Asadov, Mahkamov bilan 4 yil muddatga turar joy ijara shartnomasini tuzadi


II. Ijara shartnomasi bekor qilish asoslari?



Yüklə 272,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.01.2023
ölçüsü272,37 Kb.
#81873
1   2   3   4
Maftuna.

II. Ijara shartnomasi bekor qilish asoslari?
Uy- joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor
qilinadi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabiga binoan sud
tartibida bekor bo’lishi mumkin. O’zR FKning 615-moddasida ijara shartnomasini
bekor qilish belgilangan bo’lib, “Uy joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning
kelishuvi bilan bekor qilinadi. Uy joyni ijaraga oluvchi o’zi bilan birga doimiy
yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga ijaraga beruvchini uch oy
avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor
qilishga haqli” degan norma belgilangan.
Ya’ni, uy- joyni ijaraga berish shartnomasi ikkala tarafning roziligi bilan
bekor qilinadi. U taraflar tomonidan istalgan vaqtda sudga murojaat qilmasdan
amalga oshirilishi mumkin. Ijaraga oluvchi tomondan istalgan vaqtda, sudga
murojaatsiz ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligini nazarada tutadi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida
bekor bo’lishi mumkin. Uy joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun
asos bo’lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan
belgilab qo’yiladi.
Agar shartnomada muayyan vaziyatda shartnoma shartlarini bir taraflama
o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi shart mavjud bo’lsa, bu holda shunday
vaziyat yuz bergan taqdirda shartnoma shartlarini bir tomonlama o’zgartirilishi
yoki bekor qilinishiga yo’l qo’yiladi. Masalan, agar shartnoma bo’yicha to’lovlar
muntazam kechiktirilsa, mahsulot yetkazib beruvchi akreditiv orqali hisob-
kitoblar joriy etishga haqli deb belgilab qo’yilgan bo’lsa, bu holda amalda sotib
oluvchi tomonidan yetkazib berilgan tovarlar uchun to’lovni muntazam ravishda
kechiktirilishi mahsulot yetkazib beruvchi uchun shartnoma shartlarini bir
tomonlama o’zgartirilishiga asos bo’ladi yoki shartnomada muayyan muddat
ichida buyurtmachiga ximzat ko’rsatilmasligi shartnoma bekor qilishga asos
bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining Ijara tog’risidagi qonuning 13-moddasida ijara
shartnomasi shartlarini o’zgartirish, uni bekor qilish va to’xtatish asoslari belgilab
o’tilgan: “ Ijara shartnomasi shartlarining o’zgartilishiga, uning bekor qilinishiga
va to’xtalishiga tomonlarning kelishuvi bilan qo’yiladi.
Tomonlarning biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining
talabiga ko’ra ijara shartnomasi tegishli sudning qaror bilan bekor qilinishi
mumkin”.
Demak, ijara shartnomani bekor qilish har ikki taraflarning rozligi va
kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Bunda o’zi bilan birga doimiy yashayotgan
fuqarolarning roziligini olish kerak. Bundan ko’rinib turibdiki, fuqaro Mahkamov
turar joyni sotadigan bo’lsa, Asadovni roziligi bilan ijara shartnomani bekor qilish
kerak. Chunki muddatidan avval ya’ni 1 yarim yil o’tganidan so’ng, turar joyni
sotishga qaror qildi. Shartnomani muddatidan avval bekor qilishda Asadov bilan
kelishuv asosida amalga oshirish kerak.

Yüklə 272,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin