Karma
Karma
Карма
(Sanskr. «harakat, burch, faoliyat»)
hindlarning diniy ta‘limotlarida alohida
mistik kuch, insonni qayta dunyoga
kelishiga hal etuvchi ta‘sir ko‗rsatadigan
amallar to‗plami.
Dao
Dao
Дао
Daosizm dinidagi oliy ilohiyat
Sinto
Sinto
Синто
Yaponlar milliy dininig nomi
Amaterasu
Amaterasu
Аматэрасу
Sintoizmda Quyosh ilohasining nomi
Zardo‗sht
Zoroastr
Зороастр
mil. av.
VI-V asrlarda yashagan
ilohiyotchi, faylasuf, shoir, payg‗ambar.
Zardushtiylik dinining asoschisi.
Avesto
Avesta
Авеста
(qad. eron-pahlaviy. «o‗rnatilgan, qat‘iy
qilib belgilangan qonun-qoidalar»)
zardushtiylikning muqaddas kitobi.
Axriman
Axriman
Ахриман
zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyati
Axura Mazda
Axura Mazda
Ахурма
Мазда
zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik
ilohiyati.
Vishtaspa
Vishtaspa
Виштаспа
zardushtiylikni qabul qilib, uni
tarqalishida Zardushtga yaqindan yordam
bergan Baqtriya podshosi.
Mitra
Mitra
Митра
zardushtiylikdagi quyosh xudosi.
1-savolning bayoni:
Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dinidir. Bu
dinning nomi yahudiylarning yahudo qabilasi nomidan olingan. Mil.avv. XIII asrda
Yuqori Mesopotamiyada yashagan yahudiylar Falastinni bosib olganlar. Mana shu tarixiy
davrdan dastlabki yakka xudolik dinlaridan biri –
yahudiylik dinining shakllanish
jarayoni boshlanadi. Yahudiylik
dinining taraqqiyoti, uning bugungi ko‗rinishda shu
kungacha yetib kelish tarixi – yahudiy xalqining o‗z boshidan kechirgan og‗ir tarixiy
sinovlari bilan bevosita bog‗liqdir. Shu jihatdan olganda, yakka xudolikka asoslangan
yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir necha davrlarga bo‗linadi.
Xususan, bu dinning shakllanish davri – Falastin davri deb ataladi. Falastin bosib
olinganidan so‗ng yahudiylar o‗troqlik hayot tarziga o‗ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi
X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik tarixiy voqea yuz berdi. Ya‘ni tarixda
ular birinchi bor o‗z davlatlariga ega bo‗ldilar.
Birinchi bor mamlakatni birlashtirib, Isroil-Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs –
Dovuddir. Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo – yahudo qabilasining xudosi
Yahvega sig‗inadigan bo‗lganlar.
Shu tariqa, mil.avv. X asrdan boshlab yahudiylik dini
umumdavlat diniga aylangan. Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) mil.avv. X
asrda hashamatli Yahve ibodatxonasini qurdirgan.
Yahudiylik dinining Falastin davri hamda uning davlat diniga aylanishi –
yahudiylik dini tarixidagi birinchi va ikkinchi davrlar hisoblanadi.
Bu din tarixidagi uchinchi davr – asirlikdan keyingi yoki ikkinchi ibodatxona davri
deb ataladi. Bu davr yahudiylar tarixida quyidagi uchta yirik voqea bilan belgilanadi:
-
Miloddan avvalgi 621-yilda yahudiy podshosi Iosiy o‗tkazgan diniy islohot. Bu
islohot din ishlarini nihoyatda markazlashtirgan.
-
Mil.avv. 586-yilda Bobil podsholigi Ierusalim (Quddus) shahrini bosib olgan
hamda Ierusalim ibodatxonasi buzib tashlangan. Yahudiylarning ma‘lum qismi Bobilga
asir sifatida olib ketilgan. Bobil asirligi 50 yil davom etgan.
- Mil.avv. 538-yilda Bobildagi asirlar Eron davlati tomonidan «ozod» etilgan va
ular Falastinga qaytarilgan. Yahudiylar Ierusalim ibodatxonasini qayta tiklaganlar.
Mana shu davrda yahudiylik dini to‗la shakllangan – qat‘iy yakka xudolik qaror
topgan. Diniy ishlar qattiq markazlashtirilgan va muqaddas kitoblar qonunlashtirilgan.
Yahudiylar Bobildan
Falastinga qaytib kelgach, o‗zlarining mustaqil davlatiga ega
bo‗la olmaganlar. Endilikda Falastin Eronga tobe bo‗lib qolgan. Ayni shu davrdan
boshlab yahudiylar boshqa xalqlardan ajratila boshlangan. Miloddan avvalgi 446-yilda
Ierusalim devori qurila boshlangan. Yahudiylarning boshqa xalqlar bilan nikohga kirishi
man etilgan. Bunday qat‘iy talablarning zamirida yahudiylarni xalq sifatida saqlab qolish
maqsadi yotar edi. Miloddan avvalgi 63-yilda Rim imperiyasi Falastinni bosib oladi. Bu
voqea, o‗z navbatida, yahudiylik dini tarixida to‗rtinchi davr - diaspora (yahudiylarning
turli yurtlarga tarqab ketishi) davri boshlanishiga olib keladi. 1948-yilda Isroil davlati
tashkil topgach, yahudiylik dini davlat dini maqomini olgan.
Yahva Musoga Sino tog‗ida dastlab 10 vasiyat bitigini taqdim etgan. So‗ng unga
yahudiylik dinining boshqa muqaddas kitoblari ham yuborilgan.
Muso Yahvaning so‗zi - muqaddas kitoblar mazmunini yahudiylarga yoya
boshlagan. Shu tariqa Yahva yahudiy xalqini ikkinchi marta tanlagan. (Birinchi
marta
Ibrohim bilan ahdlashuv tuzgan, deb ta‘lim beradi, yahudiy ruhoniylari).
Bu dinning ham o‗z muqaddas kitoblari mavjud. Bular «Bibliya» (Qadimgi Ahd
qismi) va «Talmud» («O‗rganish») kitoblaridir. «Bibliya» ikki qismdan – ―Qadimgi
Ahd‖ va «Yangi Ahd» dan iborat. Bibliyaning «Yangi Ahd» qismi - xristianlik dinining
kitobi hisoblanadi. «Bibliya»ning yahudiylik dini kitobi hisoblanadigan qismi «Qadimgi
Ahd» deb ataladi.
«Qadimgi Ahd» (Ahd so‗zi — xudo bilan ahdlashuv, kelishuv degan ma‘nolarni
anglatadi) 39 kitobdan iborat. Ularning dastlabki beshtasi «Musoning besh kitobi» deb
ataladi va ular quyidagicha nomlanadi:
1) Borliq; 2) Chiqish; 3) Loviy; 4) Sonlar; 5) Ikkinchi qonun.
«Borliq» kitobi (Ibtido) - olamning va insonlarning xudo tomonidan yaratilganligi;
jannat, unda dastlabki odamlarning hayoti, ularning gunoh ishlari va shu tufayli jannatdan
haydalganlari; insoniyatning ko‗payishi
va qadimgi tarixi, butun dunyo suv toshqini,
undan Nuh oilasining qutulib qolishi; yahudiy xalqi urug‗ boshliqlari (Ibrohim, Ishoq,
Ya‘qub, Yusuf hayoti, yahudiylarning Misrga ko‗chib borishi haqidagi kitobdir.
«Chiqish» kitobi - yahudiy qonunshunosi Musoning hayoti va faoliyati, uning
yahudiylarni
Misr qulligidan ozod etishi, shuningdek, xudoning Musoga bergan 10
vasiyati haqidagi kitob. «Loviy» - oilaviy hayot haqidagi kitob. «Sonlar» kitobi -
qonunchilik va yahudiylarning Misrdan olib chiqib ketilgan davrdan to Falastinni bosib
olgunlariga qadar bo‗lgan tarixiga bag‗ishlangan. «Ikkinchi qonun» - diniy qonunlar
kitobidir. Bu besh kitob bitta nom bilan - «Tora» (Qonun) deb ham ataladi. U yahudiylik
diniy ta‘limotining asosi hisoblanadi.
«Qadimgi Ahd»ning ikkinchi va uchinchi qismlari «Payg‗ambarlar» va «Yozuvlar»
nomi bilan ma‘lum. Yahudiylikning ikkinchi kitobi «Talmud»dir («O‗rganish»).
Yahudiylik ta‘limotiga ko‗ra xudo butun olamning yaratuvchisi. Olamdagi barcha
narsalar,
hodisalar uning xohishi, irodasi bilan sodir bo‗ladi. Xudo dunyoni 6 kunda
yaratgan. Oltinchi kuni odam yaratilgan va unga Olam haqida qayg‗urish vazifasi
yuklatilgan.
Xudo Sino tog‗ida Muso payg‗ambaiga taqdim etgan 10 vasiyat quyidagilar haqida
edi:
- ajnabiy xudolarga sig‗inmaslik;