyatini
ochishga bo‘lgan urinishlar ma’naviy madaniyati tashkil etuvchi
turli xil elementlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: