World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-10_Issue-1_December 2022
346
BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI
KREATIV FIKRLASHGA O’RGATISH YUZASIDAN METODIK
TAVSIYALAR
Meliboyeva Nigoraxon Ne`matovna
O`zbekiston tumani 49-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Boshlang`ich ta‘lim umumiy o`rta ta‘limning asosiy poydevori, o`quvchilarning
kelajakda komil inson bo`lib voyaga yetishini ta‘minlovchi
muhim bosqich
hisoblanadi. Boshlang‘ich matematika kursi,bolalar tafakkuri
rivojlanishiga yordam
beradi.Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi,ikkinchi
tomondan,zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning
mantiqiy tuzilishlarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 6-10 yoshli bolalarning fikrlash qobiliyatlarini
shakllanishida mas‘ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan.Shu sababli
boshlang‘ich ta‘lim
metodikasining,xususan,matematikadan boshlang‘ich ta‘lim
metodikasining vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi
samaradorligini oshirishni ta‘minlashda o‘qitishni bolalarning
aqliy rivojlanishlariga
ta‘sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang‘ich ta‘lim-tarbiyaviy
vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin.Bu ilmiy
dunyoqarash,psixologiya,didaktika,matematikani o‘qitish nazariyasini (matematik
didaktikasini)o‘z ichiga oladi.Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi
yetarli
emas.O‘qitishning ma‘lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan
ta‘sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng samarali usullarni qo‘llay bilish
darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni
hal etishni bilishi zarur. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos
solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari
darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. Nazariy
bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan
turlituman metodik
masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi,shu bilan
birga,odatda,ular bir qiymatli yechimga ega emas.O‘qituvchi darsda yuzaga keladigan
metodik masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa
olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
MUNOZARA Matematika so‘zi grekcha «mathema» so‘zidan olingan bo‘lib, uning
ma‘nosi «fanlarni bilish» demakdir.Matematika fanining o‘rganadigan obyekti fazoviy
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Boshlang`ich sinflarda
matematika o`qitish quyidagi maqsadini o`z oldiga qo`yadi: a) o`quvchilar matematika
darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan
elementar masalalarni
yechishga tatbiq qila olishga o`rgatish, o`quvchilarda arifmetik amallar bajarish
malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun
maxsus tuzilgan amaliy