attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy taʼtillar bilan hisoblaganda jami 204
haftani tashkil etmoqda. Barcha taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar oʻquv
rejalarida har bir
bosqichda fanlar ikki qismga, yaʼni asosiy va tanlov fanlariga
ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60
kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni toʻplash
majburiyatini yuklash
rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida maʼruza, amaliy hamda
laboratoriya mashgʻulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat,
mustaqil taʼlimga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim boʻladi.
Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni
tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30
soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik
auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot
uchun ajratilgan kredit
miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: