Windows Server 2012 operatsion tizimini o’rnatish



Yüklə 0,89 Mb.
tarix18.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#99973

Windows operatsion tizimining oddiy va serverli sistemalarini kompyuterga o'rnatish.

Microsoft Windows mahsulotlarini o‘rnatishni davom ettiramiz. Bu maqolada har xil turdagi serverlar hosil qilish uchun mo‘ljallangan Microsoft Windows Server 2012 operatsion tizimini o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman. Dastlab, kompyuter xarakteristikalari biz o‘rnatmoqchi bo‘lgan operatsion tizim qo‘ygan talablarga javob beradimi, shuni tekshirib olamiz. Windows Server 2012(Standart edition 64x) tizimini o‘rnatish uchun, shaxsiy kompyuter yoki server, microsoft sayti tomonidan berilgan minimal xarakteristikalarga ega bo‘lishi kerak.

Qo‘yilgan talablar bajarilgandan so‘ng, Windows Server 2012 operatsion tizimi yozilgan diskni kompyuterga qo’yib, shu diskdan yuklanishni amalga oshiramiz.

Istalgan tugmani bosish orqali disk yuklanadi va ekranga quyidagi oyna chiqadi.

Bu oyna orqali operatsion tizim tili, vaqt va pul birligi, so‘ng klaviatura tilini ko‘rsatamiz va «Далее» tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng o‘rnatishni amalga oshirish uchun ruhsat beriladi.

O‘rnatilishga ruhsatni «Установить» yozuvini bosgan holda beramiz. Undan so‘ng, darhol «aktivatsiya» qilish uchun, 25 xonalik kalitni kiritish so‘raladi, bu kalit litsenziyali disk ustida yoki … bo‘lishi mumkin.

Bu kalit faqat o‘rnatish uchun, ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida «aktivatsiya» qilinadi. Kalit kiritilgandan so‘ng, Windows Server 2012 tizimining qaysi tipini o‘rnatish so‘raladi.

Agar yuqoridagisini tanlasangiz, o‘rnatilishdan so‘ng sizga buyruqlar yozish uchun oyna beradi, holos, hech qanday grafik rejim bo‘lmaydi(sinovdan o‘tgan). Siz va biz esa, grafika bilan ishlashga odatlanib qolganmiz, shuning uchun ikkinchisini tanlaymiz(Далее). Keyin, hamma dasturlarda bo‘lgani kabi litsenziya qoidalariga rozi bo‘lamiz(Далее).


lbaatta «для опытных пользователей» deganini tanlaymiz, biz axir kuchlimizku 
.Ikkinchisini tanlaymiz, 0 dan boshlab o‘rnatamiz. Shundan so‘ng, tizimni qayerga o‘rnatish kerakligini belgilaymiz.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kompyuterda bitta 40 Gb hajmga ega disk mavjud. Bu diskni biz ikkiga bo‘lamiz, uning uchun «Создать» tugmasini bosib, birinchi qism uchun joy ajratamiz, misol uchun 20 Gb.

Dastlabki ajratilgan joydan, tizim zaxira diski tayyorlab oladi(350 mb). Bu disk tizim yuklanishi uchun kerak. Qolgan qismi shundayligicha qoladi, qolgan qismni operatsion tizim orqali bo‘lamiz. «Далее«

Shundan so‘ng, fayllar ko‘chirilishi va o‘rnatilish boshlanadi, bu orada kompyuter o‘chib yonadi.

Kompyuter xarakteristikasiga qarab, 20-30 daqiqa davom etishi mumkin. Bu orada tok ketib qolishini oldini oling, aks holda shuncha qilgan ishingizni boshqatdan qilish kerak bo‘ladi. O‘rnatilish amalga oshgandan so‘ng, faqat «Администратор» foydalanuvchisiga parol kiritish talab qilinadi holos.

Parol qo‘yishda quyidagilar bo‘lishi kerak:


1. Katta kichik harflar.
2. Simvollar.
3. Raqamlar.
Ulardan biri bo‘lmasa, xato beradi.
Qolgan sozlashlar operatsion tizim orqali amalga oshiriladi, shu bilan Windows Server 2012 operatsion tizimi o‘rnatilishi yakunlandi.

 Etiboringiz uchun raxmat

Tayyorlovchi:Otajonov Shaxzod


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin