Word matn muharriri haqida tushuncha


Hujjat bo‘lagini izlash va almashtirish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix07.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#94551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-dars.

Hujjat bo‘lagini izlash va almashtirish. Hujjat bo‘lagini izlash yoki uni 
almashtirish uchun «Edit-Find» va «Edit-Replase» komandasi ishlatiladi. 
Ruslashtirilgan 
variantida 
«Правка-найти» 
va 
«Правка-заменить» 
komandalari ishlatiladi. Bu komandalar berilganda ekranda muloqot darchasi 
chiqadi. U joydan «Find What» maydoniga izlanayotgan bo‘lak yoziladi va «Find 
next» tugmachasi bosilib shu bo‘lak ketma-ket izlanadi. Almashtirish uchun esa 
«Find-What» maydoniga izlanadigan bo‘lak yoziladi. «Replace With» 


maydoniga yangi almashtirish uchun kerak bo‘lgan so‘z yoziladi. Oldin «Find-
Next» tugmachasi keyin «Replase» tugmachasi bosiladi. 
Komandani bekor qilish yoki orqaga qaytarish. Word matn muharririning 
o‘ziga xos imkoniyatlaridan biri bu kiritilgan operatsiyalar va komandalarni ish 
jaroyonida xotirada saqlab turishidir. 
Word prosessori o‘z xotirasida 100 ta ketma-ket berilgan operatsiyalarni 
saqlash imkoniga ega. Bu yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilashda juda foydalidir. Bu 
operasiyalarni orqaga qaytarish uchun Word muloqot oynasida «Стандарт» 
instrumentlar panelining o‘rta qismida joylashgan orqaga va oldinga qaytish 
ko‘rsatkichi 
belgisi 
chizilgan 
piktogrammalar 
yordamida 
bajariladi. 
Simvolni va abzasni formatlash. Ko‘p hollarda hujjatlar tayyorlashda uning 
chiroyli chiqishiga etibor beriladi, masalan hujjat sarlavhasi qalin shriftda, matni 
boshqa shriftda, punktlari esa boshqa bir shriftda, ayrim so‘zlar kursivli shriftda va 
hokazo bo‘lishi mumkin. Umuman hujjatni chiroyli chiqishi uchun qilinadigan 
ko‘pgina ishlarni formatlash asosida bajarish mumkin. Word matn muharriri ikki 
xil ko‘rinishdagi formatlashni qaraydi: 
-istalgan ketma-ketlikda simvollarni formatlash
-abzasli formatlash. 
Formatlash instrumentlar panelidagi «Автоформат» piktogrammasi 
yordamida yoki gorizontal menyudan «Формат-фон» (Формат-шрифт) yoki 
«Формат-параграф» (Формат-абзац) komandalari yordamida qilinishi 
mumkin. 
Formatlash uchun format qilinishi kyerak bo‘lgan bo‘lak oldin ajratiladi. 
So‘ng instrumyentlar panyelidan yoki «Формат» menyusi yordamida keraklicha 
format qilinadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin