Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Zardushtiylik
ta‟limoti
. Zardushtiylik ta‘limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda 
mavjud bo‗lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e‘tiqodlarga (Markaziy Osiyo 
qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta‘limotdir. U behuda qon 
to‗kuvchi qurbonliklar, harbiy to‗qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‗troq, 
osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‗ullanishga 
da‘vat etadi. 
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. 
Zardushtiylik dinida qo‗riq er ochib, uni bog‗u rog‗ga aylantirgan odam ilohiyot 
rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‗lar, ekinzorlarni, sug‗orish inshootlarini buzganlar 
katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni 
o‗rgatmoqchi bo‗ladi. Bunga ko‗ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi 
dunyodagi taqdiri ham bo‗lajak, har bir inson o‗lgandan so‗ng o‗zining bu dunyodagi 
qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko‗p bo‗lsa na xursandlik 
va na xafalik ko‗rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. 
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani 
turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug‗lik va qorong‗ulik, hayot va o‗lim o‗rtasida abadiy 
kurash davom etadi. Barcha yaxshilikrni Axura-Mazda va barcha yomonlikni 
Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon 
etib, ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. 
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‗zning sobitligi, 
amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, 
quyoshga qarab, uni olqishlab, sig‗inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy 
ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to‗rt unsur – suv, olov, er va havo 
ulug‗lanadi. 
Hozirgi kunda zardushtiylikka e‘tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular 
Hindistonning Mumbay (Bombey, G‘ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), 
Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avstraliya va Eronning 
(Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba‘zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron 
Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e‘tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. 
Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi institut faoliyat olib 
boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari 
madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi 
Tehronda o‗tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o‗tkazildi. 
Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U 
Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto 


Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti, diniy qarashlari, olam to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy 
madaniyatini o‗rganishda yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki 
ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og‗zaki tarzda uzatilib kelingan. 
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo‗laklari Turon va Eron 
zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan 
ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‗laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‗ila 
boshlangan. Bular Zardushtning o‗limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – 
«O‗rnatilgan, qat‘iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan. 
Avestoning Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini 
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn 
haqida keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida ma‘lumotlar bor. Hozir 
bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. 
U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo‗lida 12 nask chamasi qoldi» deb 
yozgan. 
Avestoni mo‗badlar avloddan-avlodga, og‗izdan-og‗izga olib o‗tib, asrlar osha 
saqlaganlar. Buning sababi mo‗badlar mag‗lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini 
harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur‘at etmaganlar. 
Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to‗plash 
boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-
273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma 
qismlari tartibga keltirilgan, so‗ng bu asosiy matn to‗ldirib borilgan. Avestoning ana shu 
to‗ldirilgan nusxasining ikki to‗liq qo‗lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda, 
zardushtiylarning madaniy markazi bo‗lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi – 
Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. 
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga 
ishonmay, uning ta‘limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo‗shni 
davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga 
erishadi. Ular Zardusht ta‘limotini qabul qiladilar. Natijada qo‗shni davlat bilan urush 
boshlanib, Vishtaspa g‗alaba qozonadi. Shundan so‗ng bu ta‘limot xalqlar o‗rtasida keng 
tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‗ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan 
Avesto kitobi o‗n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. 
Avestoning saqlanib qolgan to‗rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-
daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib 
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo‗lib, boblari 
fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma‘nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: 
birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani 
to‗g‗risida; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi – kasallik, o‗lim, azob-uqubatlar 
bo‗lmagan zamon haqida; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. 
haqida. 
Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e‘tiborli bo‗limi sanaladi. Yasna – 
yaz o‗zagidan bo‗lib, «sajda, topinch, namoz» ma‘nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan 
iborat bo‗lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o‗rniga qarab 
marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o‗qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat 
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o‗zi ijod qilgan targ‗ibot she‘rlari ham 
kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo‗lib, 17 ta hasini tashkil 
qiladi. Zardusht she‘rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Yasnaning 35-42-


halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu etti ha Haptanxati Yasna – «Etti bob Yasna» deb 
nomlangan.
Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir 
bob alohida karde deb atalib, ma‘budlar sha‘niga o‗qilgan duolar va ibodat ustida ularga 
murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat 
namozlari yig‗indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo‗shimcha hisoblanadi. 
To‗rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami 
bo‗lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning 
ma‘lum vazifalarini bajaruvchi ma‘budlar sha‘niga aytilgan madhiyalardan iborat. 
Avestoning bizgacha etib kelmagan kitoblaridan ba‘zi qismlari uning yig‗ma 
parchalar to‗plami «Xo‗rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exppatastan 
kitobidan mo‗badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos 
ma‘lumotlarga oid qismlari, Nipangastan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-
qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu 
kitobda saqlangan. 
Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil Dyuperron juda qimmatli 
ma‘lumotlar qoldirgan. Masalan, u 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi 
zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi 
o‗rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr 
etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta‘kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto 
G‘arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, 
atamalar aksariyat hollarda asliga to‗g‗ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam 
qolgan. 
Zartushtiylikni o‗rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta‘kidlash 
kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O‗zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etib, milliy 
qadriyatlar va ko‗p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o‗rni beqiyosdir. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin