Psixologlarning fikricha (G. Asmolov, P. SHixerev, V. A. YAdov, P. NadiraShvilli va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo`lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o`zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo`ladi.
Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ruebga chiqarish sharoitida faolllik kursatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik sifatlarda ko`ramiz. Ya`ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o`zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo`ladigan hamda muloqotda ko`rinadigan sifatlar guruhida bo`linadi. Masalan, tashki muxit bilan faol munosabat perseptiv ximoya sifatlari, ya`ni o`ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo`lgan ijtimoiy ta`sirlardan ximoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba`zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari "ijtimoiy ta`sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik".