6 Adabiyot II qism 2017. p65



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/73
tarix27.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#59825
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Adabiyot 2-qism 6-sinf

Savol va topshiriqlar


9 4
!
Zamonaviy o‘zbek nasrining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan
adiblarimizdan biri O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodi-
rovdir. U o‘z safdoshlari – Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil
Yoqubovlar bilan birga ustoz adiblar – G‘afur G‘ulom, Oybek,
Abdulla Qahhorlar qalamini yerga tushirmay, milliy adabiyotimiz
ravnaqini yana bir pog‘ona yuksaltirgan taniqli yozuvchi hisob-
lanadi.
Pirimqul Qodirov asarlarini nafaqat Markaziy Osiyo
davlatlari hududida, balki uzoq xorijiy mamlakatlarda
ham sevib mutolaa qiladilar, o‘qib o‘rganadilar.
Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo‘jand
viloyati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida cho‘pon oilasida
dunyoga kelgan.
Kolxozlashtirish (1930–1933-yillar) davrida ko‘pchilik qatori
uning otasi – o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi. Bu
voqea ko‘p bolali oilaning kundalik tirikchiligigagina emas,
farzandlarning keyingi taqdiriga ham og‘ir ko‘lankalar soladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘spirin Pirimqul kolxozdagi
mashaqqatli yumushlarni bajarishda kattalarga yelkadosh bo‘ldi,
Pirimqul QODIROV
(1928–2010)


9 5
!
bir parcha qora non topib yeyish qanchalar qiyinligini o‘z ko‘z-
lari bilan ko‘rdi.
Qishloq maktabida yaxshi o‘qigani, ilm-u ijodga chanqoqligi
tufayli izlab-izlab Toshkent davlat universitetini topib keldi va
uning sharqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1951-yilda bu
fakultetni muvaffaqiyatli bitirgach, bir muddat Til va adabiyot
institutida ishladi. P. Qodirov adabiy ijodning sir-u sinoatlarini
chuqur o‘rganish maqsadida Moskvadagi aspiranturaga kiradi va
1954-yilda ustozi Abdulla Qahhor asarlarining til va uslubiy
jihatlari tadqiq etilgan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin