OT foydalanuvchi va dasturlar himoyachisi. Agar bitta kompyuterda bir nechta foydalanuvchilarni ishlashi ta’minlanishi lozim bo`lsa, u holda ularning faoliyati xavfsizligini tashkil etish muammosi yuzaga keladi. Demak, quyidagilarni ta’minlash kerak:
diskda ma’lumotlarni saqlash, boshqa foydalanuvchilar tomonidan fayllarni zararlanishidan va o`chirilishidan himoyalash;
biror foydalanuvchilar dasturlarinig boshqa foydalanuvchilar dasturlari ishiga aralashishiga yo`l qo`ymaslik;
hisoblash tizimidan ruxsatsiz foydalanishlariga yo`l qo`ymaslik.
Bu masalalar foydalanuvchilar va dasturlarning xavfsiz ishlashini tashkil qilish uchun OT tarkibiga kiritilgan.
OT doimiy ishlaydigan yadro.OT bir nechta amaliy dasturlar bilan o`zaro aloqada bo`ladigan kompyuterda doimiy ishlaydigan dastur sifaqida qarasak bo`ladi. Ma’lumki, bunday tushuncha qisman haqiqatga yaqin, ya’ni, ko`pgina zamonaviy OTlarda kompyuterda OTning bir qismi – yadrosi ishlaydi.
1.2. Kompyuter tizimlarining sinflanishi. Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun, mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur. hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, ko`p uchraydigan amallarni (operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik ulardan dasturiy ta’minotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda, birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun, keyinchalik matematik amal va funktsiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi. Keyinchalik, rivojlanish yuqori darajadagi translyatorlarni yaratilishiga olib keldi, ya’ni operatorlar o`rniga zaruriy funksiyalarni chaqiriqlarni qo`yish imkoniyati kelib chiqdi. Kutubxonalar soni oshib bordi. Natijada, amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilaridan tizim arxitekturasini mukammal bilish talab qilinmay qoldi. Ular, dasturiy tizimga mos chaqiriqlar bilan murojaat va ulardan kerakli servis va funktsiyalarni olish imkoniga ega bo`ldilar. Bu dasturiy tizim OT dir.
Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.
Kiritish va chiqarish tizimi, Tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta’minlaydi.
OT kutubxonalarida bu funksiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo`shmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. KCh tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko`p bo`lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni ta’minlash talab qilinadi. Ba’zi KCh dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan mustahildir, ularni KCh ko`pgina qurilmalariga, qo`llash mumkin.
Fayl – bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlar majmuasi ko`rinishida tashkil etilgan ma’lumotlar to`plamidir.
Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko`rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki boshqa ma’lumot jamlanmasida tashkil qilish usulini belgilaydi.
Barcha zamonaviy OT lar o`z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat ko`pchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini yechadi.