Guliston davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisod fakulteti


Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 109,18 Kb.
səhifə7/10
tarix19.02.2023
ölçüsü109,18 Kb.
#84969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xudoynazarova Suxdiyona

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2. Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy usullarini qo’llash, o’qitish jarayonida yuqori natijalarga olib keladi. Ta’lim usullarini har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichikkichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu usullar qo’llanilganda ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
Interfaol usullarni qo’llash bo’yicha umumiy metodik tavsiyalar:
1. Ishlash uchun joyni tayyorlash. sinfxonasini shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtirokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun qulay joylashishlar zarur.
2. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo’lish.Barcha tinglovchilar har bir nuqtai nazarga sabrli bo’lib, so’z erkinligini hurmat qilishlari kerak.
3. Tinglovchilarning guruhlarga bo’linishiga jiddiy e’tibor berish.
4. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo’lishi kerak.
5. Tinglovchilarning mashg’ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko’maklashish.
6. Interfaol usullar asosida mashg’ulotlar o’tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko’p bo’lmasligi kerak. 4-6 kishidan iborat bo’lgan kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin.
Aqliy hujum” usuli-g’oyalarni ishlab chiqish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar. “Aqliy hujum” quyidagi qoidalar bo’yicha o’tkaziladi: -fikr hech qanday cheklanmagan holda, iloji boricha balandroq ovozda aytilishi lozim; -har qanday fikrni aytish mumkin, u qabul qilinadi; -g’oyalarga tushuntirish berilmaydi, ular vazifalarga bevosita bog’liq holda aytiladi; -takliflar berish
to’xtatilmaguncha, aytilgan g’oyalarni tanqid yoki muhokama qilishga yo’l qo’yilmaydi. Samarali aqliy hujum uchun bosqichlar: 1. Ishtirokchilarni majburiy bo’lmagan holda o’tkazing. 2.Fikrlarni bayon qilish uchun qog’oz va doskani tayyorlang. 3.Aqliy hujum ishtirokchilariga muammoni yetkazish kerak. 4. Ish tartibini aniqlang: a) fikrlar tashlanganda ularni baholamang b) doimiy fikrlash
ozodligi v) qancha aqlli fikr ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi g) “ushlang”, “tuting” boshqalarning fikrlarini rivojlantiring 5. Fikrlar to’g’risida surishtiring va tezda ularni yozing. 6.Qog’oz varag’i to’ldirilganda, uni muhokama uchun qo’ying. 7.O’z g’oyalaringizni qo’shib yangi g’oyani rag’batlantiring. 8.Boshqalar fikrini tanqid qilish yoki ustidan kulish kerak emas, kulgiga yo’l qo’ymang. Aqliy hujumning asosiy ko’rinishlaridan biri juftlikdagi aqliy hujumdir. Agar ish daliliy axborotga
bog’liq bo’lsa, unda ta’lim oluvchilarga dalillar ro’yxatini tuzish taklifi beriladi. Ikki daqiqadan so’ng individual ishdan keyin ular bir-birlari bilan muloqotda bo’lib muhokama qiladilar va o’zlarining ro’yxatlarini birlashtiradilar.
CHarxpalak” texnologiyasi-ushbu texnologiya ta’lim oluvchilarni o’tilgan barcha mavzularni yod olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berishga va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida ularni baholay olishga qaratilgan. O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biror-bir bo’limi tugallanganda o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash, yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun mo’ljallangan.
O’tkazish texnologiyasi: 1.Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo’lib olinadi (sharoitga qarab).
2.Mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtirish. 3.Guruh ishtirokchilari mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifani bajaradilar. 4.Har bir guruh ishtirokchisi o’zi ishlab chiqqan tarqatma materialning o’ng burchagiga guruh raqamini, chap burchagiga esa o’zining biror bir belgisini chizib qo’yishi kerak. 5.Vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga tarqatiladi. 6.Yangi guruh a’zolari berilgan materiallarni o’rganib, unga o’z o’zgartirishlarini kiritadilar. 7.Tuzatish, o’zgartirish kiritilgan materiallar yana bir marta boshqa guruhlarga uzatiladi (guruhlar soniga qarab).
8.Guruhlar materiallarni bir-birlari bilan oxirgi almashganlaridan so’ng har bir guruh ishtirokchisi o’zining birinchi to’ldirgan materialini (guruh raqami va o’zi qo’ygan belgi asosida) tanlab oladilar. 9.Har bir guruh ishtirokchisi tarqatma materialdagi o’zi belgilagan javoblarini boshqa guruh ishtirokchilari kiritgan tuzatishlari bilan taqqoslaydilar va tahlil qiladilar. 10.Ta’lim beruvchi tarqatma materialda berilgan vazifani o’qib, guruhlar bilan to’g’ri javobni belgilaydilar. 11.Har bir ishtirokchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblar o’rtasidagi farqni aniqlab, shunga mos ballni to’playdi va o’z-o’zini baholaydi.
Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/Bh/B)-biror matn yoki mavzuni interfaol o’qisho’zlashtirish usullaridan biri bo’lib, jadval ko’rinishida bajariladi va quyidagicha qo’llaniladi: ta’lim oluvchilarga biror mavzu e’lon qilinadi. Bu to’g’rida ularga ma’lum bo’lgan axborotlarni jadvalning “Bilaman” qismiga, mavzu bo’yicha yana qanday ma’lumotlarni bilishni xohlashsa, ularni jadvalning “Bilishni xohlayman” qismiga yozadilar. So’ngra, ularga mavzuga oid matn tarqatiladi. Ular
mikroguruhlar tarkibida matnni mustaqil o’zlashtirib, jadvalning “Bildim” qismini to’ldiradilar. Har bir guruh sardori tuzilgan jadvallarni taqdim qiladi. Jadvalning barcha qismlari taqqoslanadi.
FSMU” texnologiyasi –ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozarlar o’tkazishda yoki o’quv seminari yakunida, biror bir bo’lim o’rganilgandan so’ng qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni o’quv jarayonida
egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga ham tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi. F-fikringizni bayon eting,S-fikringiz bayoniga biror bir sabab ko’rsating, M-ko’rsatilgan sababni isbotlovchi misol keltiring, U-fikringizni umumlashtiring
Davra suhbati”-aniq ish tajribasini o’rganish, axborot almashish kabi faoliyatlarni o’tkazishda ko’maklashadi. Davra suhbatini ikki xil shaklda o’tkazish mumkin: 1) Yozma davra suhbati-o’zaro hamkorlikda muammo yoki g’oya-fikrlarni samarali usulinitopishning usuli. A’zolar ko’rilayotgan u yoki bu masala yuzasidan o’z g’oyasi yoki taklifini yozadi, so’ng yozilgan qog’ozni yonidagi a’zoga uzatadi. Navbatdagi a’zo berilgan g’oya yoki taklif yuzasidan mustaqil bilimi va qarashlariga asoslangan holda tushuncha va izohlarini qo’shimcha qiladi va navbatdagi a’zoga uzatadi. Har bir ishtirokchi fikrlarini o’zi tanlagan rangli qalam bilan yozadi. Bu har bir ishtirokchining suhbatda qatnashganlik darajasini yaqqol ko’rsatadi. Jarayon to barcha a’zolar o’rganilayotgan masala yuzasidan o’z bilim va munosabatlari asosida mustaqil fikr yoki savollari bilan ishtirok etib bo’lishlariga qadar davom ettiriladi. 2) Og’zaki davra suhbati-bu yuqorida ko’rsatilgan usulga o’xshash bo’lib, faqatgina og’zaki shaklda o’tkaziladi. Har bir ishtirokchi navbat bilan, undan oldin taklif etilgan fikrlarni qabul qilib olib, uni rivojlantiradi. “Taqdimot”. Taqdimotni muvaffaqiyatli amalga oshirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar: 1. Qaysi masala yuzasidan fikr yuritmoqchi bo’lsangiz, uni har jihatdan mukammal o’rganing. Uch aniq vazifani amalga oshirish asosida masala har jihatdan samarali yoritilishiga erishish mumkin. A) Yoritib beriladigan masalaning asosiy mazmun-mohiyati nimada? degan savolga javob topish. B) Yoritib beriladigan masala yuzasidan shaxsiy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda kalit so’zlari, tezislar, dalillarni ketma-ket tartibda belgilash. V) Taqdimot o’tkazilgandan so’ng, sizga nisbatan auditoriyaning munosabati qanday bo’lishi to’g’risida o’ziga xayolan savol bilan murojaat etish. 2. Masala yuzasidan yoritadigan materiallarni tizimlashtirish: kalit so’zlar, tezislar, dalillar uchun qisqa, aniq va lo’nda jumlalar tuzish. Har bir jumlani qo’llab quvvatlovchi uchta asosni tanlab, belgilab oling. -masalani har tomonlama yoritib berishga qalban ishonch uyg’otish; -nutq so’zini juda ham ma’nodor epigraf bilan boshlash; -masalani mazmun-mohiyatini ochib beruvchi, asoslangan ochiq so’zlarga ega bo’lish. 3. Tajribadan o’tkazish asosida puxta tayorgarlik ko’rish. Taqdimot materiallarini tizimlashtirib bo’lgandan so’ng, quyidagi jadvalni tayorgarlik ko’rish uchun ishlatish: Masala nomi. Ustuvor tamoyillar. Nuqtainazardan kelib chiqqan holda kalit so’zlar. Qo’llab-quvvatlovchi asoslar. Tarixiy manbalar. “Bumerang”. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan ta’lim oluvchi yoki ta’lim beruvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar-bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas. Yopiq savollar-bu savollar oldindan “ha” yoki “yo’q” tipidagi to’g’ri, ochiq javoblarni berishni ko’zda tutadi. Ko’ndalang so’roq-bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas.Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Sinkveyn” usuli-o’rganilayotgan materialni to’laqonli anglash uchun qo’llaniladi. Sinkveynfrantsuzcha besh qatorli o’ziga xos, qofiyasiz she’r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to’g’risidagi axborot yozilgan holda o’quv so’zi turli varintlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish qoidasi quyidagicha: -birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so’z, odatda ot so’z turkumi bilan ifodalanadi. (kim? nima?). –ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi. (qanday? qanaqa).-uchinchi qatorga mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so’z (fe’l) bilan ifodalanadi.- to’rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur anglatuvchi va to’rta so’zdan iborat bo’lganfikr yoziladi.- oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga o’xshash bo’lgan bitta so’z (sinonim) yoziladi.
Klaster” (g’uncha, bog’lam) usuli ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bu turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Klaster usuli aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatini bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.Usuldan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Bunda ilgpri surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyati yaratiladi.Klaster usulidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
-nimaniki o’ylagan bo’lsangiz shuni qog’ozga yozish;
-fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib borish;
-so’zlardagi imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermaslik;
-belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamaslik;
-agar ma’lum bir muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlash, bu harakatni yangi g’oya tug’ulguniga qadar davom ettirish;
-muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda g’oyalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qilish;
-g’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamaslik.
T”-chizma-ma’lum bir masalani ikki tomonlama taqqoslash asosida tahlil qilish usulidir.Juft (ijobiy/salbiy; ha/yo’q; rozi/qarshi kabi) javob yoki taqqoslashlarni qayd etuvchi serqirra yozma ishni tashkil etishda ko’maklashuvchi usuldir.
O’xshash jihatlar Farqli jihatlar
1. Geografiya fanini o’rgatishda quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/BH/B). Masalan,
1. Geografiyada Afrika mavzusi o’tilishi o’quvchilarga e’lon qilinadi.
2. O’quvchilar mavzu bo’yicha jadvalning birinchi (bilaman) va ikkinchi (bilishni xohlayman) deb nomlangan qismlarini to’ldiradilar.
3. So’ngra mavzuga oid material tarqatiladi.Tarqatma material o’zaro raqib guruhlar tomonidan o’qib o’rganilgandan keyin jadvalning uchinchi (bilib oldim) bandi to’ldiriladi.
4. Guruhlar tomonidan to’ldirilgan jadvallar o’zaro taqqoslanadi.
Bilaman bilishni xohlayman bilib oldim Afrika materigini tabiiy sharoiti
B/BH/B usulining afzalliklari:
1. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini beradi.
2. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SHuningdek, mavzuni o’zlashtirishda “FSMU” va “taqdimot” kabi usullardan foydalanish ham qo’l keladi.
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.( mavzu/mashg’ulotlar)da quyidagi usuldan foydalanish tavsiya etiladi: “Aqliy hujum”, “klaster” va “charxpalak” texnologiyasi.
Mavzuni o’zlashtirishda “klaster” usulidan unumli foydalanishimiz mumkin. Masalan, o’quvchilarga Afrika mavzusi avvalgi darsda o’tilgan.Ushbu mavzuni “klaster” orqali quyidagicha mustahkamlashimiz mumkin.
1. Doskaga ma’lum bir shakl chizilib, unga mavzu nomi yoziladi.
2. So’ngra mavzu nomidan kelib chiqqan holda o’quvchilarlar tomonidan fikrlar rivojlantiriladi. Afrika materigi alohida doiralarga yoziladi.
3. So’ngra Afrika materigi alohida tarmoq bo’yicha yangi doirachalarda aks ettiriladi.
4. Jarayon fikrlar yakuniga yetgunga qadar davom etadi.
Klaster” usulining afzalliklari: ma’lumotlar xaritasini tuzish omili, bilimlar faollashuvini ta’minlaydi, mavzu bo’yicha fikrlash jarayonida yangicha g’oya taqdim etishga, shuningdek mavzuga ochiq va erkin kirib borishga yordam beradi.
Toifali jadval" usulining afzalliklari: ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi, tizimli mushohada qilishni, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi.
Geografiya darslarida test texnologiyasi. 1tO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun o’quvchilarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa
aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish; o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.
Test turlari va test topshiriqlari shakllari. Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:

  • intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;

  • pedagogik testlar;

  • muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar;

Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi [2; 3]:
- birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan yopiq topshiriqlar;
- bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;
- bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
- to’g’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;
- o’zaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari;
- sonni to’ldirishga mo’ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;
Test turlari va test topshiriqlari shakllari
- qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;
- masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
- sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;
- analogiya (aynan CZXAA2WEWEo’xshashlik) ga oid topshiriqlar;
- o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
- ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
- tafakkurni aniqlovchi testlar;
- orfografik testlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.
Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [2].
Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida, uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi. Bu shakldagi testlarda o’quvchilarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi.
Yopiq topshiriqlar. Bunday topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va bundan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinovdan o’tuvchining tanlagan javobiga ko’ra, test topshirig’i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so’ngra shu holda EHMga kiritiladi.
1. Bilimlarni test bilan nazorat qilish adolatliligi an`anaviy shakllar bilan taqqoslanganda:
A) ortadi. B) pasayadi.
2. Bilimlarni har qanday vaqt oraligida oshishiga baho berish imkonini beradigan nazorat turi:
A) odatdagi
B) testli.
«Ha» va «yo’q» degan ikkita javobli yopiq test topshiriqlari ustida alohida to’xtalib o’tish lozim. Ba`zi bir topshiriqlar ularning javoblari ikki xil ma`noni bildiradigan qilib bayon etilishi mumkin.
Masalan: Siz testlar qo’llanishini xush ko’rasizmi? - Ha (xush ko’raman). Yo’q (xush ko’rmayman).
Bunday hollarda javoblar uchun «to’g’ri» va «noto’g’ri» so’zlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Masalan: Yopiq test topshiriqlari bilimlarni komp’yuterdan foydalanib nazorat qilishga qulay.
A) To’g’ri. B) Noto’g’ri.
Ikkita javobi bo’lgan yopiq shakldagi topshiriqlar qo’llanishning asosiy vazifasi - shu fandan sinovdan o’tuvchining birinchi test topshiriqlaridayoq bilim darajasini tezda tekshirib ko’rishdan iborat.
Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlarida (AO’T) bunday topshiriqlar boshlang’ich bosqichning o’zidayoq o`quvchining umumiy tayyorgarligini taxminiy baholash va o’qitishning keyingi yo’nalishini – murakkab yoki osonlashtirilgan dastur bo’yicha olib borish masalasini hal qilishga imkon beradi.
Test topshirig’ida javoblar qancha ko’p bo’lsa, to’g’ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo’ladi. Amaliyotda beshta javobi bo’lgan topshiriqlarga ega bo’lish etarli hisoblanadi (bu holda bitta topshiriqqa to’g’ri javob berish ehtimoli 0,2 ni tashkil etadi.) Javobi beshta bo’lgan test topshiriqlariga quyidagi misolni keltirish mumkin.
«To’rtinchi o’lchov» degan fizika-matematika atamasi qaysi tushunchaga taalluqli:
A) Og’irlikka.
B) Hajmga.
V) Vaqtga.
G) Tezlikka
D)Tezlanishga. To’g’ri javob: V.
Bu topshiriqni latent, ya`ni yashirin ma`noli topshiriqlar qatoriga kiritish mumkin. To’rtinchi o’lchov - ehtimollik nazariyasida qo’llaniladigan tushunchadir. Shuning uchun to’g’ri javob bergan sinovdan o’tuvchini bu nazariyaning “hammabop bayonidan xabardor” deb taxmin qilish mumkin. Yopiq topshiriqlarda to’g’ri javoblar bir nechta yoki, javoblarning hammasi ham to’g’ri bo’lishi mumkin.
Masalan: Pedagogik innovatsiyani xarakterlovchi belgilarini ko’rsating.
A. Pedagogik tizimni takomillashtirishga yo’naltirilgan barcha o’zgarishlar.
B. O’quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish uchun kiritilgan yangilik.
V. Pedagogik tizimning ayrim qismlarini yuqori samara beruvchi boshqa qismlar bilan almashtirish.
G. Pedagogik tizimning ichki imkoniyatlarini ishga solish va yuqoriroq natijaga erishish.
D. Hamma javoblar to’g’ri.
To’g’ri javob: D.
O’zaro bog’langan qisqa yopiq topshiriqlar zanjirchasi bilimlarning har qanday murakkab o’quv materialini o’zlashtirish sifatini tekshirishga imkon beradi. YOpiq testlarni ishlab chiqishda noto’g’ri, biroq to’g’riga o’xshab ko’ringan javoblarni ta`riflash asosiy qiyinchilikni tashkil qiladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz tuzilgan bo’lsa, to’g’ri javob ular orasida ajralib turadi va hatto yaxshi bilmaydigan talaba ham uni osonlikcha topishi mumkin. Bu holda topshiriq o’zining tekshiruvchi funktsiyasini yo’qotadi. Topshiriq yaroqli bo’lishi uchun hamma javoblar talabani o’ziga jalb etadigan bo’lishi zarur.
Shundagina test muvaffaqiyatli tuzilgan deb hisoblanadi. Har bir noto’g’ri javobning o’ziga jalb etadigan tomoni, shu javobni tanlangan talablarning salmog’i bilan belgilanadi. Bu ulush nechog’li yuqori bo’lsa, mazkur javob yaxshi ta`riflangan bo’ladi. Agar talabalar yaqqol noto’g’ri javobni to’g’ri 3 javob sifatida tanlasalar, bunday javobni almashtirish lozim.
Interfaol usullarni qo’llash
O’qitishning interfaol metodi bir qancha interfaol usullardan iboratdir. Interfaol usullarni qo’llash orqqali o’qitish samaradorligin oshirishga, talabalar fikrlash qobiliyatini oshirishga katta imkoniyat yaratadi. Ana shunday usullardan biri aqliy xujumni darsga tadbiq etish mumkin.
Aqliy xujum-muammolarni xal qilishda keng qo’llaniladigan samarali metoddir. U qatnashuvchilarni o’z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko’p sonli to’g’ri echimlar topishga yordam beradi. Dars mashg’ulotlariga o’tiladigan mavzu qirralarini qarama-qarshiliklarini ko’rsata olish sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish o’zaro munosabatlarini bildirib himoya eta olish asoslab berish, boshqa ishtirokchilarning fikrlarini tinglay olish, baholash maqsadida ushbu metodni qo’llash muhim ahamiyatga ega. Ushbu dars maqsadi birgalikda o’qitishga ko’maklashuvchi uslubiy yo’llar ya`ni o’quvchilarga jamoada o’qitish yo’li bilan bimlim olishlari to’g’risida tasavvur berish. 3-sinf “Tabiatshunoslik” fani “Bog’larda uchraydigan qushlar mavzusi”. Darsning maqsadi: a) ta`limiy maqsad.
Tabiatimizda mavjud bo’lgan qushlarni asrash haqidagi hikoyalarni mustaqil o’rgatish. O’quvchi so’z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlashga, insonlar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Markaziy Osiyo allomalarining qarashlari bilan tanishtirish:
B) tarbiyaviy maqsad:
Tabiatga ozor bermaslikka, qushlarni, o’simlik va xayvonlarni asrab-avaylashga o’rgatish.
S) rivojlantiruvchi maqsad;
O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, ekologik dunyoqarashini tafakkur doirasini kengaytirish.
Darsning jixozi: tabiatni muxofaza qilishga bag’ishlangan eksponatlar, xayvonlar, qushlar va o’simliklar tasvirlangan ko’rgazmali qurollar.
Darsning turi: aqliy xujum, savol-javob.
O’qituvchi oldin o’tilganlarni mustaxkamlab “Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusi bo’yicha suxbat o’tkazadi. Ushbu darsni quyidagicha rejalashtiradi. Interfaol usul yordamida o’quvchilar bilimlarini mustaxkamlanadi.
DARSNING BORISHI
1. Quyidagi savollar yordamida o’quvchilarning “Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusini o’zlashtirishlariga erishish.
2. Zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashda bizga qanday qushlar yordam beradi?
3. Qaysi qushlar ko’pincha bog’larda yashaydi va zararkunanda xashoratlarni qiradi?
4. Mavzuga oid Markaziy Osiyolik allomalarning ekologik qarashlari bilan tanishmisiz?
“Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusi bo’yicha “Bilimdon” metodi yordamida o’qitish.
Sinf o’quvchilari uchta guruhga bo’linadi va ularga nom qo’yiladi. YOzuv taxtasi ham uch qismga ajratiladi. eng yuqoriga “Bilimdon” deb yozilgan, birinchi bandning yuqori qismiga “Bilaman”, ikkinchi bandning yuqori qismiga “Bilishni xoxlayman”, uchunchi bandga “Bilib oldim” degan so’z yoziladi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma`lumotlarga ega bo’lganliklarini so’raydi va bildirgan fikrlarning to’g’riligini “Bilaman” nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a`zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (chunki bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi).
BILAMAN
Qushlarni asrashimiz zarur, ular o’zlarining sayrashlari, chiroyli ranglari, havoda erkin uchishlari bilan bizga quvonch bag’ishlaydi. Qushlar dala, poliz va bog’larimizni zararkunanda xasharotlardan muxofaza qiladi. Bog’ o’simliklariga ham dala va poliz ekinlaridagi xasharotlar zarar etkazadi. Ba`zi xasharotlar o’simliklarning barglarini esa, ikkinchilari gulini, uchinchilari mevasini eydi. Po’stloqxo’r qo’ng’izlar ham bor, ular o’simliklar po’stlog’ini zararlantiradi. Bog’, shuningdek, poliz ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishida chittak, qarqunoq, qizilishton, zarg’oldoq kabi qushlar yordam beradi. Qushlar xasharotlar bilan faqat o’zlari oziqlanibgina qolmay balki, o’z bolalarini ham boqadi. Tunda qushlar o’rnini ko’rshapalaklar egallaydi. Ular tunlam kapalaklari, chivin va iskabtopar kabi tungi zararli xasharotlarni qiradi.
Keyingi bosqichda o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu bo’yicha qanday ma`lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va ularni yana o’ylashga, fikrlashga da`vat etadi. Navbati bilan guruh vakillaridan fikrlari so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan tushunchalar “Bilishni xoxlayman” nomli ustunga yozib boriladi.
BILISHNI XOXLAYMAN
Qushlar ob-havoni aniqlab berishi mumkinmi?
Alisher Navoiy qushlarga qanday g’amxo’rlik qilgan?
So’nggi bosqichda o’qituvchi “Bog’larda uchraydigan qushlar” mavzusiga oid tayyorlangan matnlarni tarqatadi. Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga qamrab oladi.
O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng, ularning fikr yuritishlari, natijasi bo’yicha mavzuga oid yana qanday materiallarni o’zlashtirish lozimligi aniqlanadi. O’quvchilarning xulosalari asosida bildirilgan fikrlarni “Bilib oldim” nomli ustunga yozib boriladi.
BILIB OLDIM
Markaziy Osiyolik olim Abu Rayxon Beruniy o’zining ekologik qarashlarida “Qushlarning tog’lardan pastliklarga, tekisliklarga tushushi, chumolilarning o’z inlariga berkinib olishlari havoning sovushidan dalolatdir” degan ma`lumotni bergan. Alloma Alisher Navoiy chodirga uya qurgan musichaning ini buzilmasligi uchun bog’da o’z chodirini qoldirib, mulozimlariga musicha bola ochguncha siz shu erda qoling. U bolalarini uchirib ketgach, keyin chodirni yig’ib borursiz deb tayinlaganlar. Ulus ham jonivorlaga g’amxo’rlik qilishda ustoz yo’lidan borgan. Ajdodlarimizning ushbu ekologik qarashlari qushlarni asrashimiz haqidagi tushunchamizni yanada boyitadi.
Dars so’ngida O’rta Osiyolik allomalarning ekologiyaga doir qarashlari haqida olgan bilimlarini mustaxkamlash maqsadida qisqacha muxokama qilinadi.
O’qituvchi o’quvchilar o’zlashtirishi zarur bo’lgan uy vazifalarini tabiatshunoslik daftariga yozdiradi.
O’QUVCHILAR BILIMINI MUSTAXKAMLASH
SHundan so’ng test savol usuli yordamida o’quvchilarning mavzu bo’yicha bilimlari mustaxkamlanadi. Ma`lumki sinf o’quvchilari partalar qatori bo’yicha uch guruhga bo’lingan. Guruh sardorlari test kartochkasini olib, o’z guruhlaribilan javoblarni muxokama qilib to’g’ri javobni belgilaydi.
Faoliyat yakunida test javoblarining bajarilishi yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. Qaysi guruh a`zolarining javoblari ijobiy bo’lsa, demak o’sha guruh g’olib deb topiladi. Test kartochkasiga O’rta Osiyo allomalarining ekologik qarashlari yozilgan.
TEST KARTOCHKASIDAN NAMUNA
Qushlarning tog’lardan pastliklarga, tekisliklarga tushushi, chumolilarning o’z inlariga berkinib olishlari havoning qanaqa xolatda bo’lishidan dalolat beradi?
A) yomg’ir yog’ishidan
B) isib ketishidan
S) qor yog’ishidan
D) sovib ketishidan.
UYGA VAZIFA
Tabiatshunoslik daftaringizga: bog’larda qanday zararkunanda xasharotlar uchraydi? Nomlarini yozing va rasmini chizing.
3-sinf “Tabiatshunoslik” darslarida O’rta Osiyolik allomalarning eklogik qarashlaridan foydalanib o’qitish. O’quvchilarda ekoldogik qarashlarni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bu jarayon o’quvchining mustaqil ishlarida namoyon bo’ladi. Boo’lang’ich sinflarda ekologik ta`lim tegishli pedagogik shartsharoitlarni yaratish asosida o’quvchi shaxsining ichki mikoniyatlarini rivojldantirish va namoyon qilish uchun pedagogik qulaylikni vujudga keltirishdan iboratdir.
“AQLIY XUJUM” METODI
Bu metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod bo’lib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma`lum ko’nikma va malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Va mukammal yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. “Aqliy xujum” bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Bu metodda qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. Ishtirokchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirib boriladi. Va fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Va fikrlarni rag’batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g’oyalarning tug’ilishiga olib keladi.
3. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikr yoki g’oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Oldin bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
4. Mashg’ulot paytida o’quvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Agar ularni fikrlari baholanib boriladigan bo’lsa, o’quvchilar o’z diqqatlarini o’axsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatida ular yang fikrlarni ilgari surmaydilar. Bu metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirish ekanligini e`tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“Aqliy xujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va kostruktiv ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
Dars jarayonida “aqliy xujum” dan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy xujum” ni uyushtirish birmuncha sodda bo’lib, undan ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo echimi to’g’risida barcha igtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda xech kimning o’zga kishi g’oyalariga “xujum” qilishi yoki boholashga haqqi yo’q. Demak, “aqliy xujum” yo’li bilan qisqa daqiqalarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqarish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy “Aqliy hujum” metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni echish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga (g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
Dars jarayonida aqliy hujumdan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. “Aqliy hujum”ni uyushtirish bir muncha sodda bo’lib, undan ta`lim mazmunini o’zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining echimini topishda ham juda qo’l keladi. Dastlab guruh yig’iladi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo echimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o’zga kishi g’oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Demak, “aqliy hujum” yo’li bilan qisqa minutlarda o’nlab g’oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslini olganda g’oyalar sonini qo’lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo echimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo’ladilar. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta`sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo’lishi kerak. Bildirilgan g’oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
SHunday qilib, “aqliy hujum” qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:
- olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
- ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi;
- istalgan g’oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
- muammo echimidan uzoq g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi;
- barcha g’oyalar yoki ularning asosiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo’li bilan yozib olinadi;
- “hujum”ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
- beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutilishi kerak.
VAZIFASI. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko’rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilliligini yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. eng asosiysi, muammoni echish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o’tiladi va guruh (sinf) yanada jipslashadi. OB`EKTI. qo’llanish maqsadiga ko’ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni echishga imkon yaratadi), o’qitish jarayonida (o’quv materiallarini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o’z-o’zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
QO’LLANISH USULI. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
Izoh: hurmatli kitobxon, mana, amerikacha “aqliy hujum” metodi bilan qisman tanishdingiz (siz, ehtimol, oldindan tanishdirsiz). Aytmoqchi bo’lgan fikrimiz inkor va ta`kid xususida: bu metod mualliflari bizning ajdodlarimizdir. hali Amerika kashf etilmagan bir davrda o’z aql mash`alasi bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimizni (Ahmad al Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa) olasizmi, yoki etti iqlimni zabt etgan shohu-sultonlarimizni olasizmi, ular o’z muammolarini echishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Bobokalonlarimiz bu metodni boshqacha nomlashgan, ya`ni: “kengash”, “mashvarat”, “maslahat” deb atashgan. Misol uchun, Sohibqiron Amir Temur saltanat oldida turgan muammolarni echishda mashvarat chaqirib barcha saroy ahlining, vaziru-ulamolarning, farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona hukm chiqargan. Bu holatlar ko’proq harbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratlarda namoyon bo’ladi. “Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo’lsam, urush-yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim, agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim” (28). Bugun ana shular haqida o’yga tolib, “g’arb sharqdan o’rgangan” ligiga yuz foiz ishonch hosil qilamiz va yana bir karra yaratganga iymon keltiramiz.
ESSE
YOzuv malakalarini rivojlantiruv interfaol usullar.
Bunday usullar ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish, har tomonlama ko’rib chiqilmaguncha saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalash imkonini beradi. Bunday usullardan foydalanish yaxshi mikoniyatlar beradi. Yozma nutqni rivojlantirishning quyidagi usullariga to’xtalamiz:
A) esse. esse “fransuzcha – tajriba- dastlabki loyixa” shaxsning biror maqsadga mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o’zining mavzu bo’yicha taassurotlarini, g’oya va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi. esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog’ozga tushurish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog’ozdan uzmasdan, to’xtalmasdan yozish. So’ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy bo’lishi e`tirof etilgan. essening muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag’ishlab yozish tavsiya etiladi. esse-talabalarning darsda eshitgan ma`ruzasi yuzasidan idrok etgan, o’zlashtirgan tushunchalarini umumiy tarzda qisqa bayon qilib beruvchi xati hisoblanadi.
B) Asoslovchi esse-bu shunday esseki, unda muallif biror mavzu bo’yichap muayyan nuqtainazarga ega bo’lib, esse mazmunida uni himoya qiladi, buning uchun bir qator asoslovchi dalillar keltiradi. SHundagina asoslovchi esse metodi bajarilgan bo’ladi. esse metodi o’zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Bu metod orqali g’oyalarni erkin tarzda bayon qilish mumkin.
S) Texnik diktant-texnikaga oid matndagi gaplar ayrim so’zlari, formulasi yoki biror fikr tushurib qoldirilib diktovka qilinadi (yoki magnitafonda eshittiriladi). O’quvchilar esa har bir bo’sh qolgan joyga oid javoblarni o’zlari topib yozib boradilar. Texnik dikt’antni barcha fanlardan qo’llash tavsiyae tiladi.
Hamma fanda qo’llansa bo’ladi. Diktantlar asosan ona tili uchun bajariladi. Bu yozuv turini hamma fanlarda ishlatib borsak bo’ladi.
D) Taqriz-bu o’qilgan matnni ijobiy yoki salbiy nuqtai-nazardan baholanishidir. Taqriz yozishda quyidagilarga e`tibor berish zarur;
Taqriz-matnnni o’qigan kishining bu haqidagi shaxsiy fikri, bayon bo’lishi lozim, matndan ko’chirib yozish yoki uni qayta ta`riflash qabul qilinmagan

XULOSA


Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab yuboriladi. Shunday bo’lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil, ijtimoiy me’yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb, e’tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun kattadan-katta yo’qotishlarga olib keladi.
Shu bois, tarbiyasi va xulq-atvorida o’zgarishi bo’lgan bolalarga yordam ko’rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi. Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarda bir qator o’ziga xos tipik illatlar kuzatiladiki, ular:

  •  Ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan munosabatda

  •  O’rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan munosabatda

  •  O’ziga munosabatda va o’zini o’zi tushunishda

  •  Ichki yagonalik, boshqalar bilan do’stlasha olmasligi

  •  O’qishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiruvi kabi.

Bugungi kun psixologik-pedagogik tajribalar “tarbiyasi og’ir” bolalarga yordam ko’rsatish uchun quyidagi tartibda ish tutishni taqazo etmoqda:
Yosh jihatlariga qarab profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash talabi.
Chunki, “tarbiyasi og’ir” bolalarga o’smirlik yoshiga xulqidagi buzilishi qat’iy shakllangan bir davrda profilaktik va korreksion tadbirlarga qo’l uriladi. Aslida xulq-atvorida o’zgarish yaqqol namoyon bo’lgan davrida unga chora ko’rishni kutib o’tirmaslik lozim. Shu bois boshlang’ich maktab yoshidayoq maqsadli profilaktika va psixokorreksiya ishlarini boshlash maqsadga muvofiq. Balki undan oldin.
 1.Ishni differensial va individual tashkil etish:
Bunda bolalarning tarbiyaviy-profilaktik jarayonda yosh va jinsiga qarab differensial hamda ularni har birini insividual xususiyatlariga qarab ishni rejalashtirish. Yordam faoliyatida xilma-xillikni ta’minlash, ya’ni vaziyat, shart-sharoitga qarab usullar, munosabat o’rnatish.
 2.Mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish:
Bolani voyaga yetgunicha oq choyshabga o’rab katta qilishning iloji yo’q va doim ham bolaga yetarlicha e’tibor qila olmaymiz. Qaysidur vaziyatda kimningdir e’tiborsizligi, kimningdir aybi bilan bola “yomon bola“ ga aylanishi mumkin. Shunday bolalar haqida eshitsak, ko’zimiz tushganda “guruch kurmaksiz bo’lmaydi-da“ deb qo’yamiz. Lekin bola qanchalik yomon bo’lmasin uni kurmakka chiqarish noto’g’ri. Bizning har qanday bola bu nihol. Lekin ayrim nihollar shamol ta’sirida yo boshqa biror tabiiy ta’sir natijasida qiyshayishi, sinishi mumkin. Juda ham yomon hollarda esa tanasiga zararkunanda o’simlik va hashoratlar yopishib olishi yoki kasallanish kuzatiladi. Lekin oqil, tajribali dehqon bunday vaziyatda qiyshaygan daraxtga tirgak qo’yadi, zararkunandalar va kasalliklardan tozalash uchun niholni dorilaydi, singan shoxlariga shakl berib kesadi. Hozirgi zamon ota-onalari, tarbiyachi va pedagoglar shunday “oqil dehqon” kabi bo’lishlari kerak-ki, o’smirga “tarbiyasi og’ir” deyila tamg’a bosilmasin.[10]
O’tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, bugungi kun yosh avlodini har tomonlama rivojlangan komil inson qilib tarbiyalashda pedagogik-psixologik bilimlarning o’rni oshgandan oshib boradi. Har bir o’smirga alohida individual ravishda yondashib, ulardagi muammolarni korreksiya qilishni ayni vaqtda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi paytda internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda kelayotgan buzg’unchi g’oyalardan yoshlar ongini himoya qilish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham oila-mahalla-ta’lim muassasalari hamkorligida ish olib borishni taqazo qiladi. Ana shundagina biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarimizni amalga oshirishimiz mumkin.
[1] Mannopov S.M. “oila va oilaviy munosabatlar sotsiologiyasi” Ma’ruzalar matni Farg’ona-2007 235 b
[2] G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997 123b
[3] G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997
[4] www.pedagog.uz
[5] www.pedagog.uz
[6] Mannopov S.M. “oila va oilaviy munosabatlar sotsiologiyasi” Ma’ruzalar matni Farg’ona-2007 235 b
[7] G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997
[8] www.pedagog.uz
[9] G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997 134 b
[10] G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997 134  

Yüklə 109,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin