Windows operatsion tizimlari haqida umumiy ma’lumot windows


Fayllar guruhini ajratish



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə14/23
tarix13.03.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#87601
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
1WINDOWS OPERATSION TIZIMLARI

Fayllar guruhini ajratish
Papkadagi hamma fayllarni ajratish uchun Pravka (Tahrirlash) menysining Videlit vse (Hammasini ajratish) buyrug`ini tanlash kerak. Buning uchun Ctrl+A tugmalar birikmasini ham ishlatish mumkin.
Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini ajratish uchun, oldin birinchi fayl ajratiladi, keyin Shift tugmasini bosgan holda oxirgi fayl ajratiladi.
Alohida fayllarni ajratish uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda ayrim fayllarning nomlari ustida ketma-ket sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish
Ko`chirish va nusxa olish fayllar bilan ishlash vaqtida eng ko`p ishlatiladigan amallardir. Fayldan nusxa olish vaqtida asl nusxa eski joyida saqlanib qoladi va yangi joyga faylning nusxasi ko`chiriladi. Ko`chirish vaqtida esa asl nusxa joyidan o`chiriladi va ko`rsatilgan joyga uning nusxasi ko`chiriladi.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
– Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish;
– Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun «Buferga nusxasini ko`chirish» (Copy) asbobini, ko`chirish uchun esa Virezat/Cut-Buferga ko`chirish asbobini tanlash;
– Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash;
– «Asboblar paneli»dan «Buferdan olib qo`yish» (Paste) asbobini tanlash.
Fayl nusxasini olishning yoki ko`chirishning boshqa usullari ham bor.
– Fayl nomida sichqoncha bir marta bosiladi va Fayl menysining Otpravit- Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
– Fayl nomida sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menydan Otpravit-Jo`natish buyrug`i tanlanadi. Ochilgan qism menydan qayerga jo`natish kerakligi ko`rsatiladi.
– Faylni sichqoncha yordamida ham ko`chirish mumkin. Bu usul Drag and drop - surish va qo`yib yuborish deb nomlanadi. Buning uchun tanlab olingan fayl nomi ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va kerakli joyga suriladi, so`ngra sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
– Yuqoridagi usul bilan nusxa olish uchun surish vaqtida sichqonchaning o`ng tugmasi ham birga bosiladi. Tugmalarni qo`yib yuborgan vaqtda kontekst meny paydo bo`ladi. Menyning Kopirovat-Nusxa olish buyrug`i tanlanadi.

Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin