45 45 44 ...VA BUGUN Orol dengiziga quyiladigan suv miqdori kamayib,
dengiz hozirgi kunda ikki kichkina ko‘lga bo‘linib
ketgan. Dengizdagi suvning kamayishi hisobiga
suvning sho‘rlik darajasi 3 baravar oshdi. Natijada,
dengizda yashaydigan ko‘plab baliq turlari va hayvonlar
nobud bo‘ldi. Baliqchilik bilan shug‘ullanish mumkin
bo‘lmay qoldi. Qurigan dengiz o‘rnidagi tuzlar shamol
bilan havoga ko‘tarilib, atrofdagi hududlarni qoplay
boshladi. To‘qayzor va chakalakzorlar o‘rnida cho‘l paydo bo‘lib, bu yerlarda
yashaydigan hayvonlar soni keskin kamaydi. Havo va ichimlik suvining
ifloslanishi natijasida aholining yashash sharoitlari og‘irlashdi. Orol dengizi
suvining keskin kamayishi Orolbo‘yi hududining iqtisodiyotiga ham salbiy
ta’sir ko‘rsatdi.
OROL DENGIZI KECHA... Bundan yarim asr oldin Orol dengizi chuqurligi 67
metr, shimoldan janubga 400 kilometrga cho‘zilgan
ajoyib dengiz edi. Dengizda o‘nlab turdagi baliqlar
bo‘lib, dengiz bo‘yidagi Mo‘ynoq shahrida baliqdan
konserva tayyorlaydigan zavod qurilgandi. Dengiz
atrofidagi chakalakzorlar va to‘qaylarda jayronlar,
tulkilar, quyonlar, o‘rdaklar va boshqa turli-tuman
parrandalar, hayvonlar yashagan. Orol va Orolbo‘yi
hududining iqtisodiyotdagi ahamiyati ham katta bo‘lgan. Baliqchilik katta
daromad keltirib turgan, dengiz va uning atrofida yashaydigan hayvon
va parrandalardan oziq-ovqat mahsulotlari va mo‘ynalar tayyorlangan.
Shuningdek, dengiz atrofidagi maydonlarda chorva mollari boqilgan, serhosil
yerlarda esa dehqonchilik rivojlangan.
1980 1995 2009 1960 1. Orol muammosining paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘lgan, deb
o‘ylaysiz?
2. Orol muammosi respublikamiz iqtisodiyotining qaysi sohalariga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi?
3. Orol muammosining inson iqtisodiy faoliyati natijasi sifatidagi muqobil
qiymatini baholang. Bu muammo nimaning evaziga paydo bo‘ldi?