Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

3-savolning bayoni: 
Konfutsiychilik falsafiy g‗oya sifatida maydonga kelgan. Uning asoschisi Konfutsiy 
(Kun Tszi) mil. av. 551 yilda tug‗ilib, mil. av. 479 yilda vafot etgan. 
Konfutsiy otasidan erta ajrab, onasi qo‗lida tarbiyalanadi. Onasi ham ko‗p o‗tmay 
dunyodan o‗tadi. Konfutsiy ilm tahsilini olgach, 19 yoshida uylanadi. Birinchi marta u 
omborchi vazifasiga ishga tayinlanadi. U bir necha yillar davomida turli podshohlar qo‗l 
ostida ishlagandan keyin yoshlarga ta‘lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong 
haqidagi fikrlari, chuqur ma‘noli so‗zlari mamlakat bo‗ylab keng tarqaladi. Shundan 
so‗ng Konfutsiy huzuriga mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib 
kela boshlaydilar. U ilm istab keluvchilarga hech qachon rad javobini bermas edi. 
Konfutsiyning 3000 ga yaqin shogirdlari orasida 72 eng ko‗zga ko‗ringan izdoshlari 
orasida mamlakatning obro‗li xonadonlaridan bo‗lgan kishilar bilan bir qatorda 
kambag‗al, oddiy kishilar ham bo‗lgan. Konfutsiy maktabi qadimgi Xitoyda asta-sekin 
katta ta‘sir doirasiga ega bo‗lib bordi. Uning ko‗plab shogirdlari qadimgi Xitoy 
podshohliklarida e‘tiborli mansablarni egalladilar. Konfutsiy yoshlar tarbiyachisi va 
ustozi sifatida keng shuxrat qozonib, ilk Xitoy ma‘rifatparvari nomiga sazovor bo‗lgan 
bo‗lsa, u tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga oshirilishida buning aksi bo‗ldi. 
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar o‗rtasidagi o‗zaro 
ziddiyatlar, qadimgi ma‘naviy an‘ana va qadriyatlardan uzoqlashish – bularning hammasi 
Konfutsiyning keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga kelishiga turtki bo‗ldi. U mavjud 
muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish lozimligini anglab etdi. Biroq u 
o‗z fikrlarining jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun hamma e‘tirof qilgan 
obro‗ga ega bo‗lish kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro‗ni uzoq o‗tmishning yarim 
afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir necha asr o‗tgach, uning ta‘limoti 
xalq hayotining ajralmas bir qismiga aylandi. 
Konfutsiychilikning yoyilishi sekin kechdi. Konfutsiy zamondoshlari tomonidan tan 
olinmay vafot etdi. Uning shogirdlariga ham oson bo‗lmadi. Garchi konfutsiychilar o‗z 
ta‘limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog‗liq urf-odatlar, marosimlar, axloqiy 
me‘yorlar asosiga qurgan bo‗lsalar-da, ular mazkur aqidalar orasida o‗z munosabatlari, 


qolaversa, har bir masala yuzasidan o‗z xulosalarini ham berib bayon qilar edilar. Mana 
shu narsa konfutsiychilikning muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‗ldi. Undan tashqari 
uning muvaffaqiyatiga sabab bo‗lgan omillardan yana biri konfutsiychilarning o‗zlari 
foydalangan 
qadimgi 
kitoblar, 
she‘rlar, 
risolalarni 
yig‗ib 
o‗quvchilariga 
o‗rgatganliklaridir. Bu ishning asosiy qismi Konfutsiyning o‗zi tomonidan bajarilgan edi. 
U turli podshohliklarda mavjud bo‗lgan uch mingdan ortiq qadimiy qo‗shiqlar, 
yozuvlarni jamlab, ularni qayta tahrir qilgan edi. Konfutsiy va uning shogirdlari 
tomonidan tahrir qilingan asarlar keyinchalik konfutsiychilikning asosiy manbalariga 
aylandi. 
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfutsiy ta‘limoti ancha keng tarqaldi va katta ta‘sir 
doirasiga ega bo‗ldi. Xan sulolasi davriga kelib (mil. av. III-II asrlar) konfutsiychilik 
davlat mafkurasi darajasiga ko‗tarildi. Xan podshohlari Konfutsiy ta‘limotlarini to‗liq 
qabul qilmagan bo‗lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab ulgurgan mavqeini e‘tirof 
qilgan holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar. 
Konfutsiy komil inson (tszyun-tszi) haqidagi g‗oyani yaratdi. Tszyun-tszi, ya‘ni 
yuksak ma‘naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga ega bo‗lishi kerak: insoniylik va 
mas‘uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va 
fidoiy bo‗lishi lozim. U buning uchun tinimsiz, o‗zini ayamasdan o‗z ishonchi, hukmdori, 
o‗z otasi va o‗zidan katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi 
zarur. 
Konfutsiychilikning ilk ko‗rinishida axloq masalasi birinchi o‗ringa qo‗yilgan, diniy 
e‘tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga konfutsiychilik ancha 
sovuqqon munosabatda bo‗lgan, ba‘zi o‗rinlarda ularni inkor qilgan. Konfutsiy ham o‗z 
vaqtida qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e‘tiqod masalasiga shubhali 
munosabatda bo‗lgan. «Lunyuy» (Konfutsiyning falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi, 
konfutsiychilikning asosiy manbasi)da keltirilishicha, Konfutsiy g‗ayritabiiy narsalar va 
ruhlar to‗g‗risida gapirishni yoqtirmagan. Biroq, qadimdan davom etib kelayotgan diniy 
qadriyatlar, urf-odatlarga Konfutsiy hurmat bilan munosabatda bo‗lgan. 
Konfutsiyning yana bir ta‘limoti – «Syao» bo‗lib, u inson o‗z ota-onasiga munosib 
bo‗lishi haqidagi g‗oyani o‗zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun 
Syaodan muhimroq narsa yo‗q. U: «Syao va Di (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga 
hurmati) insoniylikning asosidir» degan. Syao ta‘limotining «Li qonunlari»ga ko‗ra, 
farzand ota-ona hayotlik chog‗ida mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan 
o‗tgunicha o‗ziga-o‗zi egalik qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand 
qanday ish bilan mashg‗ul bo‗lishidan qat‘i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi 
shart. Konfutsiychilikning Syao ta‘limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy 
normalariga katta ta‘sir o‗tkazib keldi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin