2.16. “exe” fayllarda nima uchun «Совместимость» bo’limi bor. Win XP OSni ishlab chiqargan Microsoft kompaniyasi oldingi OS largagina mo’ljallangan dasturlarni ishlashi uchun o’zi Win XP ga utilit dastur qilib joylashtirgan. Bu narsa ba’zida xali ham ancha qo’l kelyabdi. Shaxsan Win 95/98/ME/NT/2000 OSlaridan Win XPga o’tgan foydalanuvchilarning bir xil dasturlari ishlamay qoladi. Shunda dasturning “exe” faylining ustida konteks menyu ishga tushirilib «Свойства» bo’limi tanlanadi. Ochilgan oynadan «Совместимость» bo’limiga o’tiladi. Shu yerda «Запустить программу в режиме совместимости с:» ga galochkani qo’yib kerakli bo’lgan OS ni tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
Win XP ushbu dastur uchun xatto reyestrni ham tanlangan OS ga almashtiradi. Bu esa dasturning barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligini anglatadi.
«Совместимость» bo’limida yana dasturni ishlatishga oid boshqa parametrlarni ham o’z ichiga olgan. 640x480 ekran razresheniyasida dasturni ishga tushirish. 256 rangligina qilib dasturdan foydalanish va boshqa imkoniyatlar.
2.17. Paneli zadachdagi ochilgan dasturlarni gruppalash. Bu narsa Win XP da avtomatik tarzda ro’y beradi. Juda qulay, sababi bir xil dastur fayllarining bir nechtasi ochilib ishlatilayotgani paneldan boshqa dasturga otishga qiyinchilik to’g’dirishi mumkin. Misol uchun: Internet Explorerni ishlatayotganda juda saytlar yangi oynada ochiladi bu bir necha daqiqada 5-6 tadan ko’payishi turgan gap. Keyin ularni topish esa anchagina qiyin ish.
Gruppirovkani qancha bir xil dasturlarni ochilganidan keyin qilinishini boshqarish uchun yana reyestrga kiramiz.
Buning uchun Asosiy «Пуск» menyusidan «Выполнить» ni tanlab “regedit” ni ishga tushiramiz va ushbu mazilga o’tamiz:
HKEY_CURRENT_USER \Software \Microsoft \Windows \CurrentVersion \Explorer \Advanced
U yerda TaskbarGroupSize kalitini topasiz, agar u yerda bo’lmasa yangi DWORD kalitini o’zingiz xosil qiling (DWORD kalitini qanday xosil qilishni 11 betga qarang.) va albatta TaskbarGroupSize deb nomlang. Qiymatni esa aynan sizda dasturning nechta bir xil oynalari ochilganidan keyin gruppirovka ishga
tushishini raqamda yozing. Masalan 5 qiymatini bersangiz gruppirova 5 tadan keyin ishga tushadi.
Umuman bu funksiyani o’chirish yoki ishga tushirish uchun siz paneli zadachda kontekst menyuni bosing va «Свойства» bo’limini tanlang va u yerdan «Группировать сходные кнопки панели задач» galochkasini olib tashlang yoki ishga tushishi uchun galochkani qo’ying va OK tugmasini bosing.