44
ikkinchidan, aholining madaniy jihatdan
taraqqiy etishining asosiy
omili bo‘lib xizmat qilgan.
VII asrning boshlariga kelib ishlab chiqarish jarayonining rivoj-
lanishi, savdo-sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etishi yan-
gidan yangi shaharlar va qishloqlarning vujudga kelishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo va Xorazmning keng
dasht larida yangi qo‘rg‘on va qal’alar qurilib, ularga suv chiqarilib,
atroflar obodonlashtiriladi. Bu davrga kelib, xoqonlik hududida
ko‘p lab qal’alar, qo‘rg‘onlar, qasrlar, saroylar, huqandozlar, ko‘shk
va sardobalar qurilishi keng avj oladi.
Bu inshootlarning qurili shida,
birinchidan, hunarmandchilik, ikkinchidan, savdo-sotiq, uchin-
chidan, mahalliy hukmdorlarning shuhratparastligi (chunki ular
o‘zlarini haqiqiy hukmdor, xoqon deb hisoblaganlar), to‘rtinchidan,
markazlashgan xoqonlik tomonidan boshqarilsa-da,
yerli mayda
feodal hokimlar o‘rtasida o‘zaro nizo, bir-biriga ishonchsizlik tufayli
o‘z-o‘zini himoya qilishga bo‘lgan intilish kabi sabablar muhim rol
o‘ynagan. Shu boisdan mazkur arxitektura inshootlarining qurilishi
bir necha baravar oshib ketgan. Masalan, Xorazm vohasidagi Burgut
qal’a mavzeyida 100 ga yaqin ko‘shk va qasrli qo‘rg‘onlar qurilgan
bo‘lsa, Buxoro atrofida 4000 ga yaqin qasrlar, Chochda 50 dan ortiq
katta-kichik istehkomlar, yirik yer egalari qo‘rg‘onlari, ko‘shk va
obod qishloqlar qad ko‘taradi.
Markaziy Osiyoga Shimoldan turkiy qabilalarning ko‘chib
kelishi
natijasida (er.avv. II asrdan boshlab) turkiy lahjalar va shevalarda
gaplashish odat tusiga kirgan. Turkiy til so‘g‘d va yunon tillari
bilan bir qatorda muomala tiliga aylangan, ya’ni Eron lahjalari
va shevalarida so‘zlashuvchi ayrim guruhlar turkiy tilda so‘zlasha
boshlaganlar. Eron tillari guruhidagi tillar zaminida fors-tojik tillari
vujudga kelganidek, turkiy tillar zaminida o‘zbek, turkman, qozoq,
qirg‘iz, uyg‘ur va boshqa turkiy tillar paydo bo‘ladi.
Eramizning boshlaridan VIII asrgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy
hayotda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar me’morlik, haykaltaroshlik va
tasviriy san’atda o‘z ifodasini topgan. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik
va me’morlikning ilk o‘rta asrlarga xos bo‘lgan jihatlari ko‘proq
o‘sha
davrda qurilgan turli qasrlar, saroylar, qal’alar, qo‘rg‘onjar,
ko‘shklar, ibodatxonalar, otashkadalar va ularni bezagan rasmlarda,
budda va nasroniylik ibodatxonalariga o‘rnatilgan haykallar va
37
Dostları ilə paylaş: