3. Biznesni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlash.
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari xamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mexnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ xujjatlari tegishlicha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida xuquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu xujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, me’yoriy xujjatlarida nazarda tutilgan xollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini buzuvchi hatti harakatlari(qarorlari) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi ham mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud ulardagi mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zarar, boy berilgan foydani qo‘shgan xolda, shu organlar tomonidan qonuniy ravishda qoplanadi. Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni fakat sud organlari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi. Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mol-mulki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan hollar va tartibda olib qo‘yish bundan mustasnodir. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-xuquqiy negizni takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
-kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydi;
-kichik va xususiy tadbirkorliknp rivojlantirishning xududiy dasturlarini ishlab chiqadilar;
-kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda xududiy dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qo‘lay tadbirkorlik muxitini shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Dasturlarni moliyaviy ta’minlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari, xalqaro dasturlar bo‘yicha, xususiy va boshqa manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
-kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlash;
-ustav sarmoyasida ishtirok etish;
-maslaxat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan ko‘maklashish;
-infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish;
-olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish yo‘li hamda qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun hosil qilinadi.
Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini, shuningdek raqobatbardosh va eksportga muljallangan maxsulotlar ishlab chiqarish va shunday xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini barpo etish kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning ustuvor yunalishlari bo‘lib hisoblanadi. Kichik va xususiy Biznes faoliyatilarni barpo etishda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan asosiy fondlar qiymatining imtiyozli indeksatsiyasi qo‘llaniladi. Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari imoratni ijaraga olish yoki sotib olishda, savdo va xizmat ko‘rsatish soxasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda sotib olishda brinchi navbat huquqiga egadirlar. Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari zamonaviy uskuna va texnologiyalar olishga, texnoparklar, lizing Biznes faoliyatilari, biznes inkubatorlar, ishlab chiqarish- texnologiya markazlari va infrastrukturaning boshqa ob’ektlari tarmogini barpo etishga yordam berish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydilar, ixtisoslashgan ulgurji bozorlar, yarmarkalar barpo etish va tashkil etishda yordamlashadilar. Davlat boshqaruv organlari maxsulotlar xarid etish va etqazib berish, xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalarni tuzish vaqtida buyurtmalarni tanlov asosida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga taksimlab berishlari xam mumkin. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uz maxsulotlari va xizmatlarini, mavjud talab-extiyojlardan kelib chiqib erkin baxolarda realizatsiya qiladilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan, shu jumladan Qishloq joylarda faoliyat olib borayotgan yoki raqobatbardosh va eksportga muljallangan maxsulot ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun birmuncha nokulayrok sharoitlarni yuzaga keltiradigan uzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur sub’ektlardan keyingi 2 yil davomida ular davlat ro‘yxatidan o‘tkan paytdan amalga bo‘lgan qonun xujjatlariga muvofiq solik undiriladi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish chikimlariga muljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan 2 martadan ko‘proq oshib ketmaydigan mikdorda kullanishga haqlidir. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 3 yildan ko‘proq muddat davomida ishlatilib, amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan asosiy fondlar dastlabki qiymatining 50 foiziga kadarini xisobdan chiqarishga haqlidirlar. Kichik yoki xususiy Biznes faoliyati ishga tushgan paytdan e’tiboran 2 yil utgunga kadar uz faoliyatini tugatgan taqdirda Qo‘shimcha ravishda xisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy Biznes faoliyatining balans foydasi ko‘payishi xisobiga qaytariladi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlar berish maxsus fondlarning ixtisoslashtirilgan agentliklari tomonidan sugo‘rta polisi asosida amalga oshiradilar.
Kichik va xususiy tadbirkorlik Biznes faoliyatilariga imtiyozli kreditlarni berish kichik va xususiy tadbirkorlik qo‘llab-kuvvatlash Fondi (Biznes-fondi) tomonidan amalga oshiriladi. Respublika Davlat mulk kumitasi ushbu maqsad uchun xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarishdan tushgan tushumlar xisobidan 50 foiz mablaglarni Biznes- fondga utkazadi. Uz navbatida Biznes-fond kichik va xususiy tadbirkorlikni sugo‘rtalash buyicha himoya qilishni “Madad” sugo‘rta agentligi va boshqa maxsus agentliklarning tavsiyanomalariga asosan imtiyozli kreditlarni ajratadi. Mazkur ixtisoslashgan sugo‘rta agentliklari tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan xamda kreditlar koplanmaganligi uchun qarzdorni javobgarlikdan imtiyozli shartlarda sugo‘rta yo‘li bilan himoya qilish majburiyatini uz zimmasiga oladilar. Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga zarar etkazganligi uchun, shu jumladan boy berilgan foyda tarzida zarar etkazganligi uchun me’yoriy (qonun) xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bankdagi uz xisob varakalaridan uz mablaglarini olishni rad etishga haqli emaslar. Tadbirkor Biznes faoliyatining tashki iqtisodiy faoliyati. Biznes faoliyati qonunlarga muvofiq tashki iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Olingan valyuta Biznes faoliyatining valyuta balansi xisobiga utkaziladi va undan Biznes faoliyati mustaqil foydalanadi. Biznes faoliyatining valyuta tushumidan mazkur Biznes faoliyati uz valyuta xisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlangandan sung respublika va mahalliy byudjetlarga valyuta ajratmalari utkaziladi. Respublika va mahalliy byudjetlarga ajratmalar miqdori qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Biznes faoliyatining valyuta mablagini uzga yo‘l bilan tortib olish ta’kidlab utilgan qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarda kusatilganidek qat’iy man etiladi. Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport-import opreatsiyalaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek mazkur sub’ektlarning tashki iqtisodiy faoliyat soxasidagi dasturlarni va loyixalarni ruyobga chiqarishda katnashuviga oid tadbirlarni amalga oshiradilar, ularning xalkaro kurgazmalar va yarmarkalarda katnashishlariga yordam beradilar.