Web dasturlashga kirish


Operatsion tizim kengaytirilgan mashina va resurslarni boshqaruvchi sifatida



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə7/10
tarix26.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#161594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5. Web dasturlashga kirish

1.4. Operatsion tizim kengaytirilgan mashina va resurslarni boshqaruvchi sifatida
1.4.1.OT kengaytirilgan mashina sifatida.
Ko`pgina kompyuterlardan mashina tillari darajasida foydalanish ancha murakkabdir, ayniqsa bu kiritish – chiqarish masalalariga tegishlidir. M-n, yumshoh diskdan ma’lumotlar blokini o`hishni tashkil etish uchun dasturchiga 16 turli komandalardan foydalanishiga to`hri keladi, ularning har biri 13 ta parametrni aniqlashni talab qiladi, ya’ni masalan: diskdan blok tartib raqami, yo`ldagi sektor tartib raqami va h.k.lar. disk bilan bajariladigan amal tugallanishi bilan, kontroller, taxlil qilinishi kerak bo`lganxatolik mavjudligini va tiplarini ko`rsatuvchi 23 ta qiymatni qaytaradi. Kiritish va chiqarish masalalarini dasturlashni real xaqiqiy muammolariga chuqur e’tibor bermagan holda ham, dasturchilar orasida bu amallarni dasturlash bilan shug`ullanishni hohlovchilar topilishi dargumondir. Disk bilan ishlashda dasturchi – foydalanuvchiga, diskni har biri o`z nomiga ega bo`lgan fayllar to`plamidan iborat deb tasavvur qilish kifoyadir.
Fayl bilan ishlash, uni ochish, o`qish va yozish amallarini bajarish va faylni yopishdan iboratdir. M-n, bunda, chastotali modulyatsiyani mukammalashtirish yoki o`hiydigan mexanizm “golovka” lari holati, joyini o`zgarish kabi savollar foydalanuvchinibezovta qilishi kerak emas. Dasturchidan qurilmalar (apparatura) mohiyatini hammasini yashirib, unga ko`rsatilgan fayllarni qulay va sodda o`qish, yoki yozish, ko`rishni imkonini beradigan dastur – bu albatta OT dir. Xuddi shu kabi, OT dasturchilarni disk jamlamasi apparaturasidan ajratib, unga oddiy fayl interfeysini taqdim etadi, va bu holda OT uzilishlarni qayta ishlash, taymerni va operativ xotirani boshqarish va talay shu kabi quyi darajadagi muammolar bilan bog`liq yoqimsiz amallarni o`z zimmasiga oladi. Har bir holda, foydalanuvchi, real apparatura bilan ish ko`rish o`rniga muloqot uchun qulay va soddadir. Bu nuqtai nazardan, OT foydalanuvchiga ma’lum kengaytirilgan yoki virtual mashinani taqdim etadiki, uni dasturlash ham oson va u bilan ishlash soddadir, albatta bu real mashina takshil etadigan apparatura bilan bevosita ishlash qulay va yengildir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin