1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda?



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1-Maruza (2)

Vazirlik nega Yevropa maktabiga ustuvorlik bermoqda? 
Bugungi kunda mazkur kredit oʻlchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish 
boʻyicha toʻrtta model keng tarqalgan. 
Bular Amerika qoʻshma Shtatlarining kredit tizimi (USCS); Yevropa 
mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining 
kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS). 
Ushbu modellarning ichida eng koʻp tarqalgani AqSh va Yevropa modellaridir. 
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatimiz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 
kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik 
qaratyapti. Shu bois uning afzal jihatlari, qulayliklari, yutuq va kamchiliklari haqida 
ham toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
Bolonya deklaratsiyasining eng muhim jihatlaridan biri oliy taʼlim 
muassasalarining yagona “kredit tizimi”dan foydalanish (ECTS)ga asoslanadi. 
Kredit yoki kredit birligi — oʻquv rejasida hisobga olingan har qanday oʻquv 
faoliyatining ­qiymat koʻrsatkichi hisoblanadi. 
ECTS tizimi Yevropa va umuman, Bolonya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari 
talabalariga katta afzalliklarni taqdim etadi. 
Masalan, talaba taʼlim olayotgan universitetida egallagan akademik bilimlarini 
shu tizimga aʼzo mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarida tan olinishini, yaʼni oʻziga 
xos “konvertatsiyasi”ni kafolatlaydi. Shu bilan birga, mazkur tizim aʼzolariga 
talabalarni boshqa OTMga oʻqishini tiklash, koʻchirish va tugatish imkoniyatini 
beradi. 
ECTS tizimi universitetlarga ham bir qator qulayliklarni taqdim etadi. 
Chunonchi, maʼlum bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar kesimida oʻquv 


jarayoni haqidagi axborotlarni aniq aks ettiruvchi oʻquv rejalarning oʻxshashligi 
hamda yagonaligini taʼminlaydi. Shuningdek, mutaxassislik darajasining tan 
olinishiga erishish maqsadida talabani qabul qiluvchi va joʻnatuvchi oliy oʻquv 
yurtlaridagi dasturlarning mazmunini oldindan kelishib olish imkonini beradi. 
Talabaning taʼlim olishi bilan bogʻliq barcha masalani hal etishdagi javobgarligi 
hamda mustaqilligi saqlanadi. Yevropa taʼlim tizimida oʻquv kurslari va barcha 
taʼlim jarayoni kreditlarda, Oʻzbekiston hamda MDhning boshqa mamlakatlarida 
esa akademik soatlarda hisoblanib kelinadi. 
ECTS tizimi boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi kredit tarkibini, har bir 
modul boʻyicha kreditlar sonini, qolaversa, har bir kurs va umuman, oʻqish davrini 
tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy 
miqdorini mustaqil belgilaydi. 
Amaldagi oʻqitish tartibidan farqli oʻlaroq, kredit tizimida majburiy fanlardan 
tashqari tanlov fanlari ham talabaning individual dars jadvaliga kiritiladi. Talabalar 
oʻqishdan haydalmaydi yoki kursdan-kursga qoldirilmaydi. qaysi fan (kurs)dan 
belgilangan kreditlarni toʻplay olmasa, faqat oʻsha fanning oʻzidan qayta imtihon 
topshiradi, xolos. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom esa belgilangan kreditlar 
toʻplagandan soʻng beriladi. 
ECTS tizimi boʻyicha talabalarning bir yilda toʻplashi lozim boʻlgan kredit 
miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻladi deb ­olsak, 
talaba har semestrda 30 kredit toʻplab borishi lozim. Bakalavriat dasturi 3-4 yillik 
boʻlsa, talaba bakalavr darajasini qoʻlga kiritishi uchun jami 180 — 240 kredit, 1-2 
yillik magistra­tura dasturini tugallashi uchun esa, 60 — 120 kredit toʻplashi 
majburiyat hisoblanadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin