““ 2015 yil «Himoyaga ruxsat beraman» Kafedra mudiri


 Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari va



Yüklə 250,45 Kb.
səhifə23/36
tarix20.11.2023
ölçüsü250,45 Kb.
#162859
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Табиатдан фойдаланишнинг геоэкологик-hozir.org

2.4. Tabiatdan foydalanishning geoekologik tamoyillari va 

yo`nalishlari

Tabiiy resurslardan foydalanishning geoekologik asoslari hal qiluvchi axamiyatga 


ega. Bu borada ekologik muvozanat-ekologik vaziyat ekologik toza texnologiya va


mahsulot-ekologik tozalik va salomatlik tizimlarida ishlab chiqarishini tashkil qilish va 
amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan geoekologik asoslar geografik
tamoyillarga yaqin turadi yoki ularni to`ldiradi, ular bir-birlari bilan o`zaro bog’liqlik va 
aloqada rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy boyliklardan foydalanishda shunday ilmiy 
tamoyillarga asoslanish zarurki bunda tabiat ham, jamiyat xam aziyat chekmasligi lozim.
Biosferada tabiiy komponentlarni bir-birlari bilan o`zaro muvozanatda bo`lishi bilan birga, 
tirik tabiat bilan notirik tabiat o`rtasidagi o`zaro ekologik muvozanat tamoyiliga ko`ra har
bir tabiiy chegaralangan hududda ikki turdagi tabiat orasida shunday teng munosabat 
mavjud bo`ladiki, bunda ular bir-birlarini ma`lum muvozanatda bo`lishligini taqozo qiladi.
Lekin ulardan birini tashqi ta`sir natijasida buzilishi uzoq muddatli (bir necha yuz asrli) 
muvozanati ishdan chiqishiga olib keladi. Ushbu buzulishning parametrlari asosida sodir
bo`lgan hodisa boshqa bir necha hodisalarni tarkib topishiga ta`siri bilan belgilanadi 
(sabab –oqibatlar zanjirini bir-birlari bilan tutashib ketishi). ekologik muvozanat juda ham
mo`rt bo`lib, ko`p hollarda landshaftlarning suv maromi, o`simlik olamini qashshoqlanishi, 
tuproq qoplamini buzilishi bilan bog’liq (Orolbo`yi, Balxashbo`yi va boshq.).
Inson mehnat faoliyatini ekologik jihatdan tozalik tamoyili muammolar echimida 
amaliy ahamiyatga ega. Bu tamoyil ishlab chiqarish jarayonida va kundalik turmushda
vujudga kelgan turli qattiq: suyuq va gazsimon chiqindilarni atmosfera va suv xavzalari, 
tuproqqa chiqarishdan oldin ularni obdon tozalab, butunlay zararsizlantirilganidan so`ng
tabiiy muhitga chiqarish zarurligini asoslaydi. Mazkur tamoyilni amaliyotda tadbiq etilishi 



55


atrof-muhit ifloslanishini to`xtatish va uni barqaror tozalanishida eng samarali hisoblanadi.
Bizningcha, avvaliga qisman, keyinchalik vaqt mobaynida to`liq amal qilishga 
bosqichma-bosqich o`tish bilan tabiiy muhitni tozalanishiga erishish mumkin bo`ladi.
Tabiat resurslaridan me`yoriga yarasha foydalanish tamoyilini oldingi tamoyil bilan 
birgalikda qo`llanilishi maqsadga muvofiq, chunki ular bir-birlarini taqozo etadi. Tabiat va
uning resurslari cheksiz emas, ular o`z o`lchamiga ega. Ularni ifloslanishi esa foydalanish 
jarayonini murakkablashtiradi, su`niy taqchilliklarga sabab bo`ladi. Binobarin, tabiiy
boyliklardan ehtiyoj va me`yoriga katta e`tibor bergan holda foydalanishni tashkil etish 
ayni muddao. Bu borada tiklanadigan, tiklanmaydigan, ikkilamchi resurslarni barcha
o`lchamlarini hisobga olgan holda me`yoriy foydalanishga amal qilish tamoyili barcha 
turdagi ishlab chiqarish jarayonida va insonni kundalik turmushida qo`llanilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonining majmualigi va bu borada tadbir- larni ekologik 
jihatdan asoslanganlik tamoyili ishlab chiqarishni atrof- muhitga salbiy ta`sirini iloji
boricha kamaytirishga, muhitning tozala- nishiga, aholining turli kasalliklarga mubtalo 
bo`lmasligiga ijobiy ta`sir etadi. Tabiiy resurslarda foydalanish chog’ida barcha
texnologik jarayonlarni ekologik jihatdan atrof-muhitga ta`siri eng kichik ko`rsat- 
kichlarga qadar pasaytirilishi ekologik muammolarni echimini tezlashti- radi.
Ikkilamchi resurslarni majmuali to`liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish bilan 
ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag’darmalar va boshqalarni,
maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash bilan atrof muhitni 
ifloslanishini va yaylovlarni band bo`lishini oldi olinadi.

Yüklə 250,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin