Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
ISHSIZLIKNING OQIBATLARI
Har qanday davlatda ishsizlik muammosi mavjud bo‘lib, undan butunlay 
xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Mamlakatda friksion va tarkibiy ishsizlik turlarining 
bo‘lishi iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi va jamiyat uchun qaysidir 
ma’noda tabiiy holat hisoblanadi. Mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik 
mavjud bo‘lgan holat 
to‘la bandlik
deb ataladi. Bu holatdagi ishsizlik darajasi esa 


117
117
116
tabiiy ishsizlik darajasi
deb yuritiladi. Bir hisobda, mamlakatda tabiiy ishsizlikning 
bo‘lgani ma’qul. Chunki bunday ishsizlarning bo‘lishi, ish bilan band aholini
yaxshiroq ishlashga undaydi. O‘z navbatida, ishsizlarni ham bekor yurmasdan, 
malakalarini oshirib, tezroq ish topishga majbur qiladi. Lekin mamlakatda davriy 
ishsizlikning paydo bo‘lishi iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik 
yillarining boshida mamlakatimizda vujudga kelgan vaziyat bunga misol bo‘la oladi. 
Sobiq ittifoqdan qolgan qoloq agrar iqtisodiyot, oldingi iqtisodiy aloqalarning 
uzilib qolishi, ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishi, respublikamiz 
iqtisodiyotining yangi bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq chuqur iqtisodiy 
va ijtimoiy o‘zgarishlar mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi.
Davriy ishsizlik paytida ko‘plab zavod va fabrikalar to‘xtaydi. Minglab odamlar 
qishloqdan shaharga, bir shahardan ikkinñhi shaharga ish qidirib boradilar. Narx-
navoning oshishi, yashash sharoitlarining og‘irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan 
yurgan uy bekalari, nafaqaxo‘rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada, 
ishchi kuchi bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi. Shu bois, 
bunday ishsizlikning oldini olish va umuman, ishsizlikni jilovlab turish davlatning 
eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi tabiiy ishsizlik darajasining 
4—5 foiz bo‘lishi me’yoriy holat hisoblanadi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin