O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Ro‟yxatga olindi.
«
Tasdiqlayman»
№_______________
O‟quv ishlari bo‟yicha prorektor
2021 yil «___» _____
prof.A.Soleev _________
«___» ___________ 2021 yil
5A140205- “ATOM YADROSI VA ELEMENTAR
ZARRACHALAR FIZIKASI, TEZLASHTIRUVCHI TEXNIKA”
«
DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
VA AMALIY TATBIG‟I
»
FANIDAN O„QUV-USLUBIY
M A J M U A
Tuzuvchi:
dots.G.Axmedova
Kafedra mudiri:
dots.R.M.Eshbo‟riyev
SAMARQAND – 2021
1-Ma‟ruza (2soat)
Mavzu: Kirish.Radioaktivlik. Kirish. Dozimetriya fani va uning
vazifalari
Reja:
1.
Radioaktivlik hodisasi
2.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning ta‟siri
3.
Dozimetriya fanining yuzaga kelishi
4.
Dozimetrik asboblar , ularning ishlatilish maqsadlari va sohalari
5.
Bir kimyoviy elementning turg‟un bo‟lmagan izotopining o‟z-o‟zidan
elementar zarralar yoki yengil yadrolar
geliy yadrosi) chiqarib yemiriladi va
boshqa element izotopiga aylanishiga radioaktivlik deb aytiladi. Natijada
yemirilayotgan iztopning (yadroning) tarkibi yoki ichki energiyasi o‟zgaradi.
Bunday izotoplar radioaktiv izotoplar deyiladi. Radioaktivlikning
ochilishi bilan
yadrolar tarkibi va elementar zarralar xususiyatlarini o‟rganish boshlandi.
Tabiatdagi radioaktiv izotoplarda tabiiy holda kuzatiladigan radioaktivlik tabiiy
radioaktivlik deyiladi.
Turli xil yadroviy reaksiyalar yordamida xosil qilingan yadrolarning
radioaktivligi suniy radioaktivlik deyiladi. Tabiiy va suniy radioaktivlik orasida
prinspial farq yo‟q, chunki yadrolarning radioaktivlik xususiyati uning qanday yo‟l
bilan xosil qilinganligiga bog‟liq bo‟lmaydi. Radioaktivlik
yadroning ichki
xususiyati bo‟lib, har bir yadro o‟ziga xos yemirilish turi, intensivlikka ega.
Radioaktivlik xususiyati tashqi faktorlarga (Temperatura, bosim, elektr yoki
magnit maydoni) bog‟liq emas.
Radioaktivlik xodisasi birinchi marta Fransiyalik fizik Anri Bekkerl
tomonidan 1896-yilda ba‟zi elementlarning fluoressiyalanishini o‟rganish
vaqtida
kashf etilgan edi. Bekkerl uran elementining hamma birikmalari o‟zlaridan
noma‟lum nurlar chiqarishini payqadi. Bekkerl radioaktivlikning ochilishini
boshlab berdi. Radioaktivlik xodisasi kashf etilgandan so‟ng bir qator olimlar bu
xodisaga qiziqib, uni o‟rganishga kirishdilar. 1898-yilda P.Kyuri, M.Kyuri,
G.Shmidt va J.Bemonlar toriy, poloniy, radiy, aktiniy va boshqa elementlar ham
radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Shu
tariqa bir qator olimlar
tomonidan tabiiy radioaktiv izotoplar aniqlandi.
Tabietda uchta tabiiy radioaktiv oila mavjud bo‟lib, oila boshliqlari U
238
,
Th
232
, U
235
radionuklidlardir. Oila boshliqlarining yemirilishidan hosil bo‟ladigan
izotoplar (Th
234
, Pa
234
, U
234
, Th
230
, Ra
226
, Rn
222
, Pb
214
, Bi
214
, Po
210
, Po
218
, Pb
210
va
boshqalar) radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligi ko‟rsatildi. Oila boshliqlarining
yarim yemirilish davrlari
yil oralig‟ida. Ularning
yemirilishidan hosil bo‟lgan radionuklidlarning yarim yemirilish davrlari 0,3
mksek. (P
o
212
) dan
(U
234
) yilgachadir. Uran-238, Toriy-232, Uran-235
tabiiy radioaktiv oilalarning yemirilish zanjiri qo‟rg‟oshinning
tegishlicha Pb
206
,
Pb
207
, Pb
208
turg‟un izotoplari hosil bo‟lishi bilan yakun topadi.
Bundan tashqari elementlar davriy sistemasidagi ko‟pgina kimyoviy
elementlarning tabiiy radioaktiv izotoplari (K
40
, Rb
87
, Lu
176
, In
115
, La
138
, Sm
153
va
boshqalar) mavjudligi aniqlandi. Hozirgi kunda tabiatda uchraydigan bunday
radioaktiv izotoplar soni 300 dan ortiq. Ularning yarim yemirilish davrlari katta
bo‟lib,
yilgachadir. Shuning
uchun ularning biosfera
umumiy radioaktivligiga qo‟shgan hissasi kichik. Yer qobig‟ida, atrof-muhitda
tarqalgan tabiiy radioaktiv izotoplar biosferadagi tabiiy radioaktiv nurlanishlar
manbai hisoblanadi. Har bir radioaktiv oila yemirilish qatoriga tegishli har bir
radioaktiv izotopning nuklonlari soni A=4n+C formula asosida aniqlanadi. Bu
formulada C har bir oila qatoridagi elementlar uchun bir xil qiymatga ega. Bunda
Uran-238 oilasi qatoridagi elementlar uchun C=2; Uran-235
oilasi qatoridagi
elementlar uchun C=3; Toriy-232 oilasi qatoridagi elementlar uchun C=0.
Formuladagi n-butun son bo‟lib, Uran-238 va Uran-235 oilalari uchun n>50; Toriy
oilasi uchun n>51. Masalan Toriy-232 oilasi qatoridagi birinchi element uchun
n=58, oxirgi element uchun Pb
208
uchun n=52. Radioaktivlik xususiyati atom
yadrosining ichki
xususiyati ekanligi aniqlandi, chunki nurlanish intensivligiga
tashqi harorat, bosim, elektr yoki magnit maydon ta‟sir etmaydi. Atom yadrosi
kashf etilgandan so‟ng, radioaktivlik yadroga tegishli jarayon ekanligi ma‟lum
bo‟ldi.