Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI
Davlat ishchi kuchi bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini olish 
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi:
— ishchi kuchi bozorini doimo tahlil qilib, mamlakatda qancha ish o‘rinlari 
bor, qancha odam ish bilan band, qancha odam ishsiz, ishchi kuchi bozorida 
qanday o‘zgarishlar kutilmoqda kabi savollarga javob topadi;
— aholini ish bilan to‘laroq ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi, tadbirkorlikni 
qo‘llab, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi;
— aholini kasbga yo‘naltirish, ish o‘rinlari haqida ma’lumot yetkazish va 
targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi;
Mashq
Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 6 foizni, umumiy ishsizlik darajasi 
esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik mamlakatning 1 million 
aholisini qamrab olgani ma’lum bo‘lsa, qancha ishsiz borligini aniqlang.
Tabiiy ishsizlik darajasi
 –
mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik 
bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
To‘la bandlik 
– mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi 
bandlik.
— iqtisodiyot uchun zarur mutaxassislar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi;
— aholini ishga joylashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi;
— aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ishsizlarni ro‘yxatga 
oladi va ishsizlik nafaqalarini beradi.
Bu ish bilan ishchi kuchi birjalari shug‘ullanadi. 
Ishchi kuchi birjasi
ish 
beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik qiladigan 
davlat tashkilotidir. Ishchi kuchi birjasi ishsizlarni ro‘yxatga oladi, korxonalardagi 
bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlaydi va ish qidirib yurgan kishilarni bu korxonalarga 
ishga yollaydi. Ishchi kuchi birjasiga murojaat qilgan ishsizga, kasbi bo‘yicha ish 
topilmasa, “ishsiz” degan maqom beriladi va ma’lum vaqtgacha ishsizlik nafaqasi 
bilan ta’minlab turiladi.
Ba’zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida oylik 
maosh miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarida 
nizolar kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
kasaba uyushmalariga birlashadi. 
Kasaba uyushmalari
nodavlat, jamoat tashkiloti 
bo‘lib, o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qiladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin