Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Ta‟limoti
. Jaynizm ta‘limotining asosiy g‗oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun 
umumiy bo‗lgan karmalar va nirvana haqidagi ta‘limot hisoblanadi. Nirvanaga erishgan 
inson qayta tug‗ilishdan ozod bo‗ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina erishishi 
mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta‘limotda tarkidunyochilikka alohida e‘tibor 
beriladi. Inson dunyoda o‗zining barcha ehtiroslaridan voz kechgach, o‗z nafsini tiyishi, 
o‗z-o‗zini engishi – yangi karma hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Natijada karmaning 
kuchi emirilib, uning ruhi kishanlardan ozod bo‗ladi. Kishining karmasi qanchalar 
zaiflashsa, uning ichki dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning to‗la ozod 
bo‗lgunigacha davom etadi. Va nihoyat, ruhning butunlay ozod bo‗lishi – nirvana holati 
yuz beradi. 
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma‘lum axloqiy qoidalarni 
bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan saqlash, yangi 
karmaning yuzaga kelishiga yo‗l qo‗ymaslik, borini ham asta-sekin yo‗q qilib 
yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh narsaga amal qilishi kerak: 
birinchisi – zarar etkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost so‗zlash (satya), uchinchisi – 
o‗g‗irlik qilmaslik (asteya), to‗rtinchisi – zino qilmaslik (braxmacharya), beshinchisi – 
ta‘magirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil 


qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin e‘tiqod va to‗g‗ri bilim tamoyillariga ham 
amal qilishi lozim. Ularning birinchisi jaynizm diniga e‘tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi 
– ruhning abadiy ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar 
uchun bir muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan. 
Jaynizm ta‘limoti borliqning ilohiyat tomonidan yaratilgani va uning borliq ustidan 
nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga ko‗ra, ruh – abadiy mavjudot, olam esa 
azaliydir. Ruh moddiy tanani engib o‗tib, abadiy hayotga etishi mumkin. Maxaviraning 
fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo‗lishidan qat‘i nazar, qandaydir 
darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun jaynizmda axinsa – zarar 
etkazmaslik qoidasiga ko‗proq e‘tibor beriladi, ya‘ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor 
etkazmaslik talab qilinadi. 
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynistlar mavjud. Ular, asosan, 
Hindistonning Rajputan, G‘ujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Madxya, Bxarat 
shtatlarida istiqomat qiladilar. 
Sikxizm
. Hozirda sikxizm diniga e‘tiqod qiluvchilarning soni 17 mln. atrofida 
bo‗lib, bu dinga bo‗lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qizikki, XV asr oxiri 
yoki XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxizm harakati XVII 
asrning ikkinchi yarmiga kelib o‗z e‘tiqod qiluvchilarini faol harbiy an‘analar bilan 
sug‗orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o‗ziga xos taraqqiyotning natijasi 
shu bo‗ldiki, o‗tgan asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos 
solgan kuchli davlatga aylandi. 
Sikxizm dini Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib, 
unga ergashganlar o‗zlarini sikxlar, ya‘ni shogirdlar deb atashgan. «Sikxizm» atamasi 
ham shu so‗zdan olingan. 
Nanakning vafotidan keyin uning ta‘limotini 9 ta guru rivojlantirganlar. Xususan, 
to‗qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol o‗ynagan. Ular yagona 
ta‘limotni targ‗ib qilgan yagona guruning 10 qiyofada namoyon bo‗ladi deb 
hisoblanganlar. 
Sikxizm talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir 
ilohiyatda mujassam bo‗ladi. U nirgun («sifatlardan xoli») va sagun («sifatlar egasi») deb 
talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo‗lib, bu holat har qanday sifatlardan xolidir. 
Biroq, inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o‗z xohishi bilan sagun holatiga 
o‗tadi. Sikxizm ta‘limotiga ko‗ra, iloh – Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi 
(Brahma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni o‗zida mujassam qiladi. U qudratli va 
hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan dunyo esa o‗zgaruvchan va foniydir. Iloh esa – 
abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. 
Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo‗lish, tug‗ilmaganlik, o‗lmaslik kabi unga berilgan 
sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga bo‗lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‗lini 
tutgan har bir inson Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Xudoga ibodat 
qilish, sikxizm ta‘limoti bo‗yicha, aslo dunyoviy hayotdan uzilishni, rohiblik yo‗lini 
tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to‗la mehnatni va oiladagi o‗z 
vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‗la amal qilish pirovard natijada 
tug‗ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi. 
Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‗lishi mumkin. 
Boshqa dinlar kabi sikxizm ham o‗zining muqaddas kitobiga ega. Uning muqaddas 
kitobi – Adigrantx («Boshlang‗ich kitob») bo‗lib, beshinchi guru Arjun (1581-1606) 
tomonidan tuzilgan. U shuningdek, Gururantx («Guru kitobi») yoki Grantxsahib 
(«Sohibning kitobi») nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki besh guruning


keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan, Kabirning, 
Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir 
necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob 
tilida yozilgan bo‗lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi 
hisoblanmish «Oltin Haram»da saqlanadi. 
Keyingi yillarda sikxizmda hinduizm odatlarini o‗zlashtirib olgan din vakillari bilan 
sof sikxlar orasida bo‗linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh namoyandalari tomonidan eng 
muqaddas joylarning ishg‗ol etilishi, 1926 yili Panjob siyosiy maydonida «Aqoliy Dal» 
harakatining yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat 
namoyandalari musulmonlar, hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib 
chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga bo‗linishi natijasida musulmonlar Panjobning 
Pokistonga tegishli qismiga, hinduiy va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli 
qismiga ko‗chib o‗tganlaridan keyin bu harakatning ta‘siri kuchaydi. 
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib chiqib, 
Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil etildi. Hozirgi 
kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 foizi istiqomat qiladi. 
XX asr 90-yillarining boshida sikx jamoasining soni 14 mln. kishiga teng edi. Ular 
Hindistondagi dinlarning kattaligi jihatidan to‗rtinchisi hioblanadi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin