Guliston davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti


An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari



Yüklə 109,18 Kb.
səhifə5/10
tarix19.02.2023
ölçüsü109,18 Kb.
#84969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xudoynazarova Suxdiyona

An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari
1. Kirish.
- o’tgan materialni takrorlash
- dars maqsadini tushuntirish
- dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
2. Yangi mavzuni yoritish.
- yangi mavzuni kichik-kichik bo’lakchalarga bo’lib berish
- rang-barang misollar imkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish
- mavzudan cheklashmaslik
- materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish
- o’quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish
- teskari aloqani ta`minlash.
3. «Teta – poya» mashq.
Biror misol (yoki masalani) o’quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish.
4. Yo’naltirib turiluvchi mashq.
O’quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq.
O’quvchilar mashqni mustaqil holda o’qituvchi yordamisiz bajariladi.
6. O’quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish.
7. Yakunlash
Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o’quv maqsadlarini jamlash.
O’qitishning noan`anaviy modellari
Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
- hamkorlikda o’rganish modeli
- modellashtirish
- o’rganishning tadqiqot modeli.
Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib ularni boshqacha qilib markazda o’quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan xodisa va jarayonlarni
ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchilarni mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko’zda tutadigan metod.
O’rganishning tadqiqot modeli – o’quvchilarni muayyan muammoni echishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod. An`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o’qituvchi bo’lgan) metodalarning
AFZALLIKLARI

  • Ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.

  • O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.

KAMCHILIKLARI

  • O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.

  • O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.

  • O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.

  • Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmagaligi sababli, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin.

  • Mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi.

  • Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlarining

AFZALLIKLARI

  • O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.

  • O’z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.

  • Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.

  • O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.

  • Motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi.

  • O’tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.

  • Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.

  • O’z-o’zini baholashning o’sishi.

  • O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.

  • Mustaqil fikrlay oldaigan o’quvchiningshakllanishiga yordam berish.

  • Nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish.

  • Muammolar echish ko’nikmalarning shakllanishi.

KAMCHILIKLARI

  • Ko’p vaqt talab etilishi.

  • O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.

  • Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.

  • «Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababli «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.

O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
O’qitish jarayonidagi mavjud an`anaviy ta`lim bilan qurollangan ta`lim muassasalari endilikda o’z oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda. Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko’ra, o’quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy sxemasi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo’lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol ikrlashni hamda bilishni e`tiqodga, e`tiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta`minlay olmaydi. Maktab, kasb-hunar kollji va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining ilg’or tajribalari yoritilgan materiallarni o’rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma`lum bo’lishicha, ularning ko’pchiligi o’z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi o’qitish jarayonlarini qisman o’zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o’zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo’lmaydi. Haqiqatan ham, an`anaviy ta`lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan`anaviy ta`lim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o’rtasidagi farq aniq ko’zga tashlanadi.
An`anaviy ta`lim texnologiyalariga asoslangan ma`ruza, seminar, sinov darslarining ta`lim jarayonida tutgan o’rni va qimmatini kamaytirmagan holda, ularni hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llari ustida qayg’urish zarur.
Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e`tibor qaratilishi ko’zda tutiladi: Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va va demokratlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish.
1. Ta`lim jarayonini demokratlashtirish. O’quvchilarga tanlash huquqini berish.
2. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
3. O’quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
4. Ma`ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy ta`lim texnologiyasi elementlaridan foydalanish.
Bugungi ta`lim jarayoni pedagogning shaxsga bo’lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg’urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o’zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishi, ta`lim oluvchilarni to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag’batlantirishning usutnligi tufayli ko’zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo’lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo’llashda namoyon bo’lsa, ta`lim jarayonini demokratlashtirish esa o’qituvchi va o’quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta`lim jarayonida ta`lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o’z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni aqozo etadi. Noan`anaviy ta`lim jaaryonida o’quvchilar va o’qituvchilar munosabatining o’ziga xos jihati o’quvchilar mustaqilligi va o’quv faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, ta`lim olishda majburlash emas, balki o’quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi. Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an`anaviy ta`limda ko’zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o’qitishdan voz kechish va uning o’rniga:
- o’zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
-ta`lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o’quvchilar o’rtasida qiziqish uyg’otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- o’quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo’llovchi hamkorlikning paydo bo’lishi;
- muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo’llashni amalga oshirish muhim sanaladi.
Noan`anaviy ta`lim jarayonini tashkil etishda:
- o’rta saviyali o’quvchiga nisbatan mo’ljal olishdan voz kechish;
- o’quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish;
- ta`limda psixologik-pedagogik diagnostikani qo’llash orqali o’quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning xususiyatlarini aniqlash;
- o’quvchilar o’zlashtiradigan bilim, ko’nikma va malakalar dinamikasini tasavvur qilish;
- o’quvchi shaxsi rivojlanishining dasturiga tegishli o’zgartirishlar kiritish talab etiladi.

Yüklə 109,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin