Word matn muharriri haqida tushuncha


Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix07.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#94551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-dars.

Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi. 
Word matn muharriri ekranda «Microsoft office» da «W» belgisi bilan 
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Uni ishga tushirish sichqoncha ko‘rsatkichini «W» belgisiga 
keltirib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish bilan bajariladi. So‘ng Word 
matn muharriri komp’yutyer xotirasiga yuklanadi va oddiy strukturali matnlarni 
kiritish uchun «Документ 1» nomli yangi fayl hosil qiladi. Agar siz murakkab 
strukturali hujjat (masalan xat, faks orqali jo‘natiladigan xat, hisobotlar va hakozo) 
tayyorlamoqchi bo‘lsangiz u holda «Файл» menyusidan «Создать» menyu ostini 
ishlatasiz. U yerda bir necha murakkab strukturali hujjatlar shabloni berilgan. Siz 
ulardan o‘zingizga kerak bo‘lgan strukturali hujjat shablonini tanlab, o‘zingizni 
hujjatingizni tez va yuqori darajada tayyorlaysiz. Tayyor bo‘lgan hujjat «Файл» 
menyusining «Сохранить» yoki «Сохранить как» komandalaridan biri 
yordamida saqlanadi. Word sizning hamma fayllarinigizga «.doc» nomli 
kengaytma nom qo‘shib saqlaydi. Ishni tamomlash uchun saqlab qo‘yilgan hujjat 
«Файл» menyusining «Закрыть» komandasi bilan yopiladi va «Выход» 
komandasi 
bosiladi. 


Word matn muhariri oynasining umumiy ko‘rinishi quyida keltirilgan. 
Oynaning eng yuqori satri, sarlavha satri bo‘lib, unda matn muharrirning belgisi 
va nomi ko‘rsatiladi. Shu satrning eng o‘ng qismida uchta kichik tugmacha 
ko‘rsatilgan bo‘lib, ular mos ravishda oynani ekrandan olish, oyna kattaligini ekran 
kattaligiga tenglashtirish va oynani yopish vazifalarini bajaradi. Oynaning ikkinchi 
satri WORDning asosiy menyular satri bo‘lib, har bir menyu o‘ziga xos 
funksiyalarni bajaradi. Oynaning keyingi ikki satrlarida instrumyentlar 
paneli joylashgan va ular bajaradigan funksiyasiga mos piktogrammali 
tugmachalarda berilgan. Ularning funksiyalarini bilib olish uchun sichqoncha 
ko‘rsatkichini piktogrammalar ustiga keltirish kifoya. Instrumyentlar panelidan 
keyingi satr lineyka dyeb ataladi va oynaning matn yoziladigan qismi satrlarini 
kengaytirish va qisqartirish uchun xizmat qiladi. 
Oynaning chetlarida matnni mos ravishda chapga, o‘nga, yuqoriga va pastga 
siljituvchi tugmachalar mavjud. Matnni chapga siljituvchi tugmachadan oldin 
joylashgan uch tugmacha (2-rasm) matn tasvirini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. 
Oynaning eng quyi satri xolatlar satri dyeb ataladi va kursorni o‘rni haqida 
axborot byerib turadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin