22
so‘raganlar. Uni o‘ldirganliklari uchun ularning gunohini kechirishni
iltijo qilib so‘raganlar.
Magiya (sehrgarlik, afsungarlik)
– insonga, hayvonga yoki
tabiat hodisalariga g‘ayri tabiiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish maq-
sadida bajariladigan xatti-harakatlar. Buyum va hodisalarning afso-
naviy kuchga ega ekanligiga ishonish baxt keltiruvchi yoki turli
xil balo-qazolardan saqlovchi har xil buyumlar va tilsimlarning
paydo bo‘lishiga, yaxshilik va yomonlikdan iborat turli irim-sirim
hamda harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Biror kishiga
qilinayotgan xatti-harakatda o‘sha shaxsga tegishli bo‘lgan nar-
salar (uning sochi, tirnog‘i, kiyimi) ustida afsun qilish, masalan,
kuydirish yoki boshqa irimlar (kinna) juda samarali natija beradi deb
hisoblaganlar. Odamlar quyoshning chiqishi, yomg‘irning yog‘ishiga
sehrgarlik yordamida ta’sir qilish mumkin, degan tasavvurga ega
bo‘lganlar.
Dostları ilə paylaş: