Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
109 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
*** 
Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – 
ehtirom ko‘rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim. 
*** 
Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal. 
Amir Temur 
*** 
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat 
Mirzo Ulug‘bek 
*** 
Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har 
bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, har Kim o‘zi istagan 
yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod 
bo‘ladilar. 
*** 
Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim. 
Abu Nasr Forobiy
*** 
Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o‘rnini egallab boradigan avlodlar 
zinadan zinagagina ko‘tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o‘zidan 
keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi 
avlodga etkazib beradi. 
Abu Rayxon Beruniy 
***
Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz 
kamon o‘qidir. 
*** 
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur. 
Az-Zamaxshariy 
*** 
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya 
hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma. 
Alisher Navoiy 
*** 
Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga 
tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to‘g‘risida qonun-qoida bo‘lmasa, 
mamlakat ishlari buziladi. 
Husayn Voiz Koshifiy. 
*** 
Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha 
foydalansang ham boylikdan farkli o‘laroq, baribir ko‘payib boraveradi. 
*** 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin