deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so‗zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi.
Zardushtiylik yana «Behdin», ya‘ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug‗langan. Uning
ta‘limotiga ko‗ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so‗zi
oldiga ulug‗lash ma‘nosini anglatuvchi «Axura» qo‗shilib, zardushtiylikning ilohiyati –
Axura-Mazda nomi paydo bo‗lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
Zardusht
nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko‗rinishlarida ham
ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‗rtasida Zardushtning tarixda bo‗lgan yoki bo‗lmaganligi
borasida turli fikrlar mavjud. Ba‘zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy
shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil.avv. 1200-570
yillar
orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M.Boys
ta‘kidlashicha, u mil.avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy
Osiyo
hududida mavjud bo‗lgan ko‗pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va
e‘tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
Dostları ilə paylaş: