6 Adabiyot II qism 2017. p65


«MAHBUB UL-QULUB» ASARIDAN OLINGAN



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

«MAHBUB UL-QULUB» ASARIDAN OLINGAN
NAMUNALARNING NASRIY BAYONI
Hurmatli o‘quvchilar, guvohi bo‘lganingizdek, Alisher Na-
voiyning «Mahbub ul-qulub» asaridan keltirilgan ayrim namu-
nalarning o‘ziyoq buyuk mutafakkirning ham she’riy, ham nasriy
uslubda birdek yuksak asarlar yarata olish iqtidoriga ega bo‘l-
ganini ko‘rsatadi. Hikoya tarzining ravonligi, badiiy san’atlar
bilan bezalgani, fikr va qarashlarning aniq ifoda etilishi matn-
ning shavq bilan o‘qilishiga zamin yaratadi. Lekin Sizning bilim
va tajribalaringiz mazkur asardagi barcha so‘zlarni to‘liq anglash
uchun hozircha yetarli emas. Shundan kelib chiqib, asardan


3 7
olingan parchaning atoqli navoiyshunos olim Porso Shamsiyev
tomonidan tayyorlangan bugungi adabiy tilimizdagi matnini
e’tiboringizga havola etish foydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
T a n b i h (11)
Saxovat va himmat to‘g‘risida
Saxovat insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u da-
raxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj
urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gav-
haridir. Saxovatsiz odam yog‘insiz bahor bulutiga va hidi yo‘q
mushk-anbarga o‘xshaydi. Mevasiz daraxt ham bir-u, o‘tin ham
bir; yog‘insiz bulut ham bir-u, tutun ham bir. Saxovatsiz odam-
dan ichida gavhari bo‘lmagan sadafning farqi yo‘q; dursiz
sadaf bilan qurib qolgan toshbaqa chanog‘ining farqi yo‘q...
Saxiy bulutdir, xirmon-xirmon don hosili, balki xazina beradi;
baxil chumolidir, don-dun, mashoq teradi. Himmat ahlining
ixtisosi saxovatdir; bu ulug‘ sifat pokiza kishilarga xosdir.
Odam bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir; himmatlilardan
olam ahli uchun yuz ming sharaf va shukuh yetishadi. Himmat-
siz kishi er sonida emas; jonsiz badanni hech kim tirik demas.
Oliyhimmat odam balandparvoz lochindir; behimmat – sichqon
ovlovchi kalxatdir. Shunqorning maskani shohning bilagidir;
kalxatning joyi o‘limtikning sassiq badani va so‘ngagidir.
Arslonning maqsadi – ov qilib, och yirtqichlarni to‘yg‘az-
moq; sichqonning harakati – don o‘g‘irlab, tugun axtarmoq.
Himmat egasi qashshoq bo‘lsa ham tubanlik qilmas; himmatsiz
odam xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas. Chinor
daraxti bo‘sh qo‘lli bo‘lsa-da, uning yuksakligiga nuqson yet-
maydi; yer tagida yashirinib yotgan xazinaning tuproqqa foy-
dasi tegmaydi. Himmatli kishilarning darajasi yuksakdir; ammo
saxiylikning darajasi bir necha barobar yuksakdir.
Isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar
saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘
joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun


3 8
mol bermoq – o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini
«saxiy» demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa
ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Tilagandan so‘ng
berishlik ham saxovatdan yiroqdir, qistash natijasida bergandan
bermagan yaxshiroqdir. Bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini och
odamga berganni – saxiy deb, o‘zi yemay hammasini muhtoj
odamga berganni – axiy do‘st deb bil.
T a n b i h (12)
Yaxshiliklarni topmoq yedirmoqdir; ayblarni yashirmoq kiy-
dirmoqdir. Zarur vaqtida berilgan eski chopon va bo‘z to‘n saxo-
vat; bemahal hadya qilingan zarbof chopon yaramaslikdir. Ovqa-
tim uvol bo‘lmasin desang – yedir; libosim eskirmasin desang –
kiydir.
Saxovat qilish yo‘lini shu aytilgan gaplardan angla; ammo
oliyjanoblik va mardlik rasmlari bundan boshqachadir.
T a n b i h (18)

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin