Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

4-Ma‟ruza. (2 soat) 
Mavzu: 
Ionlashtiruvchi zarralar flyurensi. Ionlashtiruvchi zarralar 
oqimining zichligi. 
Reja: 
1. Birlamchi va ikkilamchi ionlashish. 
2. Solishtirma ionlashish, o‟rtacha ionlashtirish ishi. 
3. Zarraning chopish uzunligi. 
4. Ionlashish zichligi. 
5. Ionizatsion energiya yo‟qotish. 
Oddiy sharoitda gazlarning o‟tkazuvchanligi past, umuman gazlar 
izolyatorlar hisoblanadi. Gazlarga zaryadlangan zarralar tushsa, zarralar 
gaz atomlari va molekulalari bilan ta‟sirlashadi va o‟z energiyasini gaz 
atomlarini ionlashtirishga va uyg‟otishga sarflaydi. Energiyani yutgan 
gaz atomlari elektron qobiqlardan bir yoki bir necha elektronlar ajralib 
chiqadi. Elektronini yo‟qotgan atomning o‟zi musbat zaryadlangan 
ionga aylanadi. Bunda ion va elektronlar hosil bo‟ladi, bu jarayon 
gazning birlamchi ionlashishi deyiladi. Zaryad tashuvchi ion va 
elektronlar hosil bo‟lishi bilan gazning o‟tkazuvchanligi ortadi. 


Birinchi ta‟sirlashishda atomdan urib chiqarilgan (ajralgan) elektron 
ham ma‟lum bir energiyaga ega bo‟ladi va atomlar bilan ta‟sirlashib 
(to‟qnashib) yana yangi ionlarni hosil qiladi. Bunday jarayon ikkilamchi 
ionlashish deyiladi.
Elektronlar moddadan o‟tganda modda atomlari bilan ko‟p marta 
to‟qnashib, o‟z energiyasini modda atomlarini ionlashtirishga sarflaydi. 
Bu esa ionlashish zichligini oshiradi. Energiyasini yo‟qotgan elektron 
erkin elektronga aylanadi, yoki biror neytral atomga “yopishib” oladi. 
Bunda manfiy zaryadlangan ion hosil bo‟ladi.
Elektronlarning moddaga qancha chuqurlikda ta‟sir qilishi ularning 
energiyasiga bog‟liq. Shunday qilib ionlashtiruvchi nurlanishlar 
moddadan o‟tganda energiyasi asosan moddani ionlashtirishga 
sarflanadi. Birlik masofada ionlashtiruvchi nurlanishning hosil qiladigan 
ionlar juftining soni solishtirma ionlashtirish deyiladi. Ionlashtiruvchi 
nurlanishning bir juft ion hosil qilish uchun sarflagan o‟rtacha energiyasi 
o‟rtacha ionlashtirish ishi deyiladi.
Zaryadlangan zarra o‟z harakatiga bog‟liq ravishda energiyasini 
yo‟qotadi. Zarraning harakati boshlangan joyidan qandaydir masofada 
uning tezligi modda atomi va molekulalarining issiqlik harakati tezligiga 
teng bo‟ladi. Zarraning harakati boshlangan joyidan uning ortiqcha 
energiyasining yo‟qotilishigacha o‟tgan masofasi chopish uzunligi 
deyiladi. 
Demak ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddaga ta‟siri moddani 
ionlashtirishga va atom hamda molekulalarning uyg‟onishiga olib 
keladi. 


Zaryadlangan zarralar suyuq moddalardan (kishi organizmini ham 
suyuq modda deyish mumkin) o‟tganda, ikkilamchi elektronlarning 
yo‟qotgan energiyasi atomlarni ionlashtirishga va uyg‟otishga deyarli 
teng taqsimlanadi. Xozirgi vaqtda ionlashtiruvchi nurlanishlarning 
biologik ta‟siri to‟liq ravishda modda atomlarini ionlashtirish orqali 
bo‟lishi aniqlangan. Nurlanishlar dozasini o‟lchaydigan usullar 
ionlashtiruvchi nurlanishlarning gazda (masalan havoda) hosil qilgan 
ionlashtirishini 
o‟lchashga 
asoslangan. 
Ionlashtirish 
tibbiyot 
radiologiyasida asosiy kattalik hisoblanadi. Tarkibi N
2
-75%, O
2
-23%, 
CO
2
-0,05%, Ar, Ne, Xe, Kr, H
2
O-1,85% gazlar aralashmasidan iborat 
bo‟lgan havo va kishi tanasining yumshoq moddasi kichik atom massali 
elementlardan iborat. Shuning uchun havo, suv, kishilarning atom 
massalari juda oz farq qiladi. Ionlashtiruvchi nurlarning havoning birlik 
massasida yutilishi suv va yumshoq moddalarning birlik massasida 
yutilishidek bo‟ladi. havoning ionlashish darajasini ionizatsion 
kamerada aniq o‟lchash mumkin. Hozirgi vaqtda kishi organizmining 
ayrim organlarining (buyrak, jigar, oshqozon va b.) ionlashishini 
o‟lchash mumkin bo‟lgan plastmassali va suyuq csentillyatorlar 
yaratilgan. 
𝛼-zarralar zichligi katta bo‟lgan ionlashishni xosil qiladi. Shuning 
uchun 
𝛼-zarralarning organizmga zararli (jaroxatlash) ta‟siri kuchli. 𝛽-
zarralar 
𝛼-zarralarga qaraganda zichligi kichik bo‟lgan ionlashishni xosil 
qiladi.
𝛾-nurlar organizm yutgan energiyasiga teng ionlashishni xosil 
qiladi.


Gamma va rentgen nurlarining o‟rtacha solishtirma ionlashtirishi 1 
mkm masofada 10 juft ionni, neytronlar esa 3000 juft ionni tashkil 
qiladi. 
Yadroviy nurlanishlarni o‟lchashga mo‟ljallangan gaz razryadli 
schyotchiklar zaryadli zarralar ta‟sirida gaz atom va molekulalarning 
ionlashishiga 
asoslangan. 
Bunday 
schyotchiklar 
chiqishida 
ionlashishdan vujudga keladigan ionizatsion tok xosil qiladigan elektr 
impulsi o‟lchanadi. 
Shunday qilib, zaryadlangan zarralar o‟z energiyasini asosan modda 
atomlarini ionlashtirishga sarflaydi. Shuning uchun bu jarayonda 
zarraning energiya yo‟qotishi ionizatsion energiya yo‟qotish deyiladi. 
Zarraning birlik uzunlikka teng bo‟lgan masofada yo‟qotgan energiyasi 
solishtirma ionizatsion yo‟qotish deyiladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin