REJA
1. Kirish
2.
Xo'jaliklar
bo'yicha
tuproq
agrokimyoviy,
agroiqlimiy ko'rsatkichlari.
3. Tuproq ekologik bahosi qishloq xo'jalik
ekinlariga
nisbatan tuproq sifat bahosi.
4. Sug'oriladigan maydonlar uchun tuproq indeksini
hisoblash
KIRISH
Har xil qishloq xo‘jaligi ekinlariga
nisbatan tuproqni ekologik
jihatdan baholash ishlari nisbatan murakkab bo‘lib, bu boradagi
ishlardan diqqatga sazovori L.L. Shishov, N.I. Karmanov va
boshqalarni ishlarini aytish mumkin.
Bular
tomonidan
ishlab
chiqilgan
usul
tuproq-ekologik
ko‘rsatkichlariga tayangan bo‘lib, yerlarni
ball bonitetlari shu asosda
hisoblab chiqariladi. Bunda haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar,
yaylov va boshqalarni kichik yer
maydonchasidan boshlab viloyat,
respublika miqyosigacha ball bonitetlarini aniqlash mumkin. Bu usulda
tuproqlarni baholash qator vazifalarni echimini topishga, tuproqlarni
baholashga yordam beradi.
KIRISH
1. Sug‘orish melioratsiyasi sohasida - sug‘orish
jarayonida
tuproqlarni bonitet ballarini o‘zgarishi, qo‘shimcha hosilni
hisoblash, u yoki bu o‘simlikni sug‘orish xududlarini aniqlashda
bu usulni ahamiyati katta.
2. Dehqonchilikni kimyolashtirishda
- jadal texnologiyani
birinchi navbatda kiritish mumkin bo‘lgan maydonlarni
aniqlashda, o‘g‘itlardan yana ham samaraliroq foydalanish
yo‘llarini aniqlashda qo‘l keladi.
3. Iqtisod sohasida - ishlab chiqarishni
yaxshilashni potentsial
manbalarini aniqlashda, pul bilan baholashda,
foydani qayta
taqsimlashda ham usulni ahamiyati katta bo‘ladi.
KIRISH
Tuproqni bu usulda baholash uni tabiiy xossa va xususiyatlariga
tayanganligi sababli uning unumdorlik darajasini baholashda keskin
farqlarga, ya’ni haqiqiy holidan keskin farq
qiluvchi kattaliklarga olib
kelmaydi.
Tuproqlarni bu usulda baholashni afzalliklaridan biri doimo qo‘llaniladigan
bonitirovkaga o‘xshaganligi bo‘lib, uni, ya’ni tuproqni tabiiy xossa va
xususiyatlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hammasini yaxshilab o‘rganish
o‘rniga hosil etishtirishdagi barcha texnologik jarayonlarni kuzatish va
nazorat qilish kifoya. Bu usulda tuproqni baholash o‘z ichiga 3 bo‘limni
qamrab oladi.
Xo‘jaliklar bo‘yicha tuproq-agrokimyoviy va agroiqlimiy ko‘rsatkichlarni
tayyorlash. Tuproq-ekologik baho. Har xil qishloq xo‘jalik ekinlariga
nisbatan tuproq bonitirovkasi. Bu usulda ma’lumotlarni to‘plash
5 ta shaklni
o‘z ichiga oladi.