Programmalarni avtomatik ishga tushirish Biror-bir dastur yoki hujjatning ishlashini tezlashtirish uchun uning yorlig`ini Avtozagruzka papkasiga joylab, keyin Windowsni ishga tushirish kerak. Agar siz dasturni Provodnik orqali ishga tushirishni xohlasangiz, kerakli dasturni toping va o`ng tugma bilan aktivlashtiring. Windowsni yuklash paytida uning oynasida shu dastur avtomatik paydo bo`ladi. Bu dasturlar tez-tez ishlatilib turiladigan bo`lsa, shu usul bilan uni ishlatishga qulaylik yaratiladi.
- Yorliqni Avtozagruzka papkasiga surib o`tkazing va sichqoncha tugmasini qo`yib yuboring. Dastur Avtozagruzka menysiga joylashadi va har gal Windowsni yuklash paytingizda shu dastur ham ishga tushadi.
- Dasturlarga kirishni tezlashtirish - dastur belgisining Moy kompyuter papkasidan yoki Provodnikdan Pusk tugmasidagi asosiy menyga surib o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Shunda asosiy meny tarkibiga u dasturni ishga tushirish uchun qo`shimcha buyrug` kiritiladi.
- Dasturni joylashtirish uchun Programmi menysidagi ixtiyoriy dasturni tanlab ochish mumkin, undan tashqari, bu menyda yangi papka hosil qilish mumkin.
- Biror dasturga kirishni mumkin qadar tezlashtirish uchun uning yorlig`ini ish stoliga joylashtirish kerak.
Kompyuter ishlash tezligini yaxshilash Standartlar - Xizmatchi dasturlar menysi tarkibida diskni siqish Sjatiya diska [ Drive Space] dasturi mavjud. U dastur siqish hisobiga disk hajmini bir necha marta oshirish imkonini beradi. Diskni siqish dasturi ochilgandan so`ng oynada diskning dastlabki va siqilgandan so`nggi holatlari haqida axborot paydo bo`ladi
Fayllar bilan ishlash Windowsda fayllar bilan ishlash uchun Provodnik va Moy kompyuter oynalaridan foydalaniladi
Provodnikni ishga tushirish uchun Pusk tugmasi bosiladi, ochilgan menydan «Dasturlar» deb yozilgan satr tanlanadi va ochilgan qism menydan Provodnik degan nomda sichqoncha bir marta bosiladi.
Shift tugmasini bosib turgan holda Moy kompyuterning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosilsa ham Provodnikning oynasini ochish mumkin.
Provodnik oynasini ochishning yana bir usuli, Moy kompyuter belgisi ustida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst menydan Provodnik nomi tanlanadi.
Moy kompyuter oynasini ochish uchun uning belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.
Bu oynalarda sarlavha qismining tagidagi qator meny qatori hisoblanadi. Uning tagidagi qatorda esa «asboblar paneli» qatori joylashgan. Agar asboblar paneli ekranda ko`rinmasa, uni Vid (Ko`rinish) menysining Panel instrumentov (Asboblar paneli) buyrug`ini tanlash yo`li bilan ekranga chiqarish mumkin.
Boshqa qurilmani tanlash uchun oynadagi shu qurilma belgisi, boshqa papkaga o`tish uchun shu papka belgisi ustida sichqonchani ikki marta bosish kerak.