tarqatishga qaratildi. Yaʼni oʻqituvchilar shunchaki axborotni qabul qiluvchi va
uzatuvchi subyekt edi, xolos.
Bunda talaba oʻquv jarayonining obyekti sifatida axborotni qabul qiluvchi
vazifasini bajarar, asosiy vaqtini auditoriyada maʼruza mashgʻulotlarini tinglashga
sarflar edi. Bugungi kunga kelib esa axborotlar olamidan bahramand boʻlishning
tezlashgani,
xalqaro
ilmiy-texnik
maʼlumotlar
bazalaridan foydalanish
imkoniyatlarining kengaygani, globallashuv jarayonlari jadallashgani bois
talabalarning mustaqil taʼlimini rivojlantirish masalasi kun tartibiga koʻtarildi.
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar oʻquv
rejalari esa mehnat bozori
talabi bilan bogʻlanmagan fanlar bilan toʻldirilar, asosan, professor-oʻqituvchini ish
bilan taʼminlash, unga auditoriya soatini chiqarib berish prinsipi nuqtayi nazaridan,
shuningdek, kafedra mudirlarining oʻzaro kelishgan holda fanlarni taqsimlash
asosida shakllantirilar edi.
Talabaga fanlarni hamda professor-oʻqituvchilarni tanlash u yoqda tursin,
zerikarli boʻlgan mashgʻulotlardan voz kechib, kutubxonada oʻqib-oʻrganishiga ham
imkon berilmas edi. Talabaning dars mashgʻulotlarini
qoldirishiga jiddiy talafot
sifatida qaralib, bir semestrda 30 soatdan oshsa ogohlantirish, 74 soatdan oshsa,
talabalik safidan chiqarishgacha borilardi. Talabaga ushbu fan va oʻqituvchi
yoqadimi-yoqmaydimi, berilayotgan bilimlar
almisoqdan qolib ketganmi-
ketmaganmi, auditoriyada oʻtirishi shart edi!
Xullas, anʼanaviy tizimda talaba kelajakda qanday bilimlarni egallashi,
qanaqangi professor-oʻqituvchilar dars berishi, yoʻnalish profili, fanlarning
qisqacha mazmuni boʻyicha hech qanday materiallar taqdim etilmasdi.
Vaholanki, rivojlangan xorijiy davlatlarning barcha OTMda taʼlim yoʻnalishi
va mutaxassisliklar toʻgʻrisidagi hamma maʼlumotlar, xususan, oʻquv rejasida aks
etgan fanlarning qisqacha sillabusi (fanning
identifikatsiyasi, professor-oʻqituvchi
haqida maʼlumot, dars tavsifi, fanning maqsadi, oʻrganish
natijalari, oʻqitish
metodikasi, fanning rejalari, adabiyotlar, baholash metodikasi), fanlar kesimida dars
mashgʻulotlarini olib boradigan professor-oʻqituvchilar hamda ularning erishgan
yutuqlari, mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan qisqacha talablar, yaʼni qanday
nazariy, amaliy bilim, koʻnikma va kasbiy malakaga ega boʻlishi bilan bogʻliq
maʼlumotlar universitetlarning rasmiy veb-saytida ochiq-oydin eʼlon
qilingan
boʻladi. Ayni paytda, ming afsuski, abituriyentlar universitetlarimiz saytlarida ushbu
maʼlumotlarni topishga qiynalishadi. Bu boʻyicha ham madaniyatni shakllantirish
vaqti esa allaqachon kelgan.
Dostları ilə paylaş: