World scientific research journal www.wsrjournal.com Volume-10_Issue-1_December 2022 348 kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini
o’qituvchi turli variantlarda berishi, Ba’zan esa sinfning tayyorgarligiga qarab
almashtirishi ham mumkin. O’qituvchi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham
ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan
qo’llanmalarni variatsiyalab, imkoni boricha ko’proq har xilliklar kiritishi, har bir
mashg’ulotning konkret vazifalarini hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash
maqsadida darslarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.
Mashg’ulotlarda
didaktik o’yinlar, ko’rgazmali materiallardan keng
foydalaniladi.
Bolalar mashg’ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi
talablarga rioya qilishi lozim :
1. Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olish.
2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
3. Bolalar faoliyatini o’zgartirib turishga,qiziqishga e’tibor qilish.
4. Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
5. Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va
ko’nikmalariga, ularning tayyorligiga e’tibor berish lozim. Ertaklar olamiga
sayohat,predmetlar nomlari, sanog’i o’rganiladi.
Maxsus terminlarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va
raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak.
«Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi. (qaysi raqam katta deyish
mumkin emas.)
Mashg’ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har
bir bolaning oldida tarqatma materiallar bilan bir qatorda signalli kartochkalar bo’lishi
tavsiya etiladi.
Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni
qoniqtirmasa ko’k kartochka ko’tarishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javobini diqqat bilan eshitishga harakat
qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan bolalarning test sinovlariga tayyorgarligi ham
hisobga olinishi
lozim.
0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish.
Raqam – sonning shartli belgisidir. Bolalarga sonni tushuntirishda raqam
qo’shimcha, yordamchi bosqichdir.
Bolalarni raqamlarni yozishga o’rgatilmaydi, faqat bocma ko’rinishi bilan
tanishtiriladi. Bolalar har bir raqam qaysi sonning belgisi ekanligini ajrata bilishlari
lozim.
Hammasi bo’lib 10 ta raqam bor: