Windows menylari Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi meny bilan ishlashi mumkin:
– OS ning asosiy menysi;
– barcha obyektlarning kontekst menylari;
– dastur menylari;
– dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi menysi.
Meny - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir. Meny bandlari orasida buyrug`lardan tashqari qism menyga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan meny bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menysi misolida ko`rishimiz mumkin.
Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda ochiluvchi menydir.
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar meny bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism meny ochiladi;
– agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar meny bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar meny bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.