1. Operatsion tizimlar fanining mazmun va mohiyati 1.1. Operatsion tizim tushunchasi. Operatsion tizim (OT) – bu foydalanuvchiga qulay tarzda kompyuter qurilmalaridan foydalanish imkonini beruvchi dasturdir[1].
OT – kompyuterning apparat vositalarini boshqarishni, fayllar bilan ishlashni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, shuningdek amaliy dasturlar va utilitalarni bajarilishini ta’minlovchi kompyuter dasturlarining asos jamlanmasidir.
Yuqorida 2 ta ta’rifdan tashqari, foydalanuvchilar OTga qator tushunchalarni beradilar:
Bu tushunchalarni kengroq ko`rib chiqamiz.
OT virtual mashina sifatida.Shaxsiy kompyuter arxitekturasini amaliy dasturlardan foydalanish uchun mashina buyruqlari darajasida ishlatish juda noqulaydir. Masalan, diskdan ma’lumotni o`qishda, uning ichki qurilmalarini bilishni talab etadi – diskni aylantirish buyrug`ini kiritish kontrolleri, yo`lakchalarni qidirish va formatlash, sektorlarni o`qish va yozish va sh.k.
Foydalanuvchi bilishi shart bo`lmagan bunday ortiqcha harakatlarning bajarilishini yashirish uchun nisbatan oddiy va yuqori darajali mavhumlik evaziga foydalanuvchi va kompyuter o`rtasidagi interfeysni ta’minlash talab etiladi. Masalan, diskdagi ma’lumotni o`qish yoki yozish uchun ochish, so`ngra yopish.
OT resurslarni boshqarish tizimi.Agar bitta kompyuterda ishlayotgan bir necha dasturlar bir vaqtning o`zida ma’lumotlarni chop qilish uchun printerga uzatsa, u holda qatorlar va sahifalar qorishib ketadi. OT bunday chalkashlikni bartaraf etishi uchun chop qilishga navbat tashkil qilishi lozim. Shu kabi muhim muammolardan biri – ko`p foydalanuvchili kompyuterlar uchun resurslarni boshqarish muammosidir.
Shunday qilib, OT resurslar menejeri sifatida har xil dasturlar o`rtasida protsessorlarni, xotiralarni va boshqa resurslarni tartiblab va nazorat qilib taqsimlashni amalga oshiradi.