1.
Word matn muharriri haqida tushuncha.
2.
Word matn muharririni ishga tushirish va uning oynasi.
3.
Oddiy matnlar ustida ishlash texnologiyasi.
4.
Jadvallar ustida ishlash texnologiyasi.
5.
Rasm-fayllarni chaqirib qo‘yish va ular ustida operatsiyalar bajarish.
6.
Maxsus buyruqlar. Ob’yekt programmalari.
Kalit so’zlar: Word matn muharriri haqida tushuncha, matnli hujjatlar,
jadvallar ustida ishlash, maxsus buyruqlar, dasturiy vositalar, Lyeksikon, WD,
PE2, windows muhiti, sarlavha satri, instrumyentlar panyeli, simvol, Microsoft
Equation.
Shaxsiy kompyuterda har bir foydalanuvchi turli hujjat va matnlarni tayyorlash
zarurati tug‘iladi. Bunda matnlarni tayyorlashda foydalanuvchi uchun ko‘pgina
qulaylik yaratiladi va hujjatlar sifati oshadi. Bunday qulayliklarni yaratib beruvchi
programmalarga matn muharirlari deb ataladi. Matn muharirlari matnlarni kiritish,
o‘zgartirish, ko‘chirish va bosmaga chiqarish kabi bir qancha imkoniyatlarga ega.
Bunday matn muharirlariga Lyeksikon, WD, PE2,
Word va boshqalarni misol
keltirish mumkin. Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani bu Word sistemasi bo‘lib
unda juda katta imkoniyatlar mavjud va u Windows muhitida ishlaydi.
Word matn muharriri haqida tushunchalar
Word matn muharriri Windows sistemasi muhitida ishlaydigan matn muharriri
bo‘lib, oddiy va murakkab strukturali matnli hujjatlarni tashkil qilish va chop etish
uchun xizmat qiladi. Word matn muharriri yordamida
har qanday hujjatni tez va
bosmaxona talabiga javob beradigan darajada tayyorlash mumkin. Word matn
muharriri matnlar ustida bajariladigan hamma operatsiyalarni
keraklicha bajarish
imkoniyatlariga ega bo‘lib, zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma
talabini o‘z ichiga oladi.