Windows ning ishlash shartlari Windows ikki xil ishlash rejimiga ega:
– Standart;
– 386 ga kengaytirilgan.
Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog`lik. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386 ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 8 Mbayt operativ xotira zarur.
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (Windowsning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
- Monitor (yaxshisi SVGA);
- Printer;
- Sichqoncha.
Sichqonchaning ishlatilishi
Amallarning ko`pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o`zi uchun tez va oson bo`lgan usulni tanlab oladi.Windowsda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o`ng tugmalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugma hisoblanadi. Odatda, bu chap tugma bo`ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o`ng tugmani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelida Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugma sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Kontekst meny chaqiriladi. Ushbu meny ajratilgan element uchun o`sha onda kerak bo`ladigan amallarni bajarishi mumkin. So`nggi paytlarda uchta: chap, o`rta va o`ng tugmali sichqonchalar keng tarqalmoqda. o`rta tugma mavjud oynani tepa yoki pastga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, ayni paytda uning ko`p amallari klavishalar yordamida ham ishlay oladi.
Windows ni chaqirish Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma'lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi: